Erkin savdo va protektsionizm


Nima uchun davlatlar proteksionist siyosatni qo‘llaydi?


Download 168.5 Kb.
bet10/19
Sana20.10.2023
Hajmi168.5 Kb.
#1710946
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Erkin savdo va protektsionizm

Nima uchun davlatlar proteksionist siyosatni qo‘llaydi?
Iqtisodiy nazariya tarafidan qaraydigan bo‘lsak, solishtirma afzallik ham bir optimal holat, lekin rivojlanishga intiluvchi davlatlar har doim o‘zida yuqori qiymatli mahsulot ishlab chiqaruvchi sektorlarni qo‘llab-quvvatlash yoki strukturaviy o‘zgarishlarni amalga oshirish orqali aholi farovonligini oshirishga harakat qiladi. Bu jarayonni amalga oshirishda davlat ayrim proteksionistik yo‘llardan foydalanishga majbur.
Erkin savdoning real daromadlar o‘sishiga olib kelishi inkor qilib bo‘lmaydigan fakt bo‘lgani kabi mahalliy o‘zini-o‘zi ta’minlash darajasini saqlab qolishdan ham mamlakat farovonligi uchun real foyda mavjud.
Shu o‘rinda iqtisodchilar tomonidan ko‘p qo‘llaniladigan Keyns so‘zlarini keltirish maqsadga muvofiqdir: «Men xalqlar o‘rtasida iqtisodiy to‘siqlarni eng yuqori darajaga ko‘taradiganlarga emas, balki eng kam darajaga tushiradigan insonlarga xayrixohlik bildiraman. Fikrlar, bilimlar, san’at, mehmondo‘stlik, sayohatlar — bu tabiatan xalqaro bo‘lishi kerak bo‘lgan narsalardir. Biroq tovarlar ishlab chiqarish mantiqan asoslangan darajada mahalliy bo‘lishi lozim. Va eng muhimi, moliyalash birinchi navbatda mahalliy bo‘lishi lozim.»
XX asrda iqtisodiy rivojlanish nazariyasida proteksionizmning boshqa usullari, ya’ni import o‘rnini bosuvchi sanoatlashtirish (import subsitution and industrialization) usullari qo‘llanila boshladi. Ushbu usul XX asr o‘rtalarida ommalashgan bo‘lsada, aslida bu XVIII asrning boshlarida nemis iqtisodchisi Fridrix List tomonidan o‘rtaga tashlangan g‘oya edi. Uning fikriga ko‘ra, import bojlari bu mamlakatning kelajakdagi samaradorligini oshirishga bo‘lgan investitsiyadir.
Amerika asoschilaridan bo‘lgan Aleksandr Xamilton esa turli import bojlarini qo‘llash orqali AQSHning ilk rivojlanish davrida yirik davlat xarajatlarini muvaffaqiyatli moliyalashtirgan. Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki 80−90 yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarga strukturaviy moslashish (Structural adjustment programs (SAPs)) qarzlarini berishda import o‘rnini bosuvchi sanoatlashtirish dasturlarining tugatilishini talab qiladi va ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlardagi ushbu rivojlanish dasturlari muddatidan oldin to‘xtatiladi.
Import o‘rnini bosuvchi sanoatlashtirish ham o‘z davrida mamlakat iqtisodiyotini strukturaviy o‘zgartirishga yo‘naltirilgan jozibador yo‘nalishlardan biri edi. Bu siyosatni ilmiy jihatdan tahlil etgan tadqiqotlarga misol sifatida 1991 yildagi Jahon banki katta iqtisodchisi Dipak Mazdumarning «Import o‘rnini bosuvchi sanoatlashtirish va kichik miqyosli proteksionizm: Hindiston to‘qimachilik sanoati tajribasi» maqolasini keltirish mumkin. Unga ko‘ra, Hindistonda ham rivojlanishning ilk davrlarida sanoatni rivojlantirish siyosati tashqi savdo siyosati bilan chambarchas bog‘liqlikda olib borilgan bo‘lib, davlat tomonidan ayniqsa to‘qimachilik sanoati qattiq himoya qilingan.
1950−60 yillarda Koreyadagi to‘qimachilik sanoatini himoya qilishga qaratilgan yuqori proteksionistik choralar ushbu mamlakatning eksport potensialini rivojlantirishdagi muhim qadamlar bo‘lib hisoblanadi. 60-yillarning o‘rtalarida Koreya davlati tomonidan faqatgina eksport qiluvchilarga erkin import qilish imkoniyatlari ochib berildi. Valyuta kurslarini davlat tomonidan inflyatsiya darajasiga nisbatan qadrsizlantirib borish siyosati esa eksport qiluvchilarga narxlar o‘sishidan keladigan zararlarni kompensatsiya qilib, ularning imkoniyatlarini kengaytirdi.
Xulosa qilib aytganda, erkin savdo iqtisodchilar tomonidan eng ko‘p qo‘llab-quvvatlanadigan yondashuv bo‘lishiga qaramay, davlatlarning barchasiga birdek mos keladigan tashqi savdo siyosati mavjud emas. Jahon savdo tashkiloti tashkil bo‘lganidan so‘ng tarif va kvotalar orqali tashqi savdo operatsiyalarini nazorat qilish imkoniyatlari cheklangan bo‘lsa-da, ularning o‘rniga murakkab himoya usullari ishlab chiqildi.
Masalan, standartlashtirish, sertifikatlash, antidemping va antisubsidiyalash kabi ichki bozorni himoyalashning yangi usullari qo‘llanila boshlandi. Shu sababli taraqqiy etayotgan davlatlarning iqtisodiy siyosatlari betakror, umumqabul qilingan nazariy qarashlarga mos kelmasligi va ba’zi hollarda hatto qarama-qarshi ham bo‘lishi mumkin.

Download 168.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling