Djurabayeva Z. A. Ona tili


-§. TERMIN VA TERMINOLOGIK LEKSIKA (ATAMALAR


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

32-§. TERMIN VA TERMINOLOGIK LEKSIKA (ATAMALAR 
LEKSIKASI). JARGON VA ARGOLAR 
 
Reja: 
1.Terminologiya haqida umumiy ma’lumot. 
2.Terminga xos bo‘lgan belgilar.  
3. O‘zbek terminologiyasi yangi bosqichda. 
4.Argo va jargonlar haqida ma’lumot. 
 
Tayanch 
iboralar: 
termin, 
terminologiya, 
ilmiy-texnik 
terminlar, 
determinizatsiya, atama, atamashunoslik, argo, jargon. 
 
Topshiriq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar qaysi sohaga taalluqli. Ularni qanday 
so‘zlar  deb  ataymiz.  Mazkur  so‘zlarning  boshqa  so‘zlardan  farqli  jihatlarini 
ayting. 
 
Ustyurt  platosining  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  shuki,  uning  chekka 
tomonlari  tekisliklardan  ko‘tarilib  turadigan  tik  jarliklardan  iborat  bo‘lib,  ular 
chinklar  deb  ataladi.  Chinklar  uchlamchi  davrning  ohaktoshlari,  mergel, gillardan 
tuzilgan. 
Ilm-fan, texnika va san’at sohasida ishlatiladigan bir ma’noli so‘zlarga termin, 
uni o‘rganadigan tilshunoslik sohasiga terminologiya deyiladi. Ayrim manbalarda 
ular atama va atamashunoslik deb ham yuritiladi.  


Termin lotincha terminos – chegara, chek so‘zlaridan olingan bo‘lib, ilm-fan, 
texnika,  san’at  sohasida  aniq  tushunchani  ifodalaydigan  so‘z  yoki  turg‘un  ibora 
sanaladi.  Masalan:  qofiya,  turoq,  vazn,  erkin  vazv,  baromq  vazni,  nazm,  nasr, 
dramaturgiya,  komediya  kabi  leksemalar  adabiyotshunoslikka  oid  terminlardir. 
Mazkur  terminlardan  adabiyot  faniga  aloqador  shaxslar  foydalanadi  va  ma’nosi 
ulardan boshqalarga tushunarsiz bo‘ladi.  
Yoki  meditsinaga  oid  retsept,  farmakologiya,  xirurg,  okulist,  oftalmologiya, 
neyroxirurgiya;  iqtisodiyotga  taalluqli  sarmoya,  chakana  savdo,  ulgurji  savdo, 
tovar,  likvidlik,  veksel,  qimmatbaho  qog‘ozlar,  narx,  daromad,  pay,  garov, 
sug‘urta, jamg‘arma kabi leksik birliklarni olib ko‘raylik. Ularning qo‘llanilishida 
ham chegara bor: mazkur leksemalar boshqa soha vakillari nutqida kam uchraydi.  
Ijtimoiy hayot tinimsiz rivojlanib, o‘zgarib borgani sari uning in’ikosi sifatida 
terminologiyada  ham  to‘xtovsiz  yangiliklar  sodir  bo‘lib  turadi.  Aslida,  terminlar 
hayotimizdagi  eng  so‘nggi  yutuqlarni  o‘zida  aks  ettirib  boruvchi  soha  sanaladi. 
Masalan,  kompyuter,  dasturlash,  provayder,  monitor,  diskovod,  fleshka,  disk, 
tarmoq, fayl, klaviatura, dasturlash, sichqoncha kabi axborot texnologiyalari bilan 
bog‘liq terminlarning o‘zbek tilida paydo bo‘lganiga uzoq bo‘lgani yo‘q.  
Terminlarning tilda paydo bo‘lishgi ikki xil usul yordamida amalga oshiriladi.  
1.  Ular  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  asl  holatida  tilga  qabul  qilinadi.  Bunday 
terminlarning  asosiy  qismi  rus  va  yevropa  tillaridan  o‘zlashgan.  Masalan, 
ekologiyaga  oid  autekologiya,  sinekologiya,  demekologiya,  eydekologiya, 
populyatsiya, ekosistema, poluekologiya, bioekologiya, geoekologiya, texnologiya, 
biofiltr,  pestitsid  kabi  leksemalar  o‘z  holida  qabul  qilingan  va  ularning  har  biri 
muayyan  ma’noga  ega.  Misol  uchun  autekologiya  ayrim  turlarning  ular  yashab 
turgan  muhit  bilan  o‘zaro  munosabatini,  turlarning  muhitga  ko‘proq  va  uzviy 
moslashganligini;  sinekologiya  har  xil  sistemalar  (populyatsiyalar,  jamoalar  va 
ekosistemalar) ning tuzilishini, xossalarini hamda ularning funksional prinsiplarini; 
demekologiya  tur vakillari hosil qiladigan tabiiy populyatsiyalarning hosil bo‘lish 
shartlarini,  ularning  guruhlari  ichki  tuzilishlarini,  son  va  sifatini,  bir-birlari  va 
muhit  o‘rtasidagi  munosabatlarni,  eydekologiya    turlarni  jonli  tabiatning  tashkil 
bo‘lishidagi  yuqori  rivojlanish  darajasi  va  biologik  mikrosistemalarning  tashkil 
qilishini o‘rganadi.  
2. Terminlar boshqa tillardan aynan tarjima qilinadi, ularning o‘zbek tilidagi 
muqobillari topiladi. Bu usulga kalkalash deyiladi. Bunga burilish nuqtasi (tochka 
povorota),  tayanch  nuqtasi  (tochka  opori),  tenglama  (uravneniye),  bo‘r  davri 
(melovoy period), unli (glasniy), undosh (soglasniy), urg‘u (udareniye), aniqlovchi 
(opredeleniye),  chaqiriluvchi  (prizivnik)  va  boshqalarni  misol  qilib  keltirish 
mumkin. 
Terminlarning  xalq  tiliga  o‘tib,  ma’nolarining  barchaga  tushunarli  bo‘lib 
ketishiga  va  terminlik  bo‘yog‘ini  yo‘qotishiga  determinizatsiya  hodisasi  deyiladi. 
Masalan,  paynet,  monitor,  diskovod,  skaner,  birja,  barter,  market,  supermarket, 
uyali  telefon,  sichqoncha  kabi  so‘zlar  dastlab  tilimizda  termin  sifatida  paydo 
bo‘lgan.  Hozirda  ular  determinizatsiya  hodisasiga  uchragan  va  ma’nosi  barchaga 
tushunarli bo‘lgan so‘zlarga aylangan.   
O‘ta  tor  doiradagi  kasb-kor  egalari,  masalan,  o‘g‘rilar,  bosqinchilar  kabi 
kimsalar  tilida  qo‘llaniladigan  so‘z  va  iboralarga  argo  deyiladi.  Ment  (huquq-


tartibot  organi  vakili),  dum  (kuzatuvchi),  limon  (million  so‘m),  bedana 
(to‘pponcha), ko‘k (dollar), paxan (boshliq) va shu kabilar.  
Ayrim ijtimoiy guruhlar tomonidan yaratilib, umumxalq tilidan farq qiladigan 
dabdabali yoki yashirin “til”ga  jargon deyiladi. Masalan,  oftobi olam (podshoh), 
husni mutlaq (Xudo), bazmi jamshid, nishoni oliy shon (xat), yetti olamning sarvari 
(hukmdor)  kabi  dabdabali,  hashamatli  so‘zlar  saroy  ahliga  mansub  bo‘lsa,  yakan 
(pul),  qism  (tushgan  pulni  bo‘lish),  so‘kigan  (shofyor),  otar  (to‘y,  tantanalarga 
borish),  kalonpo  (boshliq)  singari  yashirin  so‘zlar  san’atkorlar  tiliga  mansub 
bo‘lgan jargonga xos so‘zlardir. 
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling