Dullo quronov galaktikada bir


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/41
Sana19.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1367457
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
Bog'liq
Galaktikada bir kun PDF Lotin

KALAVANING UCHI TOPILDI
Bugun tong vaqtida Maanen yulduzi yaqiniga yetib 
kelgan general Obma hademay hamma savollariga 
javob olishidan umidvor edi. Shu paytda uning aloqa 
qurilmasi ham jiringlab qoldi. U javob tugmasini bosishi 
bilan monitorda boyagi besoʻnaqay miksning basharasi 
koʻrindi.
– Qoʻling hech qachon qayrilmasin, general!
– Seniki ham. Qani, tezroq gapir.
– Ular hozir Yondosh olamga uchishmoqchi. “Koʻkkezar” 
degan juda noyob, aql bovar qilmaydigan tezkor kemasi 
ham bor!
– Yondosh olamda pishirib qoʻyibdimi?
– Ular Dordonni zindondan ozod qilishmoqchi.


85
– Ha-ya, mening ittifoqdoshlarim Dordonni oʻgʻirlashgan 
edi-ku. Xoʻsh, bunga anavilarning nima aloqasi bor ekan?
– Ularning biri salmirlik, biri yerlik, biri esa marslik 
droid. Hammasi galaktika xaritasini izlashmoqda.
– Xa-xa-xa! – Obmaning bu qah-qah otib kulishi 
shu qadar baland chiqdiki, goʻyoki butun kema silkinib 
ketganday boʻldi.
– Eh, nodonlar... tushunarli... tushunarli... ular xaritaning 
bir boʻlagi menda ekanini bilisharmikan oʻzi? Xa-xa-xa...
– Bir qoshiq qonimdan kech, general. Men ularni nodon 
demagan boʻlardim. Ayniqsa, anavi odam juda xavfli ekan.
Bu gapdan generalning kapalagi uchib ketdi. Soʻng 
jiddiy turib josusdan yana boshqa maʼlumotlarni ham 
batafsil soʻrab oldi va dedi:
– Sen oʻsha askarlardan birining qiyofasiga kirgin-da, 
ular bilan birga uch. Boladan ehtiyot boʻl. Bilib qoʻy, u 
menga tiriklayin kerak!
– Xoʻp boʻladi, general!
Aloqa tugadi.
Ayni damda koinotda Obmadan baxtliroq mavjudot yoʻq 
edi. Chunki u anchadan beri ich-etini tirnab kelayotgan 
savollarning javobini eshitdi. Endi u hammasi – salmirliklar 
muammosi, N
2
G kristali, Ahmad, “Koʻkkezar”, xarita va 
abadiy energiya generatori haqida biladi. “Bularni bilishim 
mening gʻalabamdan darak beradi”, – deb oʻyladi Obma. 
U shu tobda turli rejalar tuzarkan, hammasiga birdaniga 
erishishi mumkinligini oʻylab sevinardi.


86

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling