Djurabayeva Z. A. Ona tili


-mashq.  Kamoliddin  Binoiy  qalamiga  mansub  hikmatli  so‘zda  jon


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

110-mashq.  Kamoliddin  Binoiy  qalamiga  mansub  hikmatli  so‘zda  jon 
so‘zi  qanday  ma’noda  qo‘llangan?  Uning  o‘z  va  ko‘chma  ma’nolarini 
izohlang. 
 
Har tirik jon agar qilsa harakat
Harakatga qarab topar barakat. 
 
111-mashq.    “O‘zbek  tilining  izohli  lug‘ati”da  “etak”  so‘ziga  berilgan 
izohlarni  o‘qing,  uning  o‘z  va  ko‘chma  ma’nolariga  misollar  keltirishga 
harakat qiling.  
    


ETAK  1  Kiyimning  pastki,  silib  tushib  turadigan  keng  qismi.  Ko‘ylakning 
etagi. To‘nning etagi.   
2  Ba’zi  narsalarning  etakka  o‘xshash  osilgan  pastki  qismi.  Quyosh  qishloq 
ustidan etagini yig‘ib olgan, kech kira boshlagan edi. (S.Zunnunova)  
3 Matodan paxta terish uchun maxsus tikilgan, bir tomoni bo‘yinga osib, bir 
tomoni  belga  bog‘lab  olinadigan  buyum.  Qo‘li  etak  bilan  chanoqqa  xuddi 
bo‘zchining mokisidek borib kelyapti. (E.Raimov)   
4 Ba’zi narsalarning,  sathning cheti, quyi tomoni, oxirgi qismi.  Dala etagi. 
Sahro etagi.   
5  Tog‘,  adir,  balandliklarning  pastki  qismi;  pastki  qismidagi  joy,  maydon. 
Yodgor ohista yurib adir etagiga tushib ketdi. (O‘.Hoshimov) 
6 Ariq, daryoning quyi qismi; suvning quyilish joyi. Zarafshonning etagi.  
7 Vaqt e’tibori bilan oxirgi qism, oxir, so‘ng. Fevralning etaklarida kun isib 
ketdi. (S.Anorboyev) 
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling