Djurabayeva Z. A. Ona tili


-mashq.    She’rni  o‘qing.  Jannatmakon  yurtimiz  ulug‘langan


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

120-mashq.    She’rni  o‘qing.  Jannatmakon  yurtimiz  ulug‘langan 
she’rlarga  misollar  ayting.  Ajratib  ko‘rsatilgan  so‘zlarning  ma’nodosh 
so‘zlarga izoh bering. 
 
Bu zamin – olovdir, bu zamin – otash
Ko‘ksini tog‘ qilgan oftobistonim
Oydan-da suluvdir, go‘zal parivash
Quyoshdan toj kiygan O‘zbekistonim.  
 
Bolakay, ming rahmat odobing uchun,  
Iltifoting uchun ming-ming tashakkur. 
Azaldan adabga meros bo‘layotir, 
Kamyob bir xolislik, tansiq, tiniq nur. (Matnazar Abdulhakim) 
 
Savol va topshiriqlar. 
 
1. Sinonim (ma’nodosh) so‘z deb qanday so‘zlarga aytiladi? 
2. Sinonim so‘zlarning paydo bo‘lish sabablari haqida aytib bering. 
3. Sinonimik qatorga misollar keltiring.  
4. Dominanta so‘z deb nimaga aytiladi? 


5. Sinonimlarning turlari qaysilar? 
 
121-mashq.  Uyga vazifa. Qavs ichidan berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib 
rivoyatni o‘qing va sinonim so‘zlarga izoh bering.    
 
Qadimda bir (to‘da, guruh, gala)  kishilar kemaga chiqib, (yiroq, olis, uzoq) 
safarga  otlanibdilar. Yo‘lning  yarmiga  yetganda, birdan  kuchli  (shabada,  shamol, 
bo‘ron)  turib,  kemani  chayqaltira  boshlabdi.  Dovul  borgan  sari  (zo‘rayib, 
kuchayib,  )  odamlarni  vahimaga  solibdi.  Hamma  yig‘lab  Ollohga  yolvoribdi. 
Ittifoqo,  kemada  ko‘pni  ko‘rgan  bir  (oqsoqol,  qariya,  mo‘ysafid)  bor  ekan.  U 
shunday  debdi:  –  Birodarlar,  (ichingizda,  safingizda,  orangizda)  opa-singlisini 
ko‘rgani  ketayotganlar  bormi?  Shunda  bir  kishi:  –  Men  singlimni  ko‘rgani 
ketyapman,  –  debdi.  Donishmand  chol:  –  Unday  bo‘lsa,  (xavotir  olmanglar, 
qo‘rqmanglar,  tushkunlikka  tushmanglar)  bizni  Olloh  panohida  asraydi,  –  debdi. 
Chindan ham  tez orada dovul tinib odamlar manzillariga (beshikast, sog‘-salomat, 
eson-omon) yetib olibdilar.  
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling