Dinlari tarixi
BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- IJODIY FAOLIYAT MA’LUMOT UCHUN
- TARIXGA NAZAR
BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ:
1. Dinshunoslik fanining rivojlanish tarixi. 2. Din sotsiologiyasi, falsafasi, psixologiyasi, fenomenologiyasini o‘rganish dagi yangi tendensiyalar. 11 Imperator Konstantinning cho‘qintirilishi, Rafael cherkovning asta-sekin hokimiyatni qo‘lga olishi natijasida ilm-fan ham xristianlik ta’si- riga tushib qoldi. Bu davrda dinlar borasida- gi tadqiqotlar faqatgina ilohiyotga oid bo‘lib, xristianlik, xususan, katoliklikning boshqa- lardan ustunligini isbotlashga yo‘naltirilgan edi. VII-VIII asrlarda o‘sha davrda mavjud dinlar haqida kichik risolalar paydo bo‘lgan. VIII-IX asrlarda esa dinlar tarixi va ta’limot- lariga oid ilk kitoblar yaratildi. XIX asrga kelib Yevropa mintaqasida cherkovning ta’siri kamaydi. Natijada bosh- qa fanlar qatori dinshunoslik fani ham cher- kov ta’siridan chiqa boshladi. Shu davrda Maks Myullerning «Qiyosiy mifologiya», «Dinlarning asosi va shakllanishiga oid ma’ruzalar» nomli asarlari nashrdan chiqdi. Buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniy haqiqiy ma’noda musulmon sharqidagi dinshunoslik fanining otasi nomiga munosibdir. Uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston» kabi asarlarida turli dinlar haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Gomer va Gesiodning asarlaridan xudolar va qahramonlar haqida berilgan ma’lumotlarni eslang. Ushbu asarlar orqali qaysi davrga oid dinlar haqida ma’lumot olish mumkin? IJODIY FAOLIYAT MA’LUMOT UCHUN 12 Keyinchalik Myuller mashhur Oksford universiteti- da dinlar tarixidan ma’ruzalar o‘qigan va birinchi bo‘lib «dinshunoslik» atamasini iste’molga kiritgan. Shu yo‘sinda, dinshunoslik Parij, Bryussel va Rim universi- tetlarida fan sifatida o‘qitila boshlangan. Sobiq Sovet It- tifoqi davrida dinshunoslik fani, asosan, dinlarni tanqid qilish va «eskilik sarqiti» ekanini isbotlash uchun o‘rga- nildi. Natijada uning nomlanishi ham «Ilmiy ateizm» deb o‘zgartirildi. Yillar davomida universitetlarda «Il- miy ateizm» kafedralari tashkil etilib, talabalarga «din xalq uchun afyundir», degan g‘oya singdirildi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, dinshunoslik sohasi ham ateistik mafkura ta’siridan chiqarildi. O‘sib kelayotgan avlodda dinlar haqida to‘g‘ri va xo- lis fikrlarni shakllantirish, ularni dinlararo bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash maqsadida 90-yillarning o‘rtalari- dan umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quv dasturiga «Dun yo dinlari tarixi» fani kiritildi. 2017-yilda qabul qilingan yangi tartibga muvofiq «Dunyo dinlari tarixi» asosiy fan sifatida e’tirof etildi. 1999-yilda Tosh kent islom universitetining tashkil eti- lishi mazkur sohaning rivojlanishiga katta hissa bo‘lib Islom olamida qiyosiy dinshunoslik sohasida ham salmoqli ishlar qi- lingan. Ulardan Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», Ibn Nadimning «Ko‘rsatkich», Muhammad ibn Huzayl- ning «Majusiylik va ko‘pxudolik kitobi», Abul-Abbos Ahmad ibn Mu- hammad Saraxsiyning «Sobiiylarning mazhablari vasfi haqida risola», Abu Zayd Balxiyning «Dinlar shariatlari kitobi» asarlarini sanab o‘tish mumkin. TARIXGA NAZAR Ilm mol- dunyodan ko‘ra yaxshiroqdir. Chunki, ilming seni asraydi, mol- dunyoni esa sen asrashing kerak bo‘ladi. Mol-dunyo sarf qilinsa kamayadi, ilm esa o‘zgalarga o‘rgatish bilan yanada ziyoda bo‘laveradi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling