6-8 yoshga kelib, mukammal darajada sensor(sezgi)lararo integratsiya tizimi shakllanadi. Shu paytdan boshlab, vizual-motorik o`zaro muvofiqlashtirish grafomotor harakatlarni tartibga solishda va tegishli ko'nikmalarni shakllantirishda yetakchi o'rinni egallay boshlaydi: yaxshi sakraydi, yuguradi, arqonchadan sakraydi, bir yoki ikkala oyog'ida navbatma-navbat sakraydi; oyoq uchida yuguradi. U ikki g'ildirakli velosipedda, konkida, chang'ida uchadi, xokkey o'ynaydi. 5-6 yoshda psixosensomotor rivojlanish va funktsional idrokni psixosotsyal tajriba va hissiyotlar bilan boyitish yetakchi omil hisoblanadi. - 6-8 yoshga kelib, mukammal darajada sensor(sezgi)lararo integratsiya tizimi shakllanadi. Shu paytdan boshlab, vizual-motorik o`zaro muvofiqlashtirish grafomotor harakatlarni tartibga solishda va tegishli ko'nikmalarni shakllantirishda yetakchi o'rinni egallay boshlaydi: yaxshi sakraydi, yuguradi, arqonchadan sakraydi, bir yoki ikkala oyog'ida navbatma-navbat sakraydi; oyoq uchida yuguradi. U ikki g'ildirakli velosipedda, konkida, chang'ida uchadi, xokkey o'ynaydi. 5-6 yoshda psixosensomotor rivojlanish va funktsional idrokni psixosotsyal tajriba va hissiyotlar bilan boyitish yetakchi omil hisoblanadi.
- Sensomotor rivojlanish, bir tomondan, bolaning umumiy aqliy rivojlanishining asosini tashkil etadi va shu bilan birga mustaqil ahamiyatga ega, chunki to'laqonli idrok etish ko'plab faoliyat turlarini muvaffaqiyatli egallash uchun asos hisoblanadi. Maktabgacha yoshning so`nggi yillarida, odatda normal rivojlanayotgan bolalarda to'g'ri tashkil etilgan o`rganish va amaliyot natijasi sifatida pertseptiv xatti-harakatlar hamda sezgi (sensor) mashqlar va andozalar tizimi shakllanishi maqsadga muvofiq.
- G.A.Uruntaeva sensomotor rivojlanishning uch davrini ajratadi:
- 1) Go'daklik davrida - eng yuqori analizatorlar - ko'rish, eshitish - qo'l harakati rivojlanishidan oldinda, chunki ular bola xatti-harakatlarining barcha asosiy faoliyatini shakllantirishni ta'minlaydigan va bu borada yetakchi ahamiyat kasb etadigan sezgi va harakat organi qiymatini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |