Djurabayeva Z. A. Ona tili
-§. ANTONIMLAR VA ULARNING TURLARI. PARONIMLAR
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
66onatilipdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
28-§. ANTONIMLAR VA ULARNING TURLARI. PARONIMLAR
Reja: 1. Antonimlar haqida ma’lumot. 2. Antonimlarning paydo bo‘lish sabablari. 2. Antonimlardan nutqda foydalanish. Tayanch iboralar: zid ma’noli so‘z, zidlanish, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar, belgi, tushuncha, inkor, antonimik juftlik. Topshiriq. Abu Rayhon Beruniy qalamiga mansub hikmatli so‘zni o‘qing, zid ma’noli so‘zlarni topib, ularga izoh bering. Mardu maydon shunday kishi bo‘ladiki, ertayu kech dushmanga zararu do‘stga foyda keltiradi. Til tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarni, tushunchalarni ifodalaydi. Olamdagi narsalarning belgi-xususiyatlari, o‘rtadagi farqi bir-birlariga zidlanganda, taqqoslanganda bilinadi. Zidlik va qarshilantirish olam harakatining asosidir. Mazkur qarama-qarshilik tilshunoslikda antonimlar, ya’ni zid ma’noli so‘zlar orqali yuzaga chiqariladi. Antonim yunoncha anti – zid va onyma – ism so‘zlaridan olingan bo‘lib, bir- biriga qarama-qarshi bo‘lgan ma’noli so‘zlardir. Masalan: arzon-qimmat, birlashmoq-tarqalmoq, dono-nodon, ixcham-qo‘pol, ozmoq-semirmoq, mag‘lub-g‘olib kabi. Demak, antonimlar zid ma’noli tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlardir. Bunda bir tushunchaning ma’nosi ikkinchi tushunchaning ma’nosiga zid turadi. Shuning uchun ulardan birini eslashning o‘zi u inkor qiladigan boshqa tushunchani esga tushiradi. Katta, yaxshi, uzun, shirin, oq kabi leksemalar haqida gap ketsa, ularga zid ma’noni anglatuvchi kichik, yomon, qisqa, achchiq, qora leksemalari yodga tushadi. Antonimiya hodisasi avvalgi tushunchaga nisbatan qarama-qarshi bo‘lgan yangi bir tushunchani ifodalash orqali yuzaga chiqariladi. Band – bo‘sh, buzmoq – qurmoq, kulgi – yig‘i, kechasi – kunduzi, ko‘p – oz, oqlamoq – qoralamoq kabi. Mazkur leksemalardagi zidlik real borliqdagi qarama-qarshilik asosida yuzaga chiqarilmoqda. Antonimlar narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor, o‘rin, payt, harakat-holatni ifodalaydigan so‘zlarda uchraydi. Antonimlarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: 1. Ot antonimlar. Yoz – qish, azob – rohat, ezgulik – yovuzlik, boy- kambag‘al, podsho – gado, shodlik – qayg‘u kabi leksemalarni bunga misol qilib olishimiz mumkin. 2. Sifat antonimlar. Vafosiz – vafodor, dangasa – ishchan, zehnli – zehnsiz, majburiy – ixtiyoriy, ixcham – qo‘pol kabi leksik birliklarni bunga misol bo‘la oladi. 3. Ravish antonimlar. Avvalgi – keyingi, tez – sekin, ko‘p – oz, doim – vaqtincha. 4. Fe’l so‘z turkumiga kiruvchi yaxshilamoq – yomonlamoq, isimoq – ovumoq, kuchaytirmoq – susaytirmoq kabi leksik birliklar ravish antonimlar sanaladi. Antonimik juftlikni tashkil qilayotgan muayyan so‘zning ma’nodoshlari unga antonim bo‘la oladi. Masalan, uddaburon so‘zi noshud, uquvsiz, bo‘shang, lapashang, landavur leksemalariga yoki aksincha lapashang leksemasi ishbilarmon, epchil, abjir so‘zlariga nisbatan antonim sanaladi. Antonimlar nutqni jozibali, ta’sirchan bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, ulardan xalq og‘zaki ijodida, jumladan, maqollar va matallarda unumli foydalaniladi. Masalan, tilimizda “Yaxshi bilan yurdim yetdim murodga, yomon bilan yurdim qoldim uyatga”, “Yaxshi topib gapiradi, yomon – qopib”, “Yaxshidan ot qoladi, yomondan – dod” ko‘rinishidagi maqollar ko‘p uchraydi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling