Ertaklar Zumrad va Qimmat


Download 73.33 Kb.
bet5/6
Sana19.01.2023
Hajmi73.33 Kb.
#1101999
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Notiqlik San\'ati

Kasallikni quvamiz


Zulfiya Mo‘minova
Erta turib tong sahar,
Tishimizni yuvamiz.
Tishlarning orasidan,
Mikroblarni quvamiz.
Xushbo‘y hidli sovunlar,
Qo‘limizni yuvamiz.
Barmoqlar orasidan,
Kasallikni quvamiz.
Erinmaymiz boshdan to,
Tirnoqqacha yuvamiz.
Sog‘lom hayotimizdan,
Kasallikni quvamiz.


Hozir yoshim oltida


Yo‘ldosh Sulaymon

Hozir yoshim oltida,


Katta-kichik oldida
Yurishlarim bo‘lakcha,
Turishlarim bo‘lakcha.
Chunki aqlim kirgan-da,
Uyga mehmon kelganda,
Ko‘zni qilib shamg‘ilat
Olmasman hech shokolad.
Tanish-bilish odamlar,
Akam, ayam, dadamlar
Deyishar:
- Erkatoyim,
Ana shunday bo‘l doim
Katta-kichik oldida,
Axir, yoshing oltida.


Kichik rassom
Ollobergan Po’latov
Jajji singlim Muyassar
Chizib qizning rasmini,
Nilufar deb patiga
Yozib qo’ydi ismini,
Qo’lida qalam, qog’ozi,
Beto’xtov qilar ijod
Ulg’aysa rassom bo’lar,
Bor unda zo’r ista’dod.


Ona tilim
Muhammad Yusuf
Garchi zug‘um qilganlarni yoqtirmadim,
She’r yozdimu bo‘lak ishni qotirmadim.
Tilim turib o‘z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag‘ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Onam «erkam» deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo‘q deb zirqirardi bir joylarim,
Parovozni hansiratgan bug‘doylarim,
Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O‘zbekni qon qaqshatganni uzbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Kimdir mayda millat bo‘ldi, kimdir katta,
Katta millat — Afandisi yo‘kdir hatto,
Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,
Zulm o‘tsa faqat sendan o‘tdi zulm,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Sen bo‘lmasang nima bizga sillik she’rlar,
Bu dunyoda tili yo‘kda dil yo‘q derlar,
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Bir qarasam har shevangda ming jilolar
Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar, Cho‘lponlar-u, Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tug‘ilgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.




Download 73.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling