Djurabayeva Z. A. Ona tili


-§. ANTONIMLAR VA ULARNING TURLARI. PARONIMLAR


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

28-§. ANTONIMLAR VA ULARNING TURLARI. PARONIMLAR   
 
Reja: 
1. Antonimlar haqida ma’lumot. 
2. Antonimlarning paydo bo‘lish sabablari.  
2. Antonimlardan nutqda foydalanish.  
 
Tayanch  iboralar:    zid  ma’noli  so‘z,  zidlanish,  qarama-qarshi  ma’noli 
so‘zlar, belgi, tushuncha, inkor, antonimik juftlik.  
 
Topshiriq. Abu Rayhon Beruniy qalamiga mansub hikmatli so‘zni o‘qing, zid 
ma’noli so‘zlarni topib, ularga izoh bering. 
 
Mardu  maydon  shunday  kishi  bo‘ladiki,  ertayu  kech  dushmanga  zararu 
do‘stga foyda keltiradi.  
 
Til  tabiat  va  jamiyatdagi  narsa  va  hodisalarni,  tushunchalarni  ifodalaydi. 
Olamdagi  narsalarning  belgi-xususiyatlari,  o‘rtadagi  farqi    bir-birlariga 
zidlanganda,  taqqoslanganda  bilinadi.  Zidlik  va  qarshilantirish  olam  harakatining 
asosidir.  Mazkur  qarama-qarshilik  tilshunoslikda  antonimlar,  ya’ni  zid  ma’noli 
so‘zlar orqali yuzaga chiqariladi.  
Antonim yunoncha anti – zid va onyma – ism so‘zlaridan olingan bo‘lib, bir-
biriga qarama-qarshi bo‘lgan ma’noli so‘zlardir.  
Masalan: arzon-qimmat, birlashmoq-tarqalmoq, dono-nodon, ixcham-qo‘pol, 
ozmoq-semirmoq,  mag‘lub-g‘olib  kabi.  Demak,  antonimlar  zid  ma’noli 
tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlardir. Bunda bir tushunchaning ma’nosi ikkinchi 
tushunchaning ma’nosiga zid turadi. Shuning uchun ulardan birini eslashning o‘zi 
u inkor qiladigan boshqa tushunchani esga tushiradi. Katta, yaxshi, uzun, shirin, oq 
kabi leksemalar  haqida gap  ketsa, ularga zid  ma’noni  anglatuvchi  kichik,  yomon, 
qisqa, achchiq, qora leksemalari yodga tushadi. 


Antonimiya  hodisasi  avvalgi  tushunchaga  nisbatan  qarama-qarshi  bo‘lgan 
yangi bir tushunchani ifodalash orqali yuzaga chiqariladi. Band – bo‘sh, buzmoq – 
qurmoq, kulgi –  yig‘i, kechasi  –  kunduzi, ko‘p  – oz, oqlamoq  –  qoralamoq    kabi. 
Mazkur  leksemalardagi  zidlik  real  borliqdagi  qarama-qarshilik  asosida  yuzaga 
chiqarilmoqda. 
Antonimlar narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor, o‘rin, payt, harakat-holatni 
ifodalaydigan so‘zlarda uchraydi. Antonimlarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:  
1.  Ot  antonimlar.  Yoz  –  qish,  azob  –  rohat,  ezgulik  –  yovuzlik,  boy- 
kambag‘al, podsho – gado, shodlik – qayg‘u kabi leksemalarni bunga misol qilib 
olishimiz mumkin. 
2.  Sifat  antonimlar.  Vafosiz  –  vafodor,  dangasa  –  ishchan,  zehnli  –  zehnsiz, 
majburiy  –  ixtiyoriy,  ixcham  –  qo‘pol  kabi  leksik  birliklarni  bunga  misol  bo‘la 
oladi.  
3.  Ravish  antonimlar.  Avvalgi  –  keyingi,  tez  –  sekin,  ko‘p  –  oz,  doim  – 
vaqtincha. 
4.  Fe’l  so‘z  turkumiga  kiruvchi  yaxshilamoq  –  yomonlamoq,  isimoq  – 
ovumoq,  kuchaytirmoq  –  susaytirmoq  kabi  leksik  birliklar  ravish      antonimlar 
sanaladi. 
 Antonimik juftlikni tashkil qilayotgan muayyan so‘zning ma’nodoshlari unga 
antonim  bo‘la  oladi.  Masalan,  uddaburon  so‘zi  noshud,  uquvsiz,  bo‘shang, 
lapashang,  landavur  leksemalariga  yoki  aksincha  lapashang  leksemasi 
ishbilarmon, epchil, abjir so‘zlariga nisbatan antonim sanaladi.      
Antonimlar nutqni jozibali, ta’sirchan bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shu  bois, ulardan  xalq og‘zaki  ijodida,  jumladan,  maqollar va  matallarda unumli 
foydalaniladi.  Masalan,  tilimizda  “Yaxshi  bilan  yurdim  yetdim  murodga,  yomon 
bilan  yurdim  qoldim  uyatga”,  “Yaxshi  topib  gapiradi,  yomon  –  qopib”, 
“Yaxshidan ot qoladi, yomondan – dod” ko‘rinishidagi  maqollar ko‘p uchraydi.   
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling