Djurabayeva Z. A. Ona tili


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

LEKSIKASI 
 
Reja: 
1. Hozirgi  o‘zbek tili lug‘at tarkibining asosiy qatlamlari haqida ma’lumot. 
2. O‘z qatlam va unda umumturkiy hamda o‘zbekcha so‘zlarning tutgan o‘rni. 
3. Arabcha so‘zlar.  
4. Forscha-tojikcha so‘zlar.  
5. Ruscha-baynalmilal so‘zlar. 
  
Tayanch  iboralar:  tarixiylik  jihatdan  o‘zbek  tili  leksikasi,  o‘z  qatlam, 
umumturkiy  so‘zlar,  o‘zbekcha so‘zlar,  arabcha so‘zlar,  forscha-tojikcha so‘zlar, 
ruscha-baynalmilal  so‘zlar,  o‘zlashma  so‘zlar,  so‘z  o‘zlashtirish,  yangi  paydo 
bo‘lgan so‘zlar.  
 
Topshiriq. Matnni o‘qing, ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning qaysi tilga tegishli 
ekanligini aniqlang.  
 


Tabib  atamasining  ma’nosi  va  tarixi  borasida  tarixiy  va  tibbiy  adabiyotlarda 
ma’lumotlar  ko‘p.  Adabiyotlarda  hakim  atamasi  ham  uchraydi.  Tabib  so‘zining 
asosi  arabcha  tib  bo‘lib,  da’vo  ma’nosida  ishlatiladi.  Hakim  esa  hikmat  so‘zidan 
olingan  bo‘lib,  donishmandlik,  donolik  ma’nolarida  qo‘llangan.  Arab  tilida 
salomatlikni asrash, davolash va dori-darmon bilan bog‘liq amaliyotni ifodalovchi 
so‘zga tabobat deyiladi.    
Turkiy  tillarda  tabib  ma’nosini  ifodalovchi  otachi,  emchi,  atasag‘un  so‘zlari 
bo‘lgan. Ulardan faqat emchi so‘zi iste’molda saqlanib qolgan. (X.Jumanazarov)  
 
Tilning eng muhim belgilaridan biri  bu – so‘zlarni jamg‘arib borish vazifasi 
sanaladi.  Har  bir  xalq,  millat  o‘zining  lug‘at  jamg‘armasiga  ega.  Bu  jamg‘arma 
asrlar  davomida  shakllanib,  taraqqiy  topib  boradi.  Xalq  hayotida  ro‘y  bergan 
barcha  o‘zgarishlar  aslida  mana  shu  jamg‘armadagi  so‘zlar  orqali  tarixga 
muhrlanadi. Masalan, kishi, inson, odam, shaxs; ko‘k, osmon, gardun, falak, samo, 
xalq,  el,  millat,  budun;  hisobchi,  muhosib,  buxgalter;  muharrir,  redaktor  kabi 
so‘zlarni  oladigan  bo‘lsak,  ularda  xalqimiz  bosib  o‘tgan  uzoq  va  mashaqqatli 
yo‘lning  quvonchu  alamlari  aks-sado  berib  turgandek  tuyuladi  kishiga.  Mazkur 
leksik birliklar tilimiz tarixining ma’lum  bir bosqichlarida arab, fors-tojik, rus va 
boshqa tillardan o‘zlashtirib olingan.  
Tilda  mavjud  bo‘lgan  barcha  so‘zlarning  yig‘indisi  shu  tilning  lug‘at 
jamg‘armasi sanaladi. Mazkur jamg‘arma asrlar davomida to‘planib, sayqal topib, 
boyib  boradi.  U  tilning  qanday  ahvolda  ekanligini  ko‘rsatib  turuvchi  o‘ziga  xos 
barometr  hisoblanadi.  Lug‘at  sostavi  qancha  boy  va  xilma-xil  bo‘lsa,  til  ham 
shunchalik boy va taraqqiy topgan bo‘ladi. Dunyoda sof til yo‘q. Bundan o‘zbek ili 
ham mustasno emas.  
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining lug‘at tarkibi quyidagi qatlamlardan iborat. 
 I. O‘z qatlamga oid so‘zlar. U o‘z navbatida ikki guruhga bo‘linib ketadi: 1) 
umumturkiy so‘zlar; 2) o‘zbekcha so‘zlar. 
II. O‘zlashgan qatlam. 1. Arabcha so‘zlar. 2. Fors-tojik tilidan kirgan so‘zlar. 
3. Ruscha-baynalmilal so‘zlar. 
Bulardan  tashqari,  tilimizda  xalqimizga    qo‘shni  yoki  o‘tmishda  ota-
bobolarimiz  bilan  yaqin  aloqada  bo‘lgan  hind,  xitoy,  mo‘g‘ul  kabi  xalqlarning 
tillaridan kirgan so‘zlar ham uchraydi (but – hind tilidan, tuman – mo‘g‘ul tilidan, 
choy, lag‘mon, shiypon – xitoy tilidan va h.k.) 
I.1.  Umumturkiy  so‘zlar.  Ko‘pchilik  turkiy  tillarda hozir  ham  ishlatiladigan, 
barcha turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan so‘zlar. Masalan: kishi, ot, qo‘l, oyoq, 
ko‘z, bir, ikki. . ., o‘n, bor, kel, ol, ur, yaxshi, to‘g‘ri. 
2.  O‘zbekcha  so‘zlar.  O‘zbek  tilining  tarixiy  taraqqiyoti  davomida  yuzaga 
kelgan so‘zlar. Masalan: ishxona, ayacha, so‘roq, ulfatchilik, bog‘dorchilik. 
II.  1.  Arab  tilidan  kirgan  so‘zlar.  Arabcha  so‘zlar  o‘zbek  tiliga  VII-VIII 
asrlardan  boshlab  o‘zlashdi.  Bu  hol  arablarning  shu  davrda  O‘rta  Osiyoni  zabt 
etishi bilan bog‘liq jarayon sanaladi.  
Hozirgi  o‘zbek  tilida  arab  tilidan  kirgan  tubandagi  so‘zlar  mavjud:  kasb, 
kosib,  qassob,  san’at,  sanoat,    muassasa,  asbob,  xizmat,  mehnat,  bino,  imorat, 
hovli, ovqat, g‘alla, asal, hayvon, fil, parranda, hasharot, odam, inson, ayol, oila, 
a’zo, amma, xola, avlod, sherik, dimog‘, me’da, ittifoq, millat, rais, idora, askar, 
xavf, hujum, marra, jasur va boshqalar. 


Arabcha so‘zlar, avvalo, ta’lim-tarbiya, odob-axloq, diniy tushunchalar orqali 
kirib  kelgan  bo‘lsa,  (maktab,  kitob,  dars,  qalam,  mutolaa,  davlat,  haq,  huquq, 
maorif kabi), ikkinchidan, eroniy tillar orqali o‘zlashgan. 
2.  Fors-tojik  tilidan  kirgan  so‘zlar.  O‘zbek  tilining  lug‘at  sostavida  bunday 
so‘zlar ancha ko‘p o‘rinni egallaydi. 
Hozirgi  o‘zbek  tilida  tubandagi  forscha-tojikcha  so‘zlar  bor:  dasturxon, 
dazmol, xokandoz, barkash, obdasta, xum, chiroq, parda, gugurt, gilam, choyshab, 
poyandoz, paypoq, paytava, poshna, chok, astar, marjon, marvarid, zarbob, dog‘, 
charm,  movut,  chit,  taxta,  g‘isht,  guvala,  sarrov,  sinch,  xari,  panjara,  ustun, 
poydevor, paxsa, xoda, cho‘p, toqi, gumbaz, ohak, dahliz, dasta, reja, ship, rang, 
daricha, darvoza, deraza, zina, narvon, ohang, dutor, tanbur, nay, surnay, karnay, 
chang, g‘ijjak, rubob, doston, bazm va boshqalar. 
3.  XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  O‘rta  Osiyoning,  jumladan,  O‘zbekiston 
hududlarining  Rossiyaga  qo‘shib  olinishi  va  sal  kam  130  yil  davomida  o‘zbek 
xalqining  mazkur  mamlakat  tarkibida  yashagani  tilimizda  o‘z  izini  qoldirdi.  Rus 
tilidan stol, stul, tok, ruchka, shkaf kabi so‘zlar o‘zlashdi.   
Rus tili orqali o‘zbek tiliga o‘zlashgan quyidagi lotincha so‘zlar hozirda ham 
tilimizda  faol  qo‘llanmoqda:  respublika,  nota,  metall,  refleks,  gumanizm,  rezina, 
general,  geniy,  imperator,  imperializm,  kapital,  kandidat,  kanal,  konstitutsiya, 
plan, direktor, plan, direktor, radio va boshqalar. 
Quyidagi  so‘zlar  hozirgi  italyan  tilidan  o‘zlashgan:  benzin,  gazeta,  konsert, 
pianino, novella, temp, teatr, pomidor va  hokazo. 
Shuningdek,  tilmizda  grek  tilidan:  grammatika,  pedagog,  parallel,  talant, 
tezis, tema, kafedra, taktika, poema, poeziya, metr, ideya, neft va boshqalar; nemis 
tilidan:  raketa,  kran,  front,  shaxta,  platskarta,  rolik,  politsiya,  galstuk  va 
boshqalar;  ingliz  tilidan:  miting,  chek,  chempion,  futbol,  pijama,  dollar,  tank  va 
boshqalar;    fransuz  tilidan:  roman,  revolyutsiya,  evolyutsiya,  palto,  kostyum, 
shapka,  marshal,  serjant,  ministr,  reforma,  bank,  kompaniya,      marshrut  va 
boshqalar kabi leksemalar uchraydi. 
Respublikamiz o‘z mustaqilligiga erishgandan so‘ng tillararo munosabatlarda 
yangicha sifat bosqichiga qadam qo‘yildi. O‘zbek tili chet tillari bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri  aloqaga  kirisha  boshladi  va  buning  natijasida  tilimizda  spiker,  briffing, 
kompyuter,  diskovod,  paynet,  skaner,  telegramm,  fleshka,  sayt,  veb-sayt, 
monitoring kabi behisob leksik birliklar paydo bo‘ldi. 
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling