Aniqligi mashinasozlikda yuqori sifatli mahsulot
Keskich va yordamchi asboblarni tayyorlash
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
AMALIY MASH.GA NAMUNA p65-77
Keskich va yordamchi asboblarni tayyorlash
noaniqligi va ularning yeyilishi Keskich va yordamchi (mahkamlash moslamasi, opravkalar, pat- ronlar, ushlagichlar, borshtangalar) asboblarni tayyorlash aniqlik da- rajasi ishlov berish aniqligiga katta ta’sir qiladi. Xatoliklar o‘lchamli asboblar (parmalar, zenkerlar, protyajka- lar, shakldor asboblar) qo‘llanilganda ham paydo bo‘lishi mumkin. O‘lchamli asboblar xatoligi ishlov berilayotgan zagotovkaga o‘tadi, shu sababli asboblarni tayyorlash aniqligi oshishi bilan detallarni tayyorlash aniqligi ham oshib boradi. Asboblar o‘lchamlari uchun ruxsat etilgan noaniqliklar standart- lar bilan reglamentlanadi. Bu u yoki bu asbobdan foydalanib detalni tayyorlashda, ma’lum aniqlikni ta’minlash imkonini beradi. Asbobning yeyilishi ham ishlov berish aniqligiga sezilarli ta’sir qiladi. Asboblarning oldingi sirti (qirindi bilan ishqalanish natijasida) va orqa sirti (zagotovka bilan ishqalanish natijasida) yeyilishi mum- kin. Asbobning old sirti yeyilganda yeyilish chuqurchasi, orqa sirti yeyilganda esa yeyilish yuzasi hosil bo‘ladi. Odatda asbobning orqa sirti bo‘yicha yeyilishi ishlov berish aniqligiga kuchliroq ta’sir etadi. Ammo ishlov berish sharoiti va ishlov berilayotgan material turiga qarab, old sirti yeyilish ta’siri kuchliroq bo‘lishi yoki ikkala xil ye- yilish ta’siri bir xil bo‘lishi mumkin. Kesish qirrasining o‘tmaslashishi kesish kuchining radial ta’sir etuvchisi oshishiga, binobarin, butun texnologik tizimning deforma- tsiyalanishiga olib keladi. Kesish asbobi yeyilishining kesish yo‘liga bog‘liqligi kesish qirra- sining moslashish va normal yeyilish qismlari mavjudligi bilan tav- 73 siflanadi. U o‘lchamli yeyilish orqali ifodalanadi va nisbiy o‘lchamli yeyilish bilan tavsiflanadi. Moslamani ekspluatatsiya qilish jarayonida o‘rnatish elementlari- ning jadal yeyilishi yuz beradi. O‘rnatish elementlari yeyilishi mos- lamani 1 mkm ga yeyilishiga sabab bo‘luvchi o‘rnatishlar soni bilan tavsiflanadi. Yakka tartibda ishlab chiqarishda asbobni o‘lchamga moslab o‘rnatish detalni tayyorlovchi ishchi tomonidan bajariladi. Seriyali va yalpi ishlab chiqarishda esa zagotovkalarga sozlovchi tomonidan o‘lchamga sozlangan stanoklarda ishlov beriladi. Yakka tartibda ishlab chiqarishda kerakli o‘lcham yordamchi o‘tishlar orqali sinov qirindi olish usuli bilan olinadi. Bunda detal yuzasining kichik qismidan yupqa qirindi qatlami kesib olingani- dan keyin hosil bo‘lgan o‘lcham asbob bilan o‘lchanadi. Natijaga qa- rab kesish asbobi limb bo‘yicha yoki indikator ko‘satkichi bo‘yicha yakuniy o‘lchamga sozlanadi. Ammo keyinchalik ishlov berishda de- tal yuzasining sinov qirindi olingan va olinmagan qismlarida kesish chuqurligi har xil bo‘lishi qo‘shimcha xatoliklar keltirib chiqaradi. Talab qilingan o‘lchamni avtomatik tarzda olish eng takomillash- gan usuldir. Bu usulda talab qilingan o‘lchamga stanoklar oldindan sozlanadi, ya’ni stanok, moslama va asbobning ishchi zvenolari shunday o‘zaro joylashish holatiga keltiriladiki, bunda stanok aso- siy va surish harakatlarini bajarishi natijasida talab qilingan o‘lcham avtomatik tarzda kelib chiqadi. Zagotovka moslamaga o‘rnatilganda u ma’lum o‘lchamga o‘rnatil- gan asbobga nisbatan aniq bir holatni qo‘shimcha sozlamasdan avtomatik tarzda egallaydi. Asbobning detalga nisbatan egallagan holati partiyadagi barcha detallarga ishlov berib bo‘lmaguncha yoki asbob o‘tmaslashib, uni alamashtirish zarurati yuzaga kelmaguncha o‘zgartirilmaydi. Asbob almashtirilganda uni qayta o‘rnatish xatoligi ham ishlov berish noaniqligini keltirib chiqaradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling