Elliptik tenglamalar uchun chegaraviy masalalarni yechishning interfaol usuli haqida


Download 88.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana03.12.2023
Hajmi88.24 Kb.
#1797584
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
elliptik-tenglamalar-uchun-chegaraviy-masalalarni-yechishning-interfaol-usuli-haqida

www.scientificprogress.uz
 
Page 349
Aytib o’taylik, o’qitishni texnologiyalashtirish g’oyasi yangilik emas. Bundan 
300 yil avval chex pedagogi Yan Amos Komenskiy ta’limni texnologiyalashtirish 
g’oyasini ilgari surgan. U ta’limni «texnikaviy» qilishga undagan, ya’ni hamma narsa 
qaysi sohaga o’qitilishidan qat’iy nazar muvaffaqiyatga ega bo’lishi lozim deb 
ta’kidlagan [5-6].
Qisqacha qilib aytadigan bo’lsak, noan’anaviy o’qitish usulining afzalliklari 
quyidagilardan iborat: 
• 
o’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi
• 
o’z vaqtida aloqalarning ta’minlanishi; 
• 
tushunchalarni amaliyotda qo’llash uchun sharoitlar yaratilishi; 
• 
o’qitish metodlarining turli xil ko’rinishlari taklif etilishi; 
• 
motivatsiyaning yuqori darajada bo’lishi; 
• 
o’tilgan materialning yaxshi esda saqlab qolinishi
• 
muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishi hisoblanadi. 
Shuningdek, quyidagi kamchiliklari ham bor: 
• 
darslarni tashkil qilish ko’p vaqt talab qiladi; 
• 
o’quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastroq 
bo’ladi; 
• 
juda murakkab mazmundagi material o’rganilayotganda ham o’qituvchining roli 
past bo’ladi; 
• 
«kuchsiz» o’quvchilar bo’lganligi sababli «kuchli» o’quvchilarning ham past 
baho olishiga sabab bo’lishi hisoblanadi. 
Dars bu ta’limning asosiy shakli hisoblanib, talabalarning individual 
xususiyatlarini inobatga olgan holda osondan-murakkabga qarab, ilmiy, tizimli hamda 
qulay bo’lishi kerak. O’qituvchi va talaba auditoriyada o’zaro muloqotda bo’lishi, ya’ni 
talaba faqat tinglovchi bo’lmasligi zarur. 
Interfaol usullardan foydalanish dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. 
Har qanday mavzuni o’tishda turli an’anaviy va noan’anaviy usullar qo’llaniladi. 
Buning sababi, birinchidan dars o’tishda turli uslublarni qo’llash uni qiziqarli bo’lishiga 
va talabalar diqqatini darsga qiziqtirishga va uni o’zlashtirishga qaratiladi. Natijada bu 
tadbirlar tinglovchilarning shaxsiy fazilatlarini rivojlantirishga, o’quv jarayonida 
faollikni oshirish orqali bilimlarni egallashni faollashtirishga xizmat qiladi. 
Olimlarning olib borgan izlanishlarga ko’ra, o’qish, mehnat va o’yin insoniyat 
faoliyatining asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Ushbuni inobatga oladigan bo’lsak, 
amaliyot darslarida masala-misol topshiriqlarni turli shartlar va usullar bilan ishlash 
orqali talabalarning matematika faniga qiziqishini oshirish, kreativlik qobiliyatlarini 
rivojlantirishga harakat qilinadi [6]. 
Interfaol ta’limning asosiy mezonlari quyidagilardir: o’quv materiallarini erkin 
taqdim etish xususiyati, munozaralar, ma’ruzalar sonini kamligi, ko’p miqdorda esa 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 88.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling