Djurabayeva Z. A. Ona tili


-§.  BIR MA’NOLI VA KO‘P MA’NOLI SO‘ZLAR. SO‘ZNING O‘Z


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

25-§.  BIR MA’NOLI VA KO‘P MA’NOLI SO‘ZLAR. SO‘ZNING O‘Z 
VA KO‘CHMA MA’NOSI. MA’NO KO‘CHIRISHNING ASOSIY TURLARI 
 
Reja: 
1. So‘z ma’nosining ko‘chish yo‘llari. 
2. Metafora usuli bilan so‘z ma’nosining ko‘chishi. 
3. Metanimiya usuli bilan so‘z ma’nosining ko‘chishi. 
4. Sinekdoxa va vazifadoshlik usuli bilan so‘z ma’nosining ko‘chishi. 
 
Tayanch  iboralar:  monosemantizm,  polisemantizm,  o‘z  ma’no,  ko‘chma 
ma’no, metafora,   metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik,   ma’no torayishi, ma’no 
kengayishi. 
  
1-topshiriq. Gapni o‘qing, ko‘chma ma’nodagi so‘zni topib, uni izohlang.  
 
Insonni  ehtiros  emas, uning  buyuk bisoti  –  aqli, tafakkuri boshqarishi kerak. 
(Erkin Vohidov)  
 
2-topshiriq.  Gapdagi  ajratilgan  so‘z  qanday  ma’noda  kelayotganini 
belgilang. 


 
O‘zbek xalqi azaldan buyon madaniyat bulog‘ining boshida bo‘lgan. (Oybek)  
 
So‘zlar  bir  ma’noli  va  ko‘p  ma’noli  so‘zlarga  bo‘linadi.  So‘zlarning  bir 
ma’noligiga  monosemantizm,  ko‘p  ma’noga  ega  bo‘lishiga  polisemantizm 
deyiladi. Monosemantizm polisemantizmga zid qo‘yiladi. 
Bir ma’noli so‘zlar ko‘pincha terminlardan iborat bo‘ladi. Masalan, logorifm, 
kislorod,  hujayra,  tuyuq,  ruboiy,  fonema  singari  so‘zlarni  ko‘chma  ma’noda 
qo‘llab  bo‘lmaydi.  Ammo,  ildiz  (o‘z  ma’nosida  daraxt,  o‘simlik  ildizi),  ko‘chma 
ma’noda  tishning  ildizi,  ma’lum  bir  sonning  ildizi,  millat  ildizi  ko‘rinishida 
ishlatilishi mumkin.    
So‘zning  ma’nosi  uning  boshqa  so‘zlar  bilan  munosabatga  kirishi  natijasida 
yuzaga chiqadi. Masalan, gul so‘zga e’tibor berib ko‘raylik. Gul ko‘pincha hidi va 
manzara  hosil  qilish  uchun  o‘stiriladigan  o‘simlik  ma’nosini  beradi.  Hovlida 
gulbeor, rayhon, jambil,  nomozshomgul kabi rang-barang gullar ochilib yotardi. 
Mazkur  gapda  gul  so‘zi  o‘z  ma’nosida  qo‘llanmoqda.  Yigitlarning  guli,  nonning 
guli, gilamning guli, ko‘ylakning guli, do‘ppining guli birikmalarida esa ko‘chma 
ma’nolarda ishlatilmoqda.  
Leksemalarni  gavdalantirgan  tovush  yoki  tovushlar  tizimining  nimanidir 
atashi,  nomlashi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  voqelikka  nisbat  beriladigan  lug‘aviy 
mazmuniga    leksik  ma’no  deyiladi.  Leksik  ma’no  o‘z  va  ko‘chma  ma’noga 
bo‘linadi.   
So‘zning  matndan  tashqaridagi      ma’nosiga  o‘z  ma’no  deyiladi.  Masalan, 
qanot  so‘zi  o‘z  ma’nosida  qush  va  hasharotlarning  uchishini  ta’minlash  uchun 
xizmat  qiladigan  a’zo  sanaladi.  Uning  samolyotning  qanoti,  avtomashinalarning 
qanoti, eshik va derazaning qanoti, qo‘shin qanoti, suyanchiq, ko‘makchi, himoya, 
panoh  kabi  10  dan  ortiq  ko‘chma  ma’nolari  mavjud.    “O‘zbek  tilining  izohli 
lug‘ati”da qo‘ymoq so‘zining 34 ta, bosmoq so‘zining 26 ta, olmoq so‘zining 21 ta 
ko‘chma ma’nolari keltirilgan.  
So‘zning  bosh  ma’nodan  tashqari,  yana  bir  necha  yasama  ma’nolarga  ega 
bo‘lishi  so‘zlardagi  ma’no  taraqqiyoti  qonunlariga  asoslanadi.  Ana  shunday 
qonunlarga  ma’no  ko‘chishi,  ma’noning  kengayishi,  ma’noning  torayishi 
hodisalari kiradi. 
So‘z ma’nosining ko‘chishi metafora,   metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik   
singari hodisalarni o‘z ichiga oladi. 
Metafora  narsa  va  hodisalar  orasidagi  o‘zaro  o‘xshashlik  asosidagi  ma’no 
ko‘chishidir.  Bunda  narsa  va  hodisaning  rangi,  shakli,  harakati  kabi  belgilari 
asosida  ikkinchi  bir  narsa-hodisadagi  shunga  o‘xshash  belgi  e’tiborga  olinadi  va 
so‘z  ma’nosi  ko‘chiriladi.  Masalan,  inson  insonning  ko‘zi  ko‘rish  vazifasini 
bajaradi, uning shakli cho‘ziq dumaloq. Buloqning ko‘zi, tizzaning ko‘zi, taxtaning 
ko‘zi, uzukning ko‘zi; ishning ko‘zi, derazaning ko‘zi birikmalarida ko‘z shakli va 
uning vazifasi bilan bog‘liq jihatlar e’tiborga olinib so‘z ma’nosi ko‘chirilgan.    
Metafora usulida narsa va hodisalar uchun umumiy bo‘lgan belgi tushunchada 
saqlanadi. Masalan, Vatanimiz qalqonlari, hayot kitobi, oilamiz shamchirog‘i kabi 
birikmalar  tarkibida  kelayotgan  qalqon,  kitob,  shamchiroq  so‘zlarida  ularga  xos 
bo‘lgan tushunchalar saqlangan.  
O‘xshashlik asosidagi ma’no ko‘chirilishi: 


 – odamning tana a’zolari nomlari: bet, yuz, burun, og‘iz, lab, tish, elka, oyoq; 
– kiyim-kechak yoki ulardagi biror qismning nomlari: etak, yeng, yoqa; 
–  hayvon,  parranda  va  hasharotlar  va  ularning  biror  a’zosi  nomi:  qanot, 
bo‘yin, pat, dum; 
– o‘simliklar, daraxtlar va ularning qismlari nomi: ildiz,gul, kosa,  tomir; 
– qurol-yarog‘ nomlari: nayza, o‘q, pichoq; 
– turli belgi, harakat nomlari: baland, past, olmoq, chaqmoq, urmoq, surmoq, 
turmoq va  shu kabilarga asoslanadi.  
Shuningdek, u yordamchi so‘zlarda (orqa, ost, ust, tomon kabi) ham mavjud. 
Metonimiya    narsa  va  hodisalar  o‘rtasidagi  o‘zaro  aloqadorlikka  asoslangan 
ma’no  ko‘chishidir.  Bunda  narsa  va  hodisalar  o‘rtasida  na  tashqi,  na  ichki 
o‘xshashlik  (umumiy  belgi)  bo‘lmaydi,  balki  ular  orasidagi  doimiy  real  aloqa, 
birining  nomini  aytganda,  ikkinchisini  anglash,  nazarda  tutish  e’tiborga  olinadi. 
Masalan,  Toshkent  mehmonxonasi,  “O‘zbekiston”  shifoxonasi,  Chorsu  bekati, 
“Afrosiyob”  tezyurar  poyezdi,  Navoiyni  mutolaa  qilmoq  kabi  birliklarda 
metonimiya usuli bilan ma’no ko‘chishi kuzatiladi.  
Sinekdoxa    qism  orqali  butunni  yoki  aksincha  butun  orqali  qismni  ifodalash 
usulidir.  Masalan,  tuyoq  so‘zi  mol,  qo‘y,  echki  ma’nosida  ishlatiladi.  Xuddi 
shuningdek,  tirnoq,  bosh,  tish,  kalla,  qo‘l  so‘zlari  butunni  ifodalash  uchun 
ishlatiladi. 
“Musobaqada  O‘zbekistonning  qo‘li  baland  keldi”  gapida 
“O‘zbekiston” so‘zi muayyan sportchining nomini bildirish uchun ishlatiladi.  
Bajarayotgan  vazifasiga  ko‘ra  ma’no  ko‘chirilishiga  vazifadoshlik  asosida 
ma’no  ko‘chish  deyiladi.  Insonning  yuragi  –  Vatanimizning  yuragi,  odamning 
oyog‘i  –  stulning  oyog‘i,  insonning  ko‘zi  –  derazaning  ko‘zi  birikmalarida 
bajarayotgan vazifasiga ko‘ra ma’no ko‘chishi kuzatiladi. 
Shuningdek,  tilda  so‘z  ma’noning  kengayishi  va  torayishi  hodisalari  ham 
uchraydi.  
Masalan, suv so‘zi rangsiz, shaffof suyuqlik ma’nosini beradi. Til taraqqiyoti 
davomida uning ma’nosi kengayib, ariq, anhor, soy, jilg‘a, dengiz, okean, ko‘lmak, 
turli gazli va gazsiz ichimliklar, sharbatlar  ma’nolarini anglata boshladi.  
Mashina,  dastgoh,  soat,  uy,  g‘ildirak,  zina,  eshik,  deraza,  daftar,  ruchka, 
qalam, qog‘oz so‘zlarida ham ma’no kengayishi hodisasi kuzatiladi.      
Aksincha,  bekat,  partiya,  kotib,  ellikboshi  kabi  so‘zlarning  ma’nosi  torayib 
bormoqda.                                
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling