Dinlari tarixi
XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH –
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Imom G‘azzoliy
- Shavkat Mirziyoyev O‘ZBEKISTONDA XAVFSIZLIK VA BARQARORLIK MUHITINI SHAKLLANTIRISH 1-§ BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ
- MA’LUMOT UCHUN
XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH –
ENG MUHIM MASALA Bugungi kunda xavfsizlik butun dunyoda eng dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Yil sayin davlatlar tomonidan mudofaa tizimi va harbiy sohaga ajratilayotgan xarajat- larning oshib borayotgani fikrimizni tasdiqlaydi. Biroq, faqatgina zamonaviy qurol-yarog‘ga ega bo‘lishning o‘zigina xavfsizlikni ta’minlash uchun yetarli emas. Chunki, buzg‘unchi kuchlar ochiqchasiga kurash olib bormay, balki xiyonatkorona qo‘poruvchilik amaliyot- larini qo‘llash, tinch aholini nishonga olish kabi qabih usullardan foydalanmoqdalar. Odobsiz, tar- biyasiz va badxulq kishilar bilan tortishmang. Imom G‘azzoliy Ma’lumki, bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar davo- mida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelganlar. Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo‘lgan va uning mentali- teti asosini tashkil etadi. Shavkat Mirziyoyev O‘ZBEKISTONDA XAVFSIZLIK VA BARQARORLIK MUHITINI SHAKLLANTIRISH 1-§ BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ: 1. Xavfsizlikni ta’minlash – eng muhim masala. 2. Xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda millat lar aro totuvlikning ahamiyati. 5 Bunda esa milliy va diniy nizolarni keltirib chiqarish asosiy vosita hisoblanadi. Masalan, XX asrning ikkinchi yarmida davlat-huquqiy, etno-hududiy va etnodemogra- fik sabablarga ko‘ra ro‘y bergan 300 dan ortiq katta-ki- chik nizolar qayd qilingan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylov- oldi dasturida tinchlikni ta’minlash, millatlar va dinlar- aro totuvlik muhitini qo‘llab-quvvatlash, din niqobidagi ekstremizm va terrorizmga qarshi ayovsiz kurashish ma- salalarini asosiy tamoyil sifatida olg‘a surdi. O‘zbekiston diyorida qadimdan turli sivilizatsiya va- killari, madaniy qatlamlar, xilma-xil e’tiqod va dunyo- qarashlar yonma-yon yashab kelgan. Bu zamin ota-bo- bolarimiz yashab o‘tgan azaliy va muqaddas makondir. Bu zamin Sharq va G‘arbning, Shimol va Janubning, qadim o‘tmish va buyuk kelajakning tutashgan joyi, Markaziy Osiyoning yuragi, insoniyat tafakkuri, fan va madaniyatining eng ko‘hna o‘choqlaridan biridir. Bu tuproqda jahonni hayratga solgan sivilizatsiyaning MA’LUMOT UCHUN Saylovoldi dasturidan kelib chiqqan holda, Preziden- timiz tashabbusi bilan 2017–2021-yillarda O‘zbekis- ton Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi. Strategiyada beshinchi yo‘nalish sifatida xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikeng- likni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi. Bu ham yurtimizda fuqarolar xavfsizligi, millatlar va dinlararo bag‘rikeng likka be- rilayotgan e’tibordan dalolat beradi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling