saqlab qoling.
O‘G‘IR O‘rtasida qo‘l bilan tutadigan teshigi bor dasta hamda donni urib
tuyish, ezib maydalash uchun ilatiladigan ichi o‘yiq g‘o‘ladan iborat ro‘zg‘or
buyumi; keli.
QUTIDOR [arabcha + forscha-tojikcha – quti egasi] 1 Katta pul-dunyosi
bo‘lgan yirik boy; sarmoyador. 2 Qo‘qon xonligida: oliq-soliqlardan to‘plangan
pullarni qabul qilib oluvchi va xon xazinasiga topshiruvchi saroy amaldori. – Axir,
qutidor ham boobro‘ odam-da, – dedi birinchi kishi. (Abdulla Qodiriy)
SUVLUQ Yuganning ot og‘ziga solinadigan metall qismi.
QUYUSHQON 1 Egarning oldinga siljimasligi uchun ot yoki eshakning
dumi ostidan aylantirib, egarga biriktiriladigan, ko‘pincha turli bezaklar
qadaladigan qayish. 2 ko‘chma ma’noda. Biror ish, xatti-harakat, muomala va sh.k.
dagi meyor.
136-mashq. Xayriddin Salohning “Atlas kiygan qizlarga” she’rini o‘qing.
Unda ishlatilgan kasb-hunarga oid so‘zlarni belgilang. Kiyinish madaniyati
Do'stlaringiz bilan baham: |