Falsafiy qonunlar va kategoriyalar


Download 68.52 Kb.
bet12/14
Sana11.11.2023
Hajmi68.52 Kb.
#1766940
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Falsafiy qonunlar va kategoriyalar-fayllar.org

Sabab va oqibat. Narsa va hodisalarning ichki birligi, yaxlitligi va tarixiy-tadrijiy
rivojlanish tamoyiliga ko‘ra, ularning mazmuni va shakli o‘zgarib turadi. O‘z navbatida, har 
qanday sistemaning elementlari o‘rtasidagi strukturaviy bog‘lanish konkret mazmunga ega
bo‘lib, unga mos mazmunlarda o‘z ifodasini topadi. Boshqacha qilib aytganda, mazmun va shakl 
o‘rtasidagi aloqadorlik, bog‘lanish, munosabatning xarakteri muayyan sababga asoslanadi. Ya'ni,
narsa va hodisalarning sistema shaklida namoyon bo‘lishi, muayyan sabab oqibatidir. Demak, 
narsa va hodisalarning tadrijiy rivojlanishi sabab-oqibat munosabatlari tarzida namoyon bo‘ladi.
Shunga ko‘ra, sabab - biror narsa va hodisa rivojlanish jarayonining oqibatidir. 
Sababning mohiyati avvalgi hodisalarning oqibati sifatida vujudga kelayotgan hodisalar
uchun sababligidadir. Shunga ko‘ra, sababni bir vaqtning o‘zida oqibat tarzida qarash mumkin. 
Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, har qanday oqibat sabab tarzida namoyon bo‘ladi. Shu bilan
birga, sababni narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon va zamondagi davriy 
takrorlanishdan farqlash kerak. Chunki, sabab mavjudlikning genetik bog‘lanishlarini,
aloqadorliklarini ifodalashi bilan birgalikda, ularning istiqbollarini ham belgilab beradi. Hyegel 
tili bilan aytganda, sabab-mohiyatning harakatdagi mavjudlik holatidir. Sabab falsafiy kategoriya
sifatida quyidagi xususiyatlarga ega: 
1) uning ob'ektiv xarakteri narsa va hodisalarning ichki, tarkibiy elementlari
munosabatlariga xos bo‘lib, mohiyatning real mavjudlik holatini ifodalaydi


17



2) sababning konkretligi narsa-hodisalarning xususiyatlaridan kelib chiqadi, hamda uning 
individualligini ta'minlaydi;
3) sabab umumiy xarakterga ega bo‘lib, hyech qanday narsa va hodisaning rivojlanishi 
sababsiz sodir bo‘lmaydi;
4) sabab zaruriy bo‘lib, muqarrar ravishda, muayyan oqibatlarni keltirib chiqaradi; 
5) sababning uzluksizligi, bir tomondan, turli sabablarning izchil bog‘lanishlarini,
munosabatlarini, ikkinchi tomondan, har bir sababning oqibat tarzida oldingi sabab bilan 
bog‘liqligini xarakterlaydi.


Download 68.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling