Donli ekinlarning biologiyasi
bug‘doydan, makkajuhoridan, kartoshkadan va boshka dala ekinlaridan bushagan erlarga ekiladi. Eqish muddati va usuli bug‘doy
Download 1.56 Mb.
|
DONLI EKINLARNING BIOLOGIYASI
bug‘doydan, makkajuhoridan, kartoshkadan va boshka dala ekinlaridan bushagan erlarga ekiladi. Eqish muddati va usuli bug‘doy bilan bir hil, eqish me`yori javdarda 3,5-5 mln dona, sulida 2,5-3,5 mln. dona urug ekiladi. Eqish chukurligi -4 sm bo`ladi. Bu ekinlar aksariyat holda oralik ekin sifatida ekiladi, shuning uchun kukati erta bahorda uriladi, sungra rejadagi asosiy ekin ekiladi. Don olish uchun ekilgan bulsa, doni tula etilgandan keyin mahsus kombaynlar yordamida urib olinadi.
7.a) Don ekinlari ikkita biologik guruhga bulinadi, ya`ni kuzgi va bahorgi. O`zbekiston sharoitida ikki hil muddatda ham ekiladigan navlar mavjud. Bundan tashkari, yarim kuzgi yoki duvarak navlar ham ekiladi. Kuzgi don ekinlari (kuzgi javdar, kuzgi bug‘doy, kuzgi arpa) rivojlanishining dastlabki davrlarida havo haroratining yukori bulmasligini talab kiladi, shuning uchun ular kuzda, sovuk tushishidan 50-60 kun oldin ekiladi. Hosili esa keyingi yili yigib olinadi. Agar kuzgi ekinlar bahorda ekilsa, tuplanadi-yu, lekin boshoklamaydi. SHuning uchun don ekinlarini kuzgi va bahorgi guruhlarga ajratish shartli hisoblanadi. Duvarak navlar esa ob-havo sharoitiga karab kuzda yoki bahorda ekiladi. Bahori donli ekinlar (bug‘doy, arpa, suli, javdar, makkajuhori, juhori, sholi, tarik, marjumak) bahorda ekiladi va shu yilning yozida yoki kuzida hosil etiladi. Ishlab chikarishda kuzgi biologik guruhdan foydalanishning afzalligi bor. Kuzgi don ekinlari kuzgi va erta bahorgi yogingarchilik suvlaridan va tuprokning unumdorligidan tula foydalanadi, hosil yukori bo`ladi (10-15%). Kuzgi don o‘simliklarning hosili bahorgiga nisbatan 7-15 kun oldin pishadi va hosil yigish ishlarini tashkil kilishda ancha qulayliklar yaratadi. Kuzgi va bahorgi navlar biologik hususiyatlari bilan bir-biridan fark kiladi. Kuzgi don ekinlari yarovizatsiya davrini 20-50 kun mobaynida utkazadi. Bu vaktda qulay temperatura -1-10 0S bo`ladi. Bahorgi don ekinlari esa yarovizatsiya davrini 7-20 kunda utkazadi. Bu vaktda qulay temperatura 5-200S bo`ladi SHuning uchun bu ekinlar bahorda ekiladi. Duvarak navlar yarovizatsiya davrini 3-150S da utkazadi. Kuz va qish davrida hamda erta bahorda kuzgi ekinlar sovuk ta`siriga duchor bo`ladi va nobud bulishi mumkin. SHuning uchun kuzgi ekinlar kuzda sovukka chiniktiriladi. Sovukka chidamlilik o‘simliklarning past haroratga, qishga chidamlilik o‘simliklarning qishlash vaktidagi noqulay sharoit komleksiga chidamliligidir. O‘simliklarni qishki noqulay sharoit ta`siriga chidamli kili o‘stirish chiniqtirish deyiladi. I.I.Tumanov fikriga ko‘ra, kuzgi ekinlar kuzda ikki fazada chiniqadi. O‘simliklarning birinchi fazasi harorat kunduz kunlari 8-15 0S va kechalari 00S ga yaqin bo`ladigan, quyosh yaxshi yoritadigan sharoitda o‘tadi. Birinchi fazani o‘tgan kuzgi ekinlar qishiga ancha chidamli bo`ladi. Ikkinchi fazada hujayralar sekin-asta suvsizlana boshlaydi, suv tsitoplazmadan hujayralararo bushliklarga oqib o‘tadi va hujayralardagi erimaydigan organik moddalar eriydigan moddalarga aylanadi. Natijada to‘planish bo‘g‘imi va barglar novidagi hujayra shirasining kontsentratsiyasi ancha ortadi. b) Kuzgi ekinlar kuz-qish va erta bahor davrida sovukka chidayolmay nobud bulishi mumkin. Buning sabablari bir nechta. Ekinlarni sovuk urganda o‘simlik hujayrasida va tukimalarida muz hosil bo`ladi, oqibatda o‘simlik nobud bo`ladi. Buni oldini olish uchun kuzgi biologik navlar eqish, fosforli va kaliyli ugitlardan foydalanish, kora tusish, uz muddatida eqish shartlariga amal kilish zarur. Ba`zi hollarda ekilgan uruglar unib chikmasdan mogorlab kolishi mumkin. Mogor zamburugi tuprok havosining nisbiy namligi yukori bulgan sharoitda, uruglar uchun namlik etarli darajada bulmaganda urug murtagining tanasida rivojlanadi. Namlikning etishmasligi tufayli uruglar tula burtishiga va kukarib chiqishiga tuskinlik kiladi. Kuzgi o‘simliklar dimikib koladi, kachonki, notekis erlarda suv tuplanib kolsa yoki er osti suvlari yaqin joylashgan bulsa. Chunki bu holatda tuprok tarkibida havo etishmaydi. Bizga ma`lumki anaerob sharoitda o‘simlik 8-12 kunda sargayadi va 12-15 kunda nobud bo`ladi. Buni oldini olish uchun erlarni eqishdan oldin tekislash, suvni kochirish choralarini kurish zarur. Hulosa kili shuni aytish mumkinki, agar agrotehnik tadbirlar uz vaktida va tugri amalga oshirilib borilsa, kuzgi ekinlar qishdan yaxshi chikadi va ulardan kuzlangan hosilni olish mumkin bo`ladi. Adabiyotlar: O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi kabul kilingan «Konunlar tugrisida». 1998. P.P.Vavilov – «O‘simlikshunoslik». Toshkent «Ukituvchi». 1980. V.N.CHirkov – «O‘simlikshunoslikdan amaliy mashgulotlar». Toshkent., Ukituvchi. 1978. V.N.CHirkov – «Don ekinlari» T., Ukituvchi-1975. K.N.Keferov – «Biologicheskie osnovo` rastenievodstva». M., Vo`sshaya shkola. 1975. D.Zaurov, M.Sbroshnikova- «Risovodstva», T., Mehnat, 1989. D.T.Abdukarimov, S.H.Hushvaktov, E.U.Umurzokov – «Tamakichilik», T., Mehnat, 1985. H.N.Atabaeva – «Texnologiya vozdelo`vaniya soi v Uzbekistane», T. 1989. G.K.Kurbonov – «Arpa», T. Fan.1976. YA.Gubanov, N.Ivanov- «Ozimaya pshenitsa». M.,Agropromizdat, 1988. I.V.Massino – «Selektsiya kukuruzo`, sorgo i kormovoy sveklo` dlya oroxaemovo kormoproizvodstva Uzbekistana». T. Fan. 1984. H.N.Nazirov, E.Dyakonova – «Vozdelivaniya Kenafa». T. Uzbekistan. 1969. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling