Dnk transkripsiyaSI


- rasm. Informatsiya RNK ning shakllanishi


Download 1.6 Mb.
bet4/9
Sana06.04.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1335225
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 мавзу бўйича маъруза матни

37- rasm. Informatsiya RNK ning shakllanishi
A-splaysosoma ishtirokida splaysing bosqichlari; doira shaklida kichik yadroviy (myRNK) RNK ko’rsatilgan. GU va AG intronlarning konsensusli juft nukleotidlari, ular splaysingidagi 5' va 3' saytlarida joylashgan;
B-intron chegaralarida kichik yadroviy RNK tarkibidagi kyRNKlarning komplementar joylanishi;
V-intronlarning o’zaro munosabatida ularni yaqinlashtiruvchi noyob G-G juftliklarning shakli.
Splaysingni biologik ahamiyati keng ma’noda bo’lib, ekzonlar soni RNK molekulasida bir nechta bo’lsa, ular har xil variant-kombinatsiyalarda bir-biri bilan bog’lanishi mumkin. Yana shuni ta’kidlash kerakki, RNKdagi ekzonlar muayyan vaziyatlarda intron vazifasini o’tash mumkin. Shunday kombinatsiya asosida i-RNKning shakllanishini “alternativli splaysing” deb ataladi. Demak, shunday xulosa qilish mumkinki, i-RNKdagi intron, ekzon qismlarining biror bo’laklari ortiqcha bo’lmay har xil oqsil sintezida informatsion RNKlar xillarini ko’paytirmay bir molekulani bir necha variantda foydalanish imkonini beradi.
Eukariot organizmlarning genlari intronlar tufayli uzlukli bo’lib, prokariotlar esa ular uzluqsiz, tekis holda bo’ladi. Intronlarning tarkibi turg’un bo’lib, ularning boshlang’ich azot asoslari G-S bo’lib, A-U orqali yakunlanadi.
Prokariot va eukariot hujayralarda ribosom RNKning sintezi umumiy birlamchi transkript (pre-r-RNK) sifatida hosil bo’ladi. Ribosom RNKning prosessingi yadrochada kechadi. Bakteriyalarda 30S- shakllanmagan RNKdan 16S, 23S va 5S RNKlar, eukariotlarda esa 45S pre-r-RNK dan 18S, 28S, 5,8S RNKlar hosil bo’ladi. Sintezlangan 45S RNK fermentlar ta’sirida modifikatsiyaga uchrab, shakllangan 18S, 5,8S va 28S – r-RNKga aylanadi. Boshlanishda 100 ta nukleotidlar 2'-gidroksil orqali metillanadilar. Uridin azot asoslaridan 100 qoldig’i izomerlanib psevdouridinga o’tadi. Yadrochadagi metillanish asosidagi prosessingda 5,8S –r-RNK va 28S –r-RNKlar ribosom oqsili bilan bog’lanib katta subbirlikdagi 60S-r-RNK shakllanadi. Oqsillar bilan bog’langan 18S-r-RNK esa kichik ribosom subbirligiga aylanadi. 5S RNK esa alohida sintezlanadi. Transport RNK boshlanishida katta molekula sifatida shakllanmagan holda sintezlanadi. Transport RNK ham bir nechta kichik molekulalardan hosil bo’ladi. Spetsifik ribonukleaza fermentlari tufayli t-RNK molekulasining nukleotid qatorida prosessing jarayoni kuzatiladi. Keyinchalik t-RNK molekulasidagi nukleotidlar alkilirlanib o’ziga TSTSA tripletini 3'-tomoniga bog’laydi. Mazkur qism keyinchalik, aminokislotalar bog’lovchi akseptorlik nukleotid qatoriga shakllanadi. Shaklanmagan t-RNK ning metillanishi yadroda, TSTSA-tripletini bog’lanishi esa sitoplazmada amalga oshadi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling