O‘qituvchi: assistent. S.E. Qurbonazarov
1-ma’ruza: Elektrotermiyaning fizikaviy asoslari Fizika, elektrotexnika taraqqiyoti - XX – XXI asrlar ilmiy – texnikaviy taraqqiyot asri bo‘lib, yuqori texnologiyani ta’minlovchi, bir tomondan yangi materiallar va buyumlar olinishi va boshqa tomondan – energiya va zahira manbalarining kamayishiga, ishlab chiqarishlarda ekologiya ko‘rsatgichlarning ifloslanishi ortib borishi bilan chambarchas bog‘liq.
- Yangi texnologiyalar qatorini sezilarli qismini elektr texnologik qurilmalar tashkil qiladi, bu elektrofizikaviy ko‘p qirrali va ularni kompleksli yuqori darajada aniqlik bilan avtomatik boshqarish imkoniyatlari bilan bog‘liq.
- Elektr texnologik qurilmalar jarayonlari, ishchi sohaning o‘zida o‘zgartirishga asoslangan texnologik qurilmalar elektr toki energiyasi va magnit maydonining issiqlikka o‘zgarishi, kimyoviy yoki mexanik energiya kiradi va ular ishtrokida bir qator topshiriqlar jarayonlari amalga oshiriladi. Bunday qurilmalar murakkab tuzilishga ega bo‘lib, ularning tarkibiga ishchi organlar vayordamchi boshqarish, rostlash qismlari kiradi.
Fizika, elektrotexnika taraqqiyoti - Elektr texnologik qurilmalarning (ETQ) ishlab chiqarishdagi ahamiyati beto‘xtov ortib bormoqda. Bu elektr energiyasining energiya uzatuvchi sifatida afzalligi va o‘zining fizikaviy xossalari bilan yuqori ishlab chiqarish qurilmalar va yangi texnologiyalar yaratishni ta’minlab, texnikaviy jarayonlarining tez rivojlanishiga to‘g‘ri keladi. Xalq xo‘jaligining barcha sohalarida: sanoatda, qishloq xo‘jaligida va kommunal – maishiy xizmat sohasida elektrotexnologik jarayon keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Bu jarayonda elektr energiya sarfi tasnifi, quvvati va ishlash prinsipi turlicha bo‘lgan jihozlar ishlatiladi. Bajarilayotgan texnologik jarayon haqida bilimga ega bo‘lmasdan jihozlarni to‘g‘ri yig‘ish, sozlash va ishlatish mumkin emas.
Fizika, elektrotexnika taraqqiyoti - Elektrotexnologiyaning mukammallashtirilishi natijasida materiallarning yangi xususiyatlari: yuqori darajada mustahkam, issiqlikka chidamli, yemirilishga chidamli hamda yuqori darajada elektr o‘tkazmaslik xususiyatlari va past darajada issiqlik o‘tkazish xususiyatlari hosil bo‘ladi. Eski texnologiya asosida ishlayotgan ishlab chiqarish korxonalarining avval foydalanilmayotgan mahsulotlarining xom ashyosidan yoki chiqindilaridan yuqori sifatli o‘tkazgich va yarim o‘tkazgich materiallari olinmoqda. Elektrotexnologik jarayonlarni qo‘llash natijasida sanoat tarmoqlarining ko‘pchiligida va fan sohasidagi hozirgi zamon yutuqlari qo‘lga kiritilmoqda.
Elektr texnologik jarayonlarning rivojlanishi - Elektrotexnologiyaning mukammallashtirilishi natijasida materiallarning yangi xususiyatlari: yuqori darajada mustahkam, issiqlikka chidamli, yemirilishga chidamli hamda yuqori darajada elektr o‘tkazmaslik xususiyatlari va past darajada issiqlik o‘tkazish xususiyatlari hosil bo‘ladi. Eski texnologiya asosida ishlayotgan ishlab chiqarish korxonalarining avval foydalanilmayotgan mahsulotlarining xom ashyosidan yoki chiqindilaridan yuqori sifatli o‘tkazgich va yarim o‘tkazgich materiallari olinmoqda. Elektrotexnologik jarayonlarni qo‘llash natijasida sanoat tarmoqlarining ko‘pchiligida va fan sohasidagi hozirgi zamon yutuqlari qo‘lga kiritilmoqda.
Elektr texnologik jarayonlarning rivojlanishi - Elektr texnologik qurilmalar (ETQ) deb, ularda elektr energiya bir vaqtning o‘zida boshqa turdagi energiyaga aylanib texnologik jarayonlar bajariladi, shu sababli yoqilg‘i qoʻllanilib texnologik jarayonlar olib boriladigan qurilmalardan texnik-iqtisodiy jihatdan yuqori afzallikka ega hisoblanadi va sanoat va xalq xoʻjaliklarida qo‘llanilishi tobora kengayib bormoqda.
- Elektr texnologik jarayonlarga, asosan bevosita ishchi mintaqada elektr va magnit maydonlarida elektr energiyaning issiqlik, kimyoviy yoki mexanik energiyaga texnologik o‘zgarishi, ularning hisobiga belgilangan jarayonlar amalga oshiriladi.
Elektr texnologik jarayonlar besh guruhga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |