Elektronik sxemalar
Download 136 Kb. Pdf ko'rish
|
FlM
— F2M = A 1 A 2 = 2a. Giperbolaning ikkita asimptotasi b o ‘lib, ular markazdan uzoqlashgan sari giperbola egri chizig‘iga yaqinlashib boradi. Konus uning ikkita yasovchisiga parallel b o ‘lgan tekislik bilan kesilsa, kesimda giperbola egri chizig‘i hosil b o ‘ladi. Giperbola konus egri chiziqlaridan bittasi b o ‘lib, uning tenglam asi quyidagicha yoziladi: Gipotsikloida (yunoncha hupo — tagida va kykloeides — aylanasim on) — r radiusli aylanadagi b iro r nuqtaning R radiusli kattaroq aylanada sirpanmasdan yumalab harakat qilishi natijasida hosil bo‘ladigan tekis egri chiziq. Bitta sikl gipotsikloida yasashda hosil qiluvchi aylananing yo‘naltiruvchi aylana bo‘ylab bir marta to ‘liq aylanib chiqishiga mos kelgan markaziy burchak formula bilan topiladi. Gipotsikloida egri chizig‘i silindrik, konusli va vintsimon tishli g‘ildiraklarning tish profilini hosil qilishda qo‘llaniladi. Gorizont — (yunoncha horizon — ajratuvchi, chegaralovchi). 1. O chiq joyda osm on gumbazi bilan yer sirti izga go‘yo tutashgandek bo‘lib ko‘rinadigan chiziq. 2. Kuzatuvchining ko‘zi orqali o‘tgan va shovunga perpendikular b o ‘lgan tekislik. Gorizontal proyeksiyalar — buyumning gorizontal proyek- siyalar tekisligiga tushirilgan proyeksiyalari. Gorizontal proyek- siya yuqoridan va ostdan qarab tushirilishi mumkin. Gorizontal tekislik — gorizont tekisligiga parallel b o ‘lgan tekislik. Gorizontal chiziq — gorizontga parellel bo‘lgan to ‘g‘ri chiziq. Gorizontal chiziqdagi kesmaning gorizontal proyeksiyasi uning 153 haqiqiy uzunligiga teng, frontal proyeksiyasi esa O X o ‘qiga parallel b o ‘ladi. Gorizont ch izig‘i — 1. Osm on gum bazi bilan yer sirti kesishganga o‘xshab ko‘ringan chiziq. 2. Kuzatish nuqtasidan o ‘tgan gorizontal tekislikning kartina tekisligi bilan kesishgan joyidagi chiziq. Gotovalnya — maxsus qutichaga joylashgan chizmachilik asboblari to ‘plami. Vazifasi va ichidagi asboblar soniga qarab gotovalnyalarning quyidagi turlari bor: U9, U10, U14, U15, U23, U30. Bular universal gotovalnyalardir. Bulardan tashqari, maxsus konstruktorlik gotovalnyalari ham mavjud, ular KB va KM harflari bilan markalangan. Gradus (lotincha gradus — daraja, pog‘ona, o ‘lchov) — 1. Burchak yoki yoy kattaligining o ‘lchov birligi, daraja. Bir daraja aylananing 360 dan bir qismini qamrab olgan ikki radius o ‘rtasidagi markaziy burchakka teng. 2. Harorat o ‘lchov birligi: selsiy b o ‘yicha bir gradus suvning qaynash darajasining yuzdan bir b o ‘lagiga teng. G ra ft (grekcha grapho — yozaman) — sof uglerodning kristall holidagi bir turi, to ‘q kulrang mineral. Grafit texnikada tigel pechlar qurishda, surkov materiali sifatida, shuningdek, qalam yasashda ishlatiladi. Izometriya — aksonometriya turlaridan bin. Izometriya to ‘g‘ri burchakli va qiyshiq burchakli turlarga b o ‘linadi. T o ‘g ‘ri burchakli izometriyada aksonometrik (X, Y va Z) o‘qlarning u c h a la si b o ‘y ich a h am o ‘zg arish k o e ffitsiy e n ti b ir xil: k=m =n=0,82 b o ‘lib, aksonometrik o ‘qlar orasidagi burchak 120° ga teng bo‘ladi. Lekin amalda o‘zgarish koeffitsiyentlaridan foydalanish noqulay b o ‘lganligi uchun, rO C T 2.317-69 bilan belgilangan standart izometrik proyeksiyadan foydalaniladi. Unda aksonom etrik o ‘qlar b o ‘yicha buyum ning o ‘lcham lari o ‘z kattaligida olinadi. Buyumning bu usul bilan hosil qilingan izometrik tasviri uning asliga nisbatan 1,22 marta katta b o ‘ladi. Ikki yoqli burchak — ikki tekislikning o‘zaro kesishuvidan hosil b o ‘lgan fazoviy burchak. I n je n e r lik g r a fik a s i (y u n o n ch a g ra p h ik e — rassom lik san ’ati) — muhandislik praktikasida grafik ishlarni bajarish 154 uchun zarur fanlar (chizma geometriya, perspektiva nazariyasi, texnikaviy chizmachilik, arxitektura, rassomlik va sh.k.) maj- muyi. Ish chizmasi — detalning chizmachilik asboblari yordamida, berilgan masshtabda, ortogonal proyeksiyalarda chizilgan tasviri. Jadval — ustunlar, qatorlar, grafalar b o ‘yicha m a ’lum tartibda joylashtirilgan raqamlar, yozuvlar, belgilar va sh.k. maj- muyi. Masalan, ko‘paytirish jadvali, logarifmlar jadvali va h.k. Joy k o ‘rinishi — buyumning bir qismini proyeksion bog‘la- nishdan tashqari, alohida chiqarib ko‘rsatilgan tasviri. Bunday tasvirda buyum qismining shakli asl ko‘rinishda aks etadigan qilib m a’lum yo‘nalishda boshqa bir tekislikka proyeksiyalanadi. Buning uchun buyum qismi unga perpendikular yo‘nalishdagi tekislikka proyeksiyalanadi. Joy ko‘rinishi chizmada strelka va «A» ko‘rinish, «B» ko‘rinish kabi yozuv bilan ko‘rsatiladi. Bunday yozuv «A» harfi bilan belgilangan yo‘nalish b o ‘yicha qara- gandagi ko‘rinish demakdir. Joy qirqimi — buyum qismining alohida chizib ko‘rsatilgan qirqimi. Bunday qirqim chizmada detalning rO C T 2.305-68 tavsiya etgan qirqim larini asosiy ko‘rinishlarda ko‘rsatishga zaruriyat yoki imkoniyat bo‘lmagan hollarda bajariladi. Buning uchun kesuvchi tekislik detalning simmetriya yoki markaziy o‘qi orqali o‘tkaziladi va qirqimda ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan joydan ikki yoki bir tom onga ozgina o ‘tkaziladi. Bunday qirqimda detalning old qismi olib tashlangan deb faraz qilinadi. Olib tashlangan qism chegarasi egri tutash chiziq bilan ko‘rsatiladi. Zadvijka — truboprovodlardan o‘tayotgan suyuqlik, gaz yoki bug‘ m iqdorini o ‘zgartirib turish yoki butunlay to ‘xtatish uchun xizmat qiladigan qurilmalarning bir turi. Unda suyuqlik, bug‘, gaz o‘tadigan teshik pona shaklidagi moslama bilan ochilib- yopilib turiladi. Zanjir — mashina va agregatlar uzatuvchi mexanizmining ish organlaridan biri. Zanjirlar tuzilishi jihatidan xilma-xil b o ‘ladi. Halqalar va sharnirlar tizmasidan tuzilgan zanjirlar eng ko‘p ishlatiladi. Z a zor — bir-biriga o ‘rnatilgan yoki yondosh ikki detal orasida qoldiriladigan oraliq. Zazor bir detalning ikkinchi detal 155 teshigiga bemalol kirishi va boshqa shunga o ‘xshash maqsadlar uchun qoldiriladi. Masalan, bolt bilan biriktiriluvchi detallardagi teshik diametri bolt diametridan biroz katta b o ‘ladi. Zubilo — chilangarlik ishida metall qirqish uchun ishlatila digan, bir uchi tig‘li, ikkinchi uchi muhrali asbob. K alka (fransuzcha calque) — chizmalardan nusxa ko‘chi- rishda ishlatiladigan shaffof qog‘oz yoki mato. K arner (nemischa korber) — uchi konussimon qilib o ‘tkir- langan sterjen shaklidagi chilangarlik asbobi. K a tet (yunoncha kathetos — shovun) — to ‘g‘ri burchakli uchburchaklikning to ‘g‘ri burchagi uchidan o‘tuvchi tomonlari. Kesim — detalning tekislik bilan kesilishidan hosil b o ‘lgan tekis shakl. Kesim chizig‘i — chizmalarda kesim yoki qirqimni hosil qilish uchun foydalanilgan kesuvchi tekislik vaziyatini ko‘rsatuvchi chiziq. Kesish ch izig ‘i — bir necha o ‘qdosh aylanish sirtlarining o ‘zaro kesishuvidan hosil b o ‘lgan chiziqlar. Keskich — metall kesish o‘rnatmalari (tokarlik va randalash stanoklari)da detallarni kesib ishlov beradigan asbob. K esm a — ikki tomondan chegaralangan to ‘g‘ri chiziq bo‘lagi. Kesuvchi tekislik — chizmalarda qirqimlar yoki kesimlar hosil qilish uchun foydalanilgan yordamchi tekislik. Klapan (nem ischa klappe) — havo, gaz, suyuqlik yo‘lini ochib-yopib turuvchi qurilmalarning detallaridan biri. Kom lpeks chizma — buyum yoki detalning bir tekislikka joylashtirilgan, o‘zaro ko‘p proyeksion bog‘lanishda bo‘lgan ikkita, uchta yoki undan ko‘p ortogonal proyeksiyalari. K onstruktor — m ashina, mexanizm, binolar, inshootlar loyihasini tuzuvchi muhandis. K on stru k siya (lo tin ch a constructio — tuzilish) — plan qismlarining o‘zaro joylashishi, inshoot, mashina va sh.k.ning tuzilishi. Kontur (fransuzcha contour — narsaning qiyofasi) — nar- salarning tashqi qiyofasini aks ettiruvchi chiziqlar yordamida tasvirlangan ko‘rinishi. 156 Konus (lotincha conus, yunoncha konos) — konusaviy sirt va uni yopiq egri chiziq b o ‘yicha kesib o‘tgan tekislik bilan chegaralangan geometrik jism. Konusaviy sirt — bir uchi doimiy qo‘zg‘almas nuqta orqali o‘tgan to ‘g‘ri chiziqning qo‘zg‘almas egri chiziqqa tegib harakat qilishi natijasida hosil b o ‘ladigan sirt. Konus kesimi — to ‘g‘ri doiraviy konus sirtini tekislik bilan kesish natijasida hosil b o ‘lgan chiziq. Konuslik — konus diametrining konus balandligiga nisbati. Konsentrik aylanalar — bitta markazdan turli radiuslar bilan chizilgan aylanalar. Koordinata (lotincha col (n) — birga va ordinatus — tartibga solingan) — nuqta vaziyatini qandaydir sistemada aniqlovchi sonlar. K o o rd in a ta o ‘q la ri — nuqtaning tekislikdagi vaziyatini aniqlash uchun tekislikdagi ikkita kesishuvchi o‘qlardan, fazo- dagi vaziyatni aniqlash uchun esa uchta kesishuvchi o‘qlardan foydalaniladi. K oordin atalar boshi — koordinata o ‘qlarining kesishgan nuqtasi. Kran (nemischa kran) — yuk ko‘tarish-tashish mashinasi. K roki (fransuzcha croquis — xomaki ishlangan rasm) — chizmachilik asboblaridan foydalanmasdan qo‘lda chamalab chizilgan chizma — eskiz. Kronsirkul — ikkita egilgan oyoqchalari bir-biriga sharnir yordamida birlashtirilgan o ‘lchagich asbob. Kronshteyn — vertikal devorga yoki ustunga o ‘rnatiladigan konsol shaklidagi tayanch detal. Kub (yunoncha kybos) — oltita o‘zaro teng kvadrat bilan chegaralangan muntazam olti yoqli geometrik jism. Kvadrant (lotincha quadrans — to ‘rtdan bir qism) — doirada 90° li markaziy burchak bilan chegaralangan sektor (doiraning to ‘rtdan bir qismi) yoki o ‘zaro perpendikular tekisliklarning o ‘zaro kesishuvidan hosil b o ‘lgan fazo b o ‘laklari. K va d ra t (lotincha quadrates — to ‘rtburchaklik) — to ‘rt tom oni o‘zaro teng, qarama-qarshi tomonlari parallel b o ‘lgan to ‘g‘ri burchakli to ‘rtburchaklik. 157 K o ‘pburchaklik — yopiq siniq chiziq bilan chegaralangan shakl. K o ‘pyoqlik — hamma tom onidan tekis ko‘pburchaklik bilan chegaralangan geometrik jism. Ko ‘rinishlar — buyum sirtining kuzatuvchiga ko‘rinib tur- gan qismi tasviri. Ko ‘rinishlik sharti — chizma geometriya va chizmachilikda tasvirlanayotgan jism sirtlari shaffof emas deb hisoblanadi. Lekalo — sirkul bilan chizib b o ‘lmaydigan egri chiziqlarni chizish uchun ishlatiladigan maxsus chizg‘ich. Lekaloli egri chiziqlar — hamma nuqtalarini sirkul yorda mida birlashtirib b o ‘lmaydigan, lekalo yordamida chiziladigan egri chiziqlar. M aket (fransuzcha maquette) — buyum, mashina, mexa- nizm, bino, inshoot va sh.k. obyektlarning kichraytirib yasalgan nusxasi. M arkaz — turli shakllarning boshqa nuqtalariga nisbatan o‘rta o ‘rinda joylashgan nuqtasi. M a rk a ziy proyek siya la sh — proyeksiyalash markazi deb ataluvchi bitta nuqtadan tekislikka proyeksiyalash. M arkaz chiziqlari — aylana yoki boshqa yopiq egri chiziq. M asofa nuqtalari — chiziqli perspektivada qarash nuqta sidan kartina tekisligiga tomon 45° burchak ostida yo‘nalgan (ikki tomonga) to ‘g‘ri chiziqlarning kartina tekisligi bilan uchrashish nuqtalari. M asshtab (nemischa mas — o‘lcham, stab — planka) — chizmadagi, plandagi, kartadagi, globusdagi chiziqlar uzunli- gining asl uzunligiga nisbati. Masshtab lineyka — chetida har xil uzunlik o‘lchov birlik- larining b o ‘linmalari. M axovik — aylanma harakat qiluvchi salmoqli g‘ildirak. Maxsus q o ‘yilgan to ‘g ‘ri chiziqlar — proyeksiyalar tekislik- laridan biriga perpendikular yoki parallel b o ‘lgan to ‘g‘ri chi- ziqlar. Mashina (fransuzcha machine, lotincha machine) — energiya ishlab chiqaradigan yoki energiyani foydali ishga aylantirib beradigan qurilma. 158 Mashinasozlik chizmachiligi — chizmachilik kursining mashina- sozlik sanoatiga oid ishlab chiqarish chizmalarini chizish va taxt qilish qoidalari va shunday chizm alarni bajarish usullarini o ‘rgatadigan b o ‘limi. M ediana (lotincha m ediana — o ‘rtasi) — uchburchaklik uchini uning qarshisidagi tomoni o‘rtasidagi nuqta bilan birlash- tiruvchi to ‘g‘ri chiziq kesmasi. Meridian (lotincha meridianus ) — aylanish sirtining ayla- nish o‘qi orqali o ‘tgan tekislik bilan kesishish chizig‘i shu sirt- ning meridiani deyiladi. M etod (yunoncha methodos — tadqiqot yo‘llari, usuli) — tor m a’noda biror masalani hal qilish, biror ishni bajarish usuli. M etodika (yunoncha methodike) — pedagogika fanining bir sohasi b o ‘lgan didaktikaning bir qismi — o‘quv predmetlarini o‘qitish qoida va metodlarini o‘rgatadi. M etodist — m a’lum bir o ‘quv fanini o ‘qitish metodikasi b o ‘yicha mutaxassis. M etr (fransuzcha metre, yunoncha metron — uzunlik o ‘l- chovi) — dastlab metr uchun ekvatordan shimoliy qutbgacha b o ‘lgan masofaning o ‘n m illiondan bir qismi (10-7) qabul qilingan. Hozir esa kripton — 86 atomining 2 p10 va 5d5 energetik sathiga mos o‘tishda vakuumda nurlanish to ‘lqin uzunliklarining 16507673 tasi 1 m deb qabul qilingan. M etrik aniq tasvir — buyum o‘lchamlarining haqiqiy katta- ligini aniqlash uchun imkon beradigan tasvir. M etrik masala — chizmadan foydalanib unda tasvirlangan kattaliklarni, masalan, kesma uzunligini, masofani, shakl yuza- sini va h.k.larni aniqlashga, shuningdek, berilgan o ‘lcham- lardagi shakllarni chizishga oid masala. Metchik — detallardagi kichik teshiklarda standart rezba kesish uchun ishlatiladigan kesuvchi asbob. Mexanizm (yunoncha mechane — qurol, inshoot) — m a’lum bir ish bajaruvchi mashina, apparat va ularning ichki tuzilishi, bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan sistemasi. M ikrometr (yunoncha mikron — kichik, metreo — o ‘lchay- man) — uncha katta bo‘lmagan chiziqli o‘lchamlarni o‘lchashda ishlatiladigan asbob. 159 M ikron (yunoncha mikron — kichik) — m illim etrning mingdan bir b o ‘lagi. Millimetr (lotincha mille — ming) — metrning mingdan bir bo‘lagi. M o d el (fransuzcha modele, italyancha modello — namu- na) — biror buyumning kattalashtirilgan yoki kichiklashtirilgan nam unasi, nusxasi. M odul (lotincha modulus — o‘lchov, mezon) — aniq fan- larda eng muhim koeffitsiyent yoki miqdorlarning nomi. M onj m etodi — geometrik obrazlarni tekislikda tasvirlash metodlaridan biri. Mufta (nemischa muffe) — bir to ‘g‘ri chiziqda yotgan ikkita valni bir-biriga ulaydigan va bir valdan ikkinchi valga aylana harakat uzatadigan konstruksiya. N a k a tk a — detallarning b a ’zi sirtlarida, m asalan, turli asboblarning dastalarida bosim yo‘li bilan hosil qilinadigan turli shakllardagi relyefli sirt. Nakatkalash — detal sirtida nakatka hosil qilish. N arsalar tekisligi — chiziqli perspektivada proyeksiyalash apparati elementlaridan biri — gorizontal vaziyatda va kartina tekisligiga perpendikular b o ‘lgan tekislik. Nonius (yoki verner) — shtangensirkul va boshqa aniq o ‘lchov asboblarining asosiy b o ‘limlari ulushlarini o ‘lchash uchun imkon beradigan moslamasi. N ol (lotincha nullus — hech narsa) — o‘nli sistema raqam- laridan birining matematik ishorasi. Nu — bir nuqtadan chiqqan to ‘g‘ri chiziq. N utrom er — detallarning ichki o ‘lcham larini o ‘lchashda ishlatiladigan asbob. N uqta — o ‘lchamga ega b o ‘lmagan eng kichik geometrik obraz. N uqtalarning geom etrik o ‘rni — biror um um iy geom etrik xususiyatga ega b o ‘lgan chiziq: tekislik, sirt yoki fazo b o ‘lagiga tegishli cheksiz ko‘p nuqtalar to ‘plami. Oval (fransuzcha ovale, lotincha ovum — tuxum) — bir necha aylana yoylarning tutashtirilishidan hosil b o ‘ladigan tuxumsimon qavariq tekis yopiq egri chiziq. 160 Oktaedr (yunoncha okto — sakkiz, hedra — yoq) — sakkiz tom ondan teng tomonli uchburchakliklar bilan o ‘ralgan sakkiz yoqli geometrik shakl. O rdin ata (lo tin ch a ordin atu s) — D ekart sistem asidagi koordinata o‘qlaridan biri — Y b o ‘yicha qo‘yiladigan uzunlik. Ornament (lotincha ornamentum — bezak) — bino, inshoot yoki narsa yuzalariga ishlangan naqsh. O rtogonal p r o y e k s iy a (yunoncha orthogonios — t o ‘g ‘ri burchak) — to ‘g‘ri burchakli proyeksiya. Ortotsentr (yunoncha orthos — to ‘g‘ri markaz) — uchbur- chaklik balandliklarining kesishgan nuqtasi. P az — mashina detallaridagi ensiz uzun ariqcha. Payvandlash — metall detallarni bir-biriga ulash usuli va jarayoni. Payvand chok — detallarni bir-biriga payvandlab biriktirish natijasida hosil bo‘lgan chok. Parabola (yunoncha parabole — yaqinlashish) — tekislikda fokus deb ataluvchi F nuqtadan va direktrisa deb ataluvchi to ‘g‘ri chiziqdan barobar uzoqlikda yotgan nuqtalar to ‘plami, ikkinchi tartibli tekis egri chiziq. Parallel — bir tekislikda yotuvchi bir-biriga yondosh b o ‘l- gan, ikki tomonga davom ettirilgan uchrashmaydigan chiziqlar. P a ra llel (yunoncha p a ra llelo s — yonida boruvchi, yon dosh) — aylanish sirtining uning o ‘qiga perpendikular b o ‘l- gan tekislik bilan kesishuvidan hosil b o ‘lgan chiziqlar. Parallelepiped (yunoncha parallelos — yondosh, epipedon — yassilik) — hamma yoqlari parallelogramm yoki to ‘g‘ri to ‘rt- burchaklik b o ‘lgan olti yoqli jism. Parallelogramm (yunoncha parallelos — yondosh, gramme — chiziq) — to ‘rtburchaklik qarama-qarshi tomonlari ham teng, ham o ‘zaro parallel b o ‘lgan tekis to ‘rtburchaklik. Parallel proyeksiyalash — parallel proyeksiyalovchi chiziq- lar vositasida buyumning parallel proyeksiyasini hosil qilish. Parallel tekisliklar — umumiy to ‘g‘ri chiziqqa ega bo‘lmagan tekisliklar. Parallel t o ‘g ‘ri chiziqlar — bir tekislikda yotgan va umumiy nuqtaga ega b o ‘lmagan to ‘g‘ri chiziqlar. 161 Parm a — metall, yog‘och va boshqa materiallarda teshik parmalash uchun ishlatiladigan kesuvchi asbob. Parchin mix — bir uchida kallagi b o ‘lgan metall silindrik sterjendan iborat biriktiruvchi detal. Parchin mixli chok — metall konstruksiyalarning bir-biriga parchin mixlar bilan biriktirib hosil qilingan choki. Perim etr (yunoncha perim etros) — tekis yopiq shaklning tashqi konturi uzunligi. Perpendikular (lotincha perpendikulyar — shovun) — biror to ‘g‘ri chiziq yoki tekislik bilan to ‘g‘ri burchak hosil qiluvchi to ‘g‘ri chiziq. P ira m id a (yunoncha p y ra m is) — asosi k o ‘pburchaklik b o ‘lgan, yon yoqlari esa umumiy uchga ega b o ‘lgan uchbur- chakliklardan iborat ko‘p yoqli geometrik jism. P lakat (lotincha placatum ) — katta masshtabdagi rasm yoki chizma. Plan (lotincha planus — tekis) — uncha katta bo‘lmagan yer sirti uchastkasining tekislikdagi kichraytirilgan tasviri. Planimetriya — elementar geometriyaning tekislikdagi shakl- larni o‘rgatadigan b o ‘limi. Plashka — sirtqi rezba qirquvchi keskin asbob. Podshipnik — aylanma harakat qiladigan detallar, vallarda o ‘rnatiladigan tayanch detali. Pozitsion m asala — yasashlar yo‘li bilan o ‘zaro m a’lum vaziyat olgan geometrik obrazlarga tegishli umumiy nuqta va chiziqlarni topishga oid geometrik masala. Pona — bir tom oni to ‘rtburchaklik, ikkinchi (uch) tomoni unga parallel to ‘g‘ri chiziq va yon tom onlari uchburchaklik shaklida bo‘lgan prizmatik detal. Porshen — ichki yonuv dvigateli, bug‘ mashinalari, nasos va sh.k.ning silindri ichida harakat qiluvchi stakan shaklidagi detal. Porshen y o ‘li — porshenning eng yuqorigi va eng pastki vaziyati orasidagi masofa. Prizm a (yunoncha prism a — arralangan) — yon yoqlari o ‘zaro parallel b o ‘lgan ko‘p yoqli geometrik jism. Proyekt (loyiha) (lotincha projectus — oldinga tashlash) — mashina, bino, zavod va sh.k. obyektlarni yasash yoki qurish 162 uchun oldindan ishlab chiqilgan chizmalar va boshqa texnikaviy m a’lum otlar majmuyi. Proyeksiya (lotincha projectus — oldinga tashlash) — buyum- ning tekislikdagi yoki biror sirtdagi tasviri. Proyeksion chizma — buyum larning proyeksiyalash yo‘li bilan tekislikda hosil qilingan tasviri. P rofil p r o y e k s iy a la r — proyeksiyalanuvchi buyum yoki mashinaning profil proyeksiyalar tekisligiga tushirilgan tasviri. Prujina — tashqi kuchlarning ta ’sirida deformatsiyalanib, mexanikaviy energiyani to ‘plovchi va tashqi kuch yo‘qolishi bilan to ‘plangan energiyani qaytaruvchi detal. Punktir chiziq (nemischa punktieren — nuqta qo‘yish) — faqat nuqtalardan yoki qisqa chiziqlardan tuzilgan chiziq. Qiyshiq burchakli proyeksiyalash — proyeksiyalovchi nur- larning yo‘nalishi tekislikka 90° b o ‘lmagan parallel proyek- siyalash. Qiyalik — to ‘g‘ri burchakli uchburchakning gipotenuzasi bilan kateti orasida hosil bo‘lgan burchak. Qiya qirqim — kesuvchi tekislik gorizontal proyeksiyalar tekisligi bilan (to‘g‘ri burchakdan farq qiluvchi) burchak tashkil qilgan holdagi qirqim. Q o ‘z g ‘almas birikma — detallari bir-biriga nisbatan harakat qilmaydigan birikma. Q o ‘z g ‘aluvchi birikm a — detallari bir-biriga nisbatan hara- kat qiladigan birikma. Radius (lo tin ch a ra d iu s — kegay) — aylana yoki shar markazini aylana yoki sharning istalgan nuqtasi bilan birlash- tiruvchi kesma. Radius o ‘lchagich — detallardagi silindrik, shar yoki halqa shaklidagi qavariq yoki botiq sirtlarning egrilik radiusini bevosita detalning o ‘zidan o‘lchashda ishlatiladigan asbob. R a zm etk a (rejalash) — berilgan chizm a shaklini biro r materialga maxsus asboblar yordamida tushirish. Ram ka — chizmalarda qog‘oz chetiga chizib qo‘yiladigan hoshiya. Reduktor (lotincha reductor — orqaga aylantirish, qaytarish, o ‘zgartirish) — aylanish tezligini kamaytirish yoki ko‘paytirish 163 va aylanma harakat yo‘nalishini o‘zgartirish uchun xizmat qila- digan mexanizm. Rezinka — o‘chirg‘ich. Chizmachilikda chizmadagi ortiqcha chiziqlarni o ‘chirish uchun foydalaniladi. Rezba — bolt, vint, shpilka va shunga o‘xshash detallar zagotovkalarining sirtida, gayka va shunga o ‘xshash detallar zagotovkalaridagi teshiklarning sirtida vintaviy chiziq b o ‘ylab qirqilgan ariqcha. Rezbaning ichki diam etri — silindrik sirtqi rezbalarda rezba profilining tubidan o ‘tgan faraziy silindr diametri. Rezba y o ‘li — bir o ‘ramning o ‘zidagi ikki nuqta orasida yasovchi b o ‘ylab olingan masofa. Rezbaning nominal diametri — rezbaning o ‘lchamlarini ko‘r- satish uchun shartli ravishda qabul qilingan diametr. Rezbaning profili — rezba o‘ramining rezba o‘qi orqali o‘tgan tekislik bilan kesilishidan hosil b o ‘lgan kesim shakli. Rezbaning sirtqi diametri — silindrik sirtqi rezbalarda rezba profili cho‘qqisidan o‘tgan faraziy silindr diametri, silindrik ichki rezbalarda — rezba profili tubidan o‘tgan faraziy silindr diametri. Rezba uzunligi — rezbali sterjen yoki teshikning to ‘liq profilli rezba qirqilgan qismining uzunligi. Rezba o ‘lchagich — rezbaning standart o ‘lchamini aniqlash uchun asosan uning ikki o ‘lchami — sirtqi diametri va qadami o ‘lchanadi. Rezba o ‘rami — rezbaning shu rezba qirqilgan detal sirtini bir m arta aylanib chiqishiga to ‘g‘ri keladigan uzunligi. Rezba (yoki vint) qadami — qo‘shni o‘ramlar orasida yasov chi b o ‘ylab o ‘lchangan masofa. Reyka — bir tom onga tishlar qirqilgan prizm atik yoki silindrik sterjen. Reysfeder (nemischa reissfeder — chizmachilik perosi) — tush bilan chiziq chizadigan yoki qalam grafitini tiqib ishlatila- digan asbob. Reysm us (nem ischa reissm ass) — buyum sirtiga o ‘zaro parallel chiziqlar chizishda ishlatiladigan rejalash asbobi, xatkash. Reysshina (nemischa reisschiene) — bir uchiga ko‘ndalang taxtacha o ‘rnatilgan uzun chizg‘ich. 164 Rels — ko‘ndalang qirqimi maxsus shaklga ega b o ‘lgan, prokatlangan p o ‘lat. Rom b (yunoncha rhombos — parallelogramm) — hamma tom onlari o ‘zaro parallel va teng, lekin burchaklari to ‘g‘ri burchak bo‘lmagan tekis yopiq to ‘rtburchaklik. Salnik — vallarn in g korpusga o ‘rn a tila d ig a n joyidagi tirqishlarni zichlovchi detal. Santimetr (fransuzcha centimetre, lotincha centum — yuz) — metrning yuzdan biriga teng o ‘lchov birligi. Sapfa (nemischa zapfen) — val yoki o‘qning podshipnikka o ‘rnatiladigan qismi, b o ‘yni. Segment (lotincha segmentum — kesma) — aylananing yoy va vatar bilan chegaralangan qismi. S ektor (lotincha sector — kesuvchi, b o ‘luvchi) — tekislikda bitta nuqtadan chiqqan ikki to ‘g‘ri chiziq va egri chiziq bilan chegaralangan tekislik. S I — xalqaro o ‘lchov sistemasi. Sikloida (yunoncha kykloeides — doirasimon) — aylananing yo‘naltiruvchi to ‘g‘ri chiziq b o ‘ylab sirg‘almasdan bir m arta to ‘liq yumalab chiqishida aylanadagi biror nuqta hosil qilgan egri chiziq. Siniq chiziq — bir to ‘g‘ri chiziqda yotmagan bir necha to ‘g‘ri chiziq kesmasidan iborat chiziq. Sinusoida (lotincha sinus — egilish, egrilik) — sinusning o‘z argumentiga (burchagiga) qarab o ‘zgarishini tasvirlovchi davriy tekis egri chiziq. Spetsifikatsiya (fransuzcha specification) — yig‘ish chizm a larid a tasv irlan g an m ash in a, m exanizm , ap p arat va shu kabilarning detallari yoki alohida qismlarining nomlari, ular ning miqdori, qanday materialdan yasalishi, og‘irligi va shunga o ‘xshash m a ’lum otlar yozib k o ‘rsatilgan texnikaviy hujjat jadval. Spiral (lotincha spiralis — buralish) — o ‘zining aylanma harakati davomida, markaz deb ataluvchi nuqtadan bir m e’yor- da uzoqlashuvchi tekis egri chiziq. Standart (inglizcha standart — norma, qoida, namuna, sifat, o‘lchov) — sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsuloti va boshqalarga 165 qo‘yiladigan normativ talablarni o ‘z ichiga olgan texnikaviy hujjat. Stereografik proyeksiya — stereografiya usuliga asosan hosil qilingan tasvir. Stereografiya (yunoncha stereos — fazoviy, grapho — yoza- man) — shar va boshqa geom etrik jism larning tekislikdagi perspektiv tasvirini yasash usuli va shunday tasvirning o ‘zi. Stereom etriya (yunoncha stereos — fazoviy, metreo — o ‘lchayman) — geometriyaning fazoviy jism xususiyatlarini o ‘rganadigan ham da nuqta, to ‘g‘ri chiziq va tekisliklarning o ‘zaro vaziyatini aniqlaydigan b o ‘limi. Sterjen — ko‘ndalang qirqimi doira, to ‘rtburchaklik va shun ga o ‘xshash shaklda b o ‘lgan uzun metall b o ‘lagi va shunday shakldagi detal. Strelka — o ‘lcham chiziqlarining uchlariga, kesim yoki qirqim yo‘nalishini ko‘rsatuvchi chiziq uchiga qo‘yiladigan teng yonli uchburchaklik shaklidagi uchlik. Sfera (yunoncha sphaira — shar) — sharsimon sirt. Sxema (yunoncha schema — obraz, ko‘rinish) — sodda- lashtirilgan grafik tasvir. Tal (gollandcha so ‘z) — o‘n metr chegarasidagi balandlikka o ‘n tonnagacha yuk ko‘tara oladigan mexanizm. Tasvir — biror buyumning ko‘zgudagi aksi yoki tekislik dagi chizmasi. Tetraedr (yunoncha tetra — to ‘rt, hedra — asos, sirt, to mon) — hamma tomonlari uchburchaklik bo‘lgan to ‘rtyoqlik. Texnikaviy rasm — aksonometrik proyeksiyalar metodidan foydalanib o‘lchamlarga va masshtabga rioya qilmasdan chamalab chizilgan yaqqol tasvir. Tish — arra, tishli g‘ildirak, reyka va sh.k.ning ish qismi. Topograf — topografiya b o ‘yicha mutaxassis. Topografik chizm achilik — yer uchastkasining sirti va un- dagi yo‘llar, suv havzalari, daryolar, o ‘rmonlar va shunga o ‘x- shash obyektlarni tasvirlovchi plan va kartalar chizish qoidalari va usullarini o‘rgatuvchi amaliy fan. T opografiya (y u n o n ch a topos — joy, p ast, b alan d lik , grapho — yozaman) — planda joylarning tasvirini tushirish metodlari bilan shug‘ullanuvchi fan. 166 Transportir (lotincha transportare — ko‘chirib qo‘ymoq) — chizmadagi burchaklarni aniqlash yoki chizma chizishda bur- chaklarni o‘lchab qo‘yishda ishlatiladigan yarim doira shaklidagi o ‘lchash asbobi. Trapetsiya (yunoncha trapezion — stolcha) — ikki tomoni o‘zaro parallel va qolgan ikki tomoni o ‘zaro parallel bo‘lmagan tekis to ‘rtburchaklik. T rigon om etriya (y u n o n ch a trigonon — u ch b u rch ak lik , metreo — o‘lchayman) — matematikaning trigonometrik funk- siyalarni va ularning amaliy tatbiqini o ‘rganadigan b o ‘limi. Trimetriya (yunoncha trim etro s — u ch o ‘lcham li) — aksonometriyaning o ‘qlar b o ‘yicha o ‘zgarish koeffitsiyentlari har xil, ya’ni uchala o‘q b o ‘yicha uch xil qilib olinadigan bir turi: k^m^n. Trubaviy birikm alar — ko‘rish (qarash) nuqtasining gori- zontal proyeksiyasi yoki narsalar tekisligidagi proyeksiyasi. Tutashtirish — ikki chiziqni uchinchi chiziq yordamida bir- biriga sindirmasdan, bukmasdan silliq ulash. T o ‘g ‘in — maxovik, shkiv, g‘ildirak va sh.k. detallarning gir atrofini o‘rab olgan tashqi silindrik yoki chambarak qismi. Uzatma — bir valdan ikkinchi valga harakat uzatish, bir valdagi harakat tezligini boshqa valga kamaytirib yoki ko‘paytirib uzatish uchun xizmat qiladigan mexanizm. Uzatish soni — bir valdan ikkinchi valga uzatilgan ayla- nish tezligining qancha oshganligi yoki kamayganligini ko‘rsa- tuvchi koeffitsiyent. Uzel — apparat, m ashina va sh.k.ning m a’lum vazifani bajaruvchi mustaqil mexanizmi yoki murakkab qismi. Uzilish — ko‘ndalang qirqimli shakli va o‘lchamlari bir xil b o ‘lgan uzun detallarning chizmadagi tasvirda shartli ravishda uzib olib tashlangan o ‘rta qismi. Uzunlik — kesmaning chetki nuqtalari orasidagi masofa. Umumiy k o ‘rinish — detalning yoki uning ayrim qismining asosiy konstruktiv xususiyatlarini aks ettiruvchi va detal to ‘g‘ri- sida yaqqol tasavvur beradigan tasviri. Val — mashina va mexanizmlarda aylanma harakat qilib, tishli g‘ildirak yoki shkiv orqali burovchi m om ent uzatuvchi yoki qabul qilib oluvchi silindr shaklidagi detal. 167 Vatar — qandaydir yoyning, masalan, aylana yoyining ikki nuqtasini birlashtiruvchi to ‘g‘ri chiziq. Aylana m arkazidan o ‘tuvchi vatar diametr deyiladi. Ventil — truboprovod orqali o ‘tuvchi suyuqlik, bug‘ yoki gaz yo‘lini ochib-yopib turuvchi moslama. V ertikal te k islik — gorizontal tekislikka perpendikular vaziyatda joylashgan tekislik. Vint — bir uchiga rezba qirqilgan, ikkinchi uchida otvyortka kiradigan ariqchasi b o ‘lgan kallakli metall sterjen shaklidagi biriktirish detali. Vintaviy sirt — yasovchi chiziqning vint shaklidagi yo‘nal- tiruvchi chiziq b o ‘ylab harakatidan hosil b o ‘lgan sirt. Vintaviy sirt silindr yoki konus sirtida to ‘g‘ri to ‘rtburchakli, uchbur- chakli, m untazam trapetsiya va shunga o ‘xshash shakldagi keskichlar bilan kesib ishlash orqali yasaladi. Vintaviy sirtlar prujina, rezbalar, vintsimon zinalar ko‘rinishida uchraydi. Vintaviy chiziq — ikki xil egrilikka ega bo‘lgan fazoviy chiziq. Vintaviy chiziq biror aylanish sirtida yotgan nuqtaning shu sirt yasovchisi bo‘ylab ilgarilama va sirt o‘qi atrofida aylanma harakat qilishida hosil b o ‘ladi. Vintaviy chiziqlar aylanish sirtining xarakteriga qarab, silindrik, konusli va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Vtulka — ichi teshik silindr shaklidagi detal. Xrapovik — xrapovikli mexanizmlarda valni teskari tomonga aylanib ketishdan saqlaydigan detal. Xrapovikli mexanizm — bir tomonga yo‘nalgan uzoq-uzoq aylanma harakat hosil qiluvchi tishli g‘ildirakli mexanizm. Xromlash — metall detallar sirtini xrom bilan qoplash. Yassi shakl — hamma nuqtalari tekislik bilan mos keladigan shakl. Yoy — tekis yoki fazoviy egri chiziqning bir qismi. Odatda, yoy chizmada yoki yozuvlarda ikki chetki nuqtasiga qo‘yiladigan harflar va yoy belgisi bilan ko‘rsatiladi. Yoyilma — jism sirtlarining bir tekislikda joylashtirilgan tasviri. Masalan, piramidaning yoyilmasi uning bir tekislikka joylashgan yon yoqlari (uchburchakliklar)dan va asosidan iborat. T axtalangan m ateria llard an , m asalan, tu n u k a d a n buyum 168 yasashda avval uning chizmasi b o ‘yicha yoyilmasi yasaladi, so‘ngra undan andoza sifatida foydalanib, taxtalangan material- dan bichiq qirib olinadi. Yig‘ish chizmasi — m ashina, m exanizm yoki ularning alohida uzellarining yig‘ilgan holda tasvirlangan chizmasi. Y o‘nalish — geometrik obrazlar yo‘nalgan tomon. Y o‘naltiruvchi — biror chiziq yoki sirtning harakat yo‘na- lishini ko‘rsatuvchi qo‘zg‘almas egri yoki siniq chiziq. Silindr (y u n o n c h a k y lin d r o s — g ‘ild ira ta m a n , aylan- tiraman) — yopiq silindrik sirt va ikkita tekislik bilan chegara- lanadigan geometrik jism. Shayba — gaykaning buralib ketmasligi uchun uning ostiga qo‘yiladigan silindr yoki kvadrat shaklidagi halqa. S h ar — yarim aylananing o ‘z o ‘qi atrofida aylanishi natijasida hosil b o ‘lgan fazoviy jism. Shpilka — ikkita uchi rezbaga ega bo‘lgan silindrik sterjen. Shponka — harakat uzatuvchi val va g‘ildirakni biriktiruvchi prizmasimon detal — tiqin. Shrift — chizmalarni taxt qilishda qo‘llaniladigan standart harflar va raqamlarning to ‘liq komplekti. Shtift — ikkita tutashuvchi detalni biriktirishda ishlatiladigan silindr yoki konussimon detal. Shtrixovka — m a’lum oraliqlarga ega b o ‘lgan parallel chi- ziqlar. Shtrix-punktir chiziq — narsa chizmasiga o‘tkazilgan simmetrik o ‘qlar. O ‘lcham — to ‘g‘ri chiziq yoki burchakning miqdorini tav- siflovchi son. O ‘lcham chizig‘i — chizmada detalning chiziqli yoki burchak o ‘lchamlarining ko‘rsatkichi. O ‘ng rezba — yassi konturning soat strelkasi b o ‘ylab hara- katida hosil b o ‘lgan fazoviy egrilik. Chap rezba — yassi konturning soat strelkasi (mili)ga nisbatan teskari harakatida hosil b o ‘lgan tasvir. Chervyakli uzatma — o‘zaro to ‘g‘ri burchak ostida ayqashgan ikki valning biridan ikkinchisiga harakat uzatuvchi mexanizm, tishli uzatmalarning bir turi. 169 Chiziq — harakat qilayotgan nuqtaning izi. Chizma — ESKD qoidalariga amal qilgan holda shartlilik va soddalashtirishlardan foydalanib yasalgan tasvir. C h izm an i o ‘qish — buyum lar chizm asiga k o ‘ra, uning fazoviy tasvirini hamda uni tayyorlash va nazorat qilish uchun zarur b o ‘lgan texnik m a’lumotlarni aniqlashdan iborat b o ‘lgan jarayon. Chizmachilik — chizma va boshqa konstruktorlik hujjatlarini tayyorlash qoidalarini o‘rgatuvchi amaliy texnik fan. Chizma hoshiyasi — standart o‘lchamlarga ega bo‘lgan chizma ramkasining hoshiyasi. Chiqarilgan kesim — narsa kesimini chetga olib chiqarilgan tasviri. Chetga olib chiqilgan element — detal chizmasidagi biror konstruktiv elementning kattalashtirib chetga olib chiqilgan tasviri. Chiqarish ch izig‘i — narsa chizmasiga o‘lchamlar qo‘yish maqsadida uning konturidan chiqarilgan m a’lum uzunliklardagi ingichka tutash chiziq. 170 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling