Djurabayeva Z. A. Ona tili


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

 
31-§. KASB-HUNAR LEKSIKASI 
 
Reja: 
1.Kasb-hunar leksikasi haqida ma’lumot. 
2.Kasb-hunar leksikasining tarmoqlanishi. 
3.  Kasb-hunar leksikasiga oid so‘zlarning asosiy belgilari. 
  


Tayanch 
iboralar: 
kasb-hunar 
leksikasi,  og‘zaki  nutq,  kasblar, 
professionalizmlar, umumxalq tili    
 
Topshiriq.  Matnni  o‘qing,  polizchilikka  oid  so‘zlarni  topib,  ularga  izoh 
bering. Yana qanday qovun nomlarini bilasiz? Ularni sanab bering. 
 
Palaklarga qarab turib muxbir yigit hayron bo‘ldi: odatda bu paytda palaklar 
sarg‘ayib,  polizga  xazonrezgilik  nuqsi  urib  qolar  edi.  Qarang,  ba’zi  suv  qiynalib 
chiqadigan  do‘ng  joylardagi  palaklarni  demasa,  pastki,  kanal  bo‘yidagi,  quloq 
boshidagi palaklarning hali ham avji baland, yam-yashil, qiyg‘os gullab, naychalari 
osmonga  sapchiqmay  deb  turibdi.  Epgashib  palaklarni  titib  qarasangiz,  tugunak, 
sapcha,  xomaklar  serob...  To‘rga  kirganlari  bilan  rang  olganlari  palak  orasidan 
manaman deb ko‘kragiga mushtlab yotibdi. Narigi paykal tarvuz polizi ekan. Har 
tarvuzlarki,  yo‘lbarsday!    Targ‘il,  xuddi  golland  sigiriday  ola.  Qo‘qon  arava 
guachagiday  cho‘zinchoq  qo‘zivoylar  ufqqa  yonboshlab,  botayotgan  quyosh 
shafag‘i shu’lasidan peshonalari yalt-yalt qiladi... (Nosir Fozilov)  
 
Til  jamiyatga  xizmat  qiladi,  jamiyat  ichida  tarkib  topadi  va  rivojlanadi. 
Jamiyat  esa  turli  toifalardan,  qatlamlardan  iborat  bo‘ladi.  Har  bir  qatlam,  har  bir 
toifa o‘z nutqida alohida so‘zlar guruhidan foydalanib kelganligini tarixdan yaxshi 
bilamiz. Manbalarga ko‘ra tarixda qaysi joyda dehqon, temirchi, nonvoy, etikdo‘z, 
bog‘bon, o‘rmakchi, qassob, meshkop kabi 32 ta kasb-kor egasi bo‘lsa, o‘sha joyga 
shahar  nomi  berilgan.  Mazkur  kasb-kor  egalarining  nutqida  boshqalarning 
nutqidan  farqlanuvchi  o‘ziga  xos  so‘zlar  qatlami  ishlatilgan.  Tilshunoslikda 
bunday  leksemalar    kasb-hunarga  oid  so‘zlar  yoki  professionalizmlar  deb 
yuritiladi.  
Temirchilar,  savdogarlar,  dehqonlar,  bog‘bonlar,  nonvoylar  va  boshqa  kasb-
kor  egalarining  nutqi  ular  ishlagan  sharoit,  ular  tomonidan  qo‘llangan  asbob-
uskunalar,  tayyorlagan  mahsulotiga  ko‘ra  bir-biridan  keskin  farqlanib  turgan. 
Masalan,  bog‘bonlar  o‘z  nutqida  bog‘,  tok,  tokqaychi,  iskana,  payvand, 
iqlimlashtirish,  ko‘chat  kabi  so‘zlardan  keng  foydalanilgan  bo‘lsa,  temirchilar 
tilida  sandon,  gulmix,  qo‘ra,  otashkurak,  ohanrabo  kabi  so‘zlar  keng  iste’molda 
bo‘lgan.  
Dehqonchilikda poliz  mahsulotlaridan biri  qovun deb  umumiy  atalgani bilan 
kasb-hunar  leksikasida  u  bilan  bog‘liq  ko‘kcha,  bo‘rikalla,  umrboqiy,  gulobi, 
bosvoldi,  shakarpalak,  eski  chopon,  mingtirish,  gursketdi,  ichiqizil,  kampirqovun, 
dahbedi, davlatiy  kabi  so‘zlar  ham  ishlatiladi.  Bu  so‘zlar  qovunning  sifati,  maza-
ta’mi,  pishish  muddati  kabi  semalarini  anglatishi  bilan  bir-biridan  tamoman  farq 
qiladi.  
Tilimizda  keng  qo‘llaniladigan  olma  (qandil,  rozmarin,  simerenko,  qimizak 
olma),  uzum  (  charos,  kelinchak  barmoq,  husayni,  daroyi,  soyaki),  non  (gijda, 
patir, shirmoy, obinon, po‘ladiy, lochira) bilan bog‘liq so‘zlar haqida ham shunday 
deyish mumikn.   
Demak,  tilimizda  kasb-hunarga  doir  bo‘lgan  so‘zlar  –    professionalizm, 
professionalizmlar  yig‘indisiga  esa  professional  leksika  deyiladi.  Kulolchilik 
kasbiga  oid  dog‘chil  (xum  yasashda  ishlatiladigan  yog‘och  asboblardan  biri), 
aspak  yoki  ot  yog‘och,  bandak  yoki  bog‘ich  (yasalgan  xom  idishning  labini 


tekislash uchun ishlatiladigan latta, charm yoki kigiz parchasi), bo‘g‘iz, dasmol loy 
(tekislash uchun ishlatiladi) kabi so‘zlar, suvoqchilik sohasiga tegishli bo‘lgan bozi 
(tokchaning  yonlari,  ikki  tokchaning  oralig‘i),  andava  (loy  suvaydigan  asbob), 
loykash (loy tayyorlovchi kishi), mola gazcho‘p (chaplangan loyni u yoq-bu yoqqa 
surish uchun ishlatiladigan reykasimon asbob) professional so‘zlarga yaqqol misol 
bo‘la odadi.  
Kasb-hunarga  oid  so‘zlar  quyidagi  jihatlari  bilan  umumxalq  tilidagi 
so‘zlardan farqlanib turadi. 
Kasb-hunarga  oid  so‘zlar  ifoda  planiga  ko‘ra  sodda,  ixcham  ko‘rinishda 
bo‘ladi.  Ularning  atalishida  xalq  donoligi  va  uzoq  yillik  tajridasi  yaqqol  ko‘zga 
tashlanib turadi.  
2.  Kasb-hunarga  oid  so‘zlarning  ma’nosi  faqat  shu  soha  vakillarigagina 
tushunarli bo‘ladi. 
3. Kasb-hunarga oid so‘zlar adabiy tilda keng iste’molda bo‘lmaydi. Bugungi 
tez  rivojlanayotgan  ilm-fan  va  texnika  davrida  kasb-hunarga  oid  so‘zlarning 
aksariyat qismi unutilib borilmoqda.   
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ilm-fan, texnika taraqqiyoti tufayli ko‘plab 
kasb-korlar  sanoatlashib,  hayotimizdan  asta-sekinlik  bilan  yo‘qolib  bormoqda.  
O‘z navbatida ular tomonidan keng iste’molda bo‘lgan leksemalar ham arxaizm va 
istorizmlar qatlamiga o‘tmoqda.  
Tursunboy Adashboyevning quyidagi she’rida qo‘llangan egar, qo‘m, po‘stin, 
o‘rmado‘z,  abzal,  chok,  yugan,  o‘mulduruq,  mesh,  chorva,  sanoch  kabi  so‘zlarni 
bunga misol qilib olishimiz mumkin.    
Tog‘likka xos hunari
Egar chopar, qo‘m tikar. 
O‘rmado‘z qamchi o‘rib, 
Po‘stinlarni jo‘n tikar. 
Ot-ulovning abzalin,  
Puxta choklar do‘ndirib. 
Yuganlari ta’rifi, 
O‘zgacha o‘mulduruq. 
Xuddi meshga o‘xshaydi, 
Hosiyatli Sanochsoy.  
Olti qishloq chorvasi, 
Boqiluvchi so‘lim joy. 
Bobomning qo‘nalg‘asi, 
Nomiga mos – Do‘ngbuloq. 
O‘n tutunli ovulga, 
Juda qulay, o‘ng buloq.  
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling