E. Egamov,X. Asatullaev, Z. G. Allaberganov zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar


Talab va taklif muvozanati va vaqt omili


Download 0.86 Mb.
bet5/50
Sana13.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1194210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZAMONAVIY IQTISODIY TA’LIMOTLAR (2)

4. Talab va taklif muvozanati va vaqt omili

A. Marshall talab va taklif qonunini va shunga muvofiq bahoni tahlil qilishga alohida e’tiborni qaratdi. U tahlilni talabdan boshladi: «Sotilishi ko’zda tutilgan tovar miqdori qancha ko’p bo’lsa, unga qo’yiladigan baho shuncha past bo’lishi kerak, negaki u o’z xaridorlarini topa olsin... Baho pasayganda talab qilina-digan tovarlar miqdori ko’payadi, baho oshganda esa – kamayadi. Bunda bahoning pasayishi bilan talabning oshishi o’rtasida qat’iy o’rnatilgan bir xil nisbat bo’lmaydi».


O’z mohiyatiga ko’ra A.Marshall me’yorli foydaliliklar tengligi qonuniga asoslangan holda, foydalilik funktsiyasidan talab egri chizig’ini keltirib chiqargan birinchi iqtisodchi hisoblanadi. U quyidagi ko’rinishda aks ettiriladi:

MUx/Px=MUy/Py=…MUe,


bunda MUx – x tovarning me’yorli foydaliligi, Rx – o’sha tovarning bahosi, MUe – pulning me’yorli foydaliligi. Bu qonunni uch xil ekvivalentli shaklda ifodalash mumkin. Iste’-molchi o’z ehtiyojini qondirishni maksimallashtiradi, agar u 1) xarid qilingan barcha tovarlarning me’yorli foydaliliklarini tenglashtirsa; 2) iste’mol qilinadigan har bir juft tovarning me’yorli foydaliliklari nisbatini va baholar nisbatini teng-lashtirsa; 3) muayyan bozor narxida sotib olingan har bir tovarni pul qiymatining me’yoriy foydaliligini tenglash-tirsa.


Iste’molchi muvozanatga erishdi, Rx bahosi esa pasaymoqda, deb faraz qilaylik. Unda MUx>PxMUe va muvozanatni qaytadan tiklash uchun, MUx miqdorini kamaytirish maqsadida x tovarni ko’proq sotib olish kerak bo’ladi. Haqiqatan ham, tovarning bahosi pasaysa, iste’molchi uni sotib olishni ko’paytiradi, negaki bunday tovarning bahosi pasayganda iste’molchi bir so’mga har qanday boshqa tovarga qaraganda ushbu x tovardan ko’proq foydalilik oladi. X tovarning xaridi ko’paygan sari me’yorli foydalilikning pasayishi MUx pasayishini kafolatlaydi. Demak, iste’molchi o’zining cheklangan daromadlari va joriy narx doirasida o’z ehtiyojini doimo maksimal darajada qondirishga intilgan sharoitda talab egri chizig’ining teskari nishabligi kelib chiqadi.
Bu dalil – isbotlar shu narsani ko’zda tutadiki, x tovarning narxi pasayishi natijasida individning daromadi ko’paymaydi, buning natijasida MUxning miqdori uyg’unlashish jarayoni davo-mida doimiyligi saqlanib qoladi. Lekin individ o’zining barcha xarajatlarining me’yorli foydaliligini yana tenglashtirishi bilanoq, uning real daromadi oshadi. Bu saqlanayotgan pul mablag’larining me’yorli foydaliligini pasaytiradi va shu bilan barcha tovarlarning, jumladan x tovarning ham xaridining ko’payishga olib keladi. Bunda daromad samarasi ijobiy hisob-lanadi va biz x ga teskari nishabli talab egri chizig’iga va daromadga bog’liq bo’lgan ijobiy talabga ega bo’lamiz.
Bundan tashqari, bu erda foydalilik funktsiyalarining ad-ditivligi1 taqozo etiladi: individ sotib olayotgan har bir tovarning foydaliligi boshqa tovarlarning foydaliligiga bog’liq bo’lmaydi. Haqiqatda esa ularning o’rtasida bog’liqlik amal qilishi mumkin, bunday bog’liqlik natijasida U – miqdori ko’pay-ganda MUx ko’payadi yoki kamayadi. Bu tahlilni yana ham murak-kablashtiradi.
Agar yuqorida aytilganlarni grafik ko’rinishida ifodalasak, unda koordinatlarda (baho, tovar miqdori) Marshall «kresti» kelib chiqadi: pastga yo’naltirilgan D talab egri chizig’i bilan yuqoriga yo’naltirilgan S taklif egri chizig’ining kesishishi (2-rasm). D egri chizig’i iste’molchi uchun mazkur tovarning me’yorli foydaliligining pasayish qonunini ifodalasa, S egri chizig’i me’yorli xarajatlarning oshib borishini ifodalaydi. Ularning kesishgan nuqtasi muvozanat bahoni bildiradi va ushbu baho xaridorlar sotib olishni, sotuvchilar esa sotishni xohlaydigan tovar miqdorini aniqlab beradi. Bu ikki miqdor faqat muvozanat baho paytida bir biriga to’g’ri keladi. Agar taklif bahosi talab bahosi bilan tenglashsa, muvozanat baho vujudga keladi. Rasmdagi P1 – muvozanat baho. Ushbu bahoda sotuvchilar bir xil Q1 miqdordagi tovarni sotishni xohlaydilar, xaridorlar esa sotib olishni;
P

P 1


0 Q1 Q





Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling