Elektr xavfsizligi asoslari


uyqu arteriyalaridagi puls: yaxshi aniqlanmoqda (urishi tekis yoki notekis), yaxshi aniqlanmayapti, yo


Download 4.71 Mb.
bet5/41
Sana26.10.2023
Hajmi4.71 Mb.
#1724122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
EXA AMALIYOT

uyqu arteriyalaridagi puls: yaxshi aniqlanmoqda (urishi tekis yoki notekis), yaxshi aniqlanmayapti, yoq;
ko‘z qorachig‘lari: kengaygan, toraygan.
Ma’lum konikmalarga ega bo‘lganda yordam ko‘rsatuvchi shaxs o‘zini yoqotib qoymasdan bir daqiqa ichida jabrlanganning holatini baholay bilishi va unga qanday tartibda va qaysi hajmda yordam ko‘rsatilishini belgilab olishi lozim.
Jabrlanganning xushi o‘zida yoki yo‘qligi qarab aniqlanadi. Bunga to‘la ishonch hosil qilish uchun jabrlanganning holatini o‘zidan so‘rash kerak.Ushbu chora tadbirlar majmuasi reanimatsiya (ya’ni jonlantirish) deb, chora tadbirlar esa reanimatsion chora tadbirlar deb ataladi.
Qimmatli vaqtni yo‘qotib jabrlanuvchini yechintirishning hojati yo‘q. SHuni esda tutish kerakki, yurak toxtagan vaqtdan 4 daqiqa o‘tmagan bo‘lsa jonlantirish muolajalari samara berishi mumkin, shuning uchun ham birinchi yordamni tez va imkoni boricha hodisa ro‘y bergan joyda ko‘rsatish kerak.
Jabrlanuvchi nafas olmayotgan bo‘lsa yoki uning pulsi sezilmasa, uni o‘lgan deb hisoblab unga yordam ko‘rsatishdan bosh tortib bo‘lmaydi. Jabrlanuvchining o‘lgani haqidagi xulosani faqat tibbiyot xodimlari chiqarishi mumkin.
Jonlantirish harakatlarini boshlash bilan birga shifokor yoki tez yordamni chaqirish haqida ham o‘ylash kerak, faqat buni yordam ko‘rsatayotgan shaxs emas, balki boshqa shaxs qilishi lozim.
Jabrlanuvchi nafas olishining, qon aylanishining to‘xtash vaqti, sun’iy nafas oldirishni va yurakka tashqi massaj o‘tkazishni boshlash vaqtini, hamda reanimatsion chora tadbirlarning davomiyligini eslab qolish va ularni yetib kelgan tibbiyot xodimlariga ma’lum qilib yetkazish kerak.

  1. Sun’iy nafas oldirish va yurakka tashqi massajni o‘tkazish usullari

Sun’iy nafas oldirish. Sun’iy nafas oldirish jabrlanuvchi nafas olmayotganda yoki og‘ir (sekin, entikib) nafas olayotganida, hamda qanday: elektr toki ta’siri, zaharlanish, cho‘kish va boshqa sabab bo‘lishidan qatiy nazar nafas olishi muntazam og‘irlashib borayotganda o‘tkaziladi.
Sun’iy nafas oldirishning eng samarali usuli bo‘lib «og‘izdan og‘izga» yoki «og‘izdan burunga» usuli hisoblanadi, bunda jabrlanuvchining o‘pkasiga yetarli hajmda havo yetkazib berilishi ta’minlanadi. «Og‘izdan og‘izga» yoki «og‘izdan burunga» usuli yordam ko‘rsatuvchi shaxs chiqarayotgan havoni majburan jabrlanuvchi havo yo‘llariga yuborilishiga asoslanadi, bunda fiziologik jihatdan ushbu yuborilayotgan havodan jabrlanuvchining nafas uchun foydalansa bo‘ladi. Havoni Doka» ro‘molcha va h. orqali yuborsa bo‘ladi. Sun’iy nafas oldirishning ushbu usuli jabrlanuvchi o‘pkasiga havo kelishini nazorat qilish imkonini beradi, chunki ko‘krak qafasi havo puflanayotganda ko‘tarilishi va havo chiqarilganda pastga tushishini ko‘rish mumkin.
Sun’iy nafas oldirishni o‘tkazish uchun jabrlanuvchini chalqancha yotqizish, nafas olishni siqib turgan kiyimlarining tugmalarini yechib bo‘shatish va bexush chalqancha yotganda orqaga ketib qolgan til bilan yopilib qolgan yuqori nafas olish yo‘llari o‘tkazuvchanligini ta’minlash lozim. Bundan tashqari, og‘iz bo‘shlig‘i ichida yot moddalar (qusuq moddalari, yechilib tushgan protezlar, agar odam cho‘kkan bo‘lsa, qum, balchiq, utlar va h.) bo‘lishi mumkin, ularni jabrlanuvchining boshini yon tomonga burib dastro‘mol (latta) yoki bint o‘ralgan ko‘rsatkich barmoq bilan olib tashlash kerak (19- rasm). SHundan so‘ng yordam ko‘rsatuvchi shaxs jabrlanuvchi boshining yon tomoniga joylashib, bir qulini uning boshini tagidan o‘tkazadi, ikkinchi qo‘lining kafti bilan jabrlanuvchining boshini imkoni boricha orqa ag‘darib peshonasini bosishi lozim. (20-rasm)





Download 4.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling