EKOTIZMLARNING O'ZGARISHI SUKSESSIYA HODISASI. BIOSFERA HAQIDA TUSHUNCHA . VERNADSKIY TA’LIMOTI , NOOSFERA
Reja:
Ekologik tizim tushunchasi.
Ekotizimda modda va energiya oqimi.
Ekotizimlarning mahsuldorligi, ekologik piramida va uning qoidalari.
Ekologiyaning matematik modeli.
Ekotizimlarning dinamikasi va suktsessiyasi.
Ekologik tizim tushunchasi
Tirik organizmlar jamoasi abiotik muhit bilan moddiy-energetik aloqada yashaydi. O`simliklar ozuqlanish jarayonida o`lik tabiatdan karbonot angidrid, suv, kislorod va mineral tuzlarni oladi ya'ni ular hali iste'mol qilishga tayyor bo`lmagan anorganik moddalarni olib, ulardan organik birikmalarni sintezlaydi. Shuning uchun ham ularga avtotroflar, ya'ni o`zlari uchun o`zlari ovqat tayyorlaydiganlar deb nom berilgan.Tayyor ozuqa moddalari bilan oziqlanuvchi organizmlarga esa geterotroflardeyiladi. Bularga barcha o`txo`r va etxo`r organizmlar misol bo`ladi. Demak, geterotrof organizmlar avtotrof organizmlar hisobida yashaydi. Ular tashqi muhitdan qo`shimcha kislorod va suv ham oladi.
Avtortrof va geterotrof organizmlarning olgan ozuqasi tarkibidagi barcha moddalarning o`rni biogen modda aylanishi davomida tabiatda tiklanib turadi. Demak, barcha organizmlar modda aylanish jarayonida ham o`zaro va ham tashqi muhit bilan bog`langan yaxlit tizimni hosil qiladi.
Tirik organizmlarning har qanday uyushmasi bilan ular yashayotgan muhitning birgalikdagi majmuasiekotizimlar deb ataladi.Bu terminni fanga 1935 y., ingliz olimi A. Tensli kiritgan. Ekotizimlar hajmi jihatidan turlicha kattalikda bo`ladilar. Masalan, daraxtning chiriyotgan poyasini kichik bir ekotizim, ya'ni mikroekotizim deyish mumkin. O`rmon, ko`l, o`tloq va hokazolarni o`rtacha kattalikdagi ekotizim, ya'ni mezotizim deyish mumkin. Okean, qit'a va shu kabilarni yirik ekotizim, ya'nimakrotizim deyish mumkin. Eng yirik ekotizim ya'ni megaekotizim – bu biosfera hisoblanadi.
Ekotizimning sinonimi sifatida fanda ko`pincha biogeotsenoz atamasi ham qo`llaniladi. Bu ikkala tushuncha bir-biriga yaqin, biogeotsenoz ekotizimning muayyan maydondagi bir bo`lagi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |