Reja: 1 Sof ko‘makchilar
Download 51.5 Kb.
|
1405662409 56116
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Bosh kelishikdagi so‘z (ba’zan qaratqich kelishigidagi olmosh) bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar
- Kabi, singari, yanglig‘, misli (misol)
- Sababli, tufayli
- vodiylar osha(uzra)
- 2. Jo‘nalish kelishigidagi so‘z bilan qo‘llanadigan ko‘makchi-lar
- Qadar
- Qarshi
- Boshqa, tashqari, bo‘lak, o‘zga
Ko‘makchilar Reja:
2. Jo‘nalish kelishigidagi so‘z bilan qo‘llanadigan ko‘makchi-lar Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshdan keyin kelib, ularni boshqa so‘zga (ko‘pincha fe’lga) grammatik jihatdan tobelanishini ta’minlay-digan so‘zlar ko‘makchi deyiladi. Ko‘makchilar gapda o‘zidan oldingi mustaqil so‘zlar bilan birikib ularga vosita, maqsad, sabab, payt, makon kabi ma’nolarni qo‘shadi va shu so‘zlar bilan birga bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi. Ko‘makchilar kelib chiqishiga ko‘ra: sof ko‘makchilar va vazifadosh ko‘makchilardan iborat bo‘ladi: 1) sof ko‘makchilar lug‘aviy ma’nosini batamom yo‘qotgan: bilan, uchun, kabi, singari, uzra, sayin, qadar singari so‘zlarni o‘z ichiga oladi; 2) ko‘makchi vazifasida qo‘llanadigan so‘zlarga tomon, boshqa, sababli, orqali, tufayli, qarab, qaramay, so‘ng, tashqari, beri, ko‘ra, chog‘li, uzra singari so‘zlar kiradi. Ko‘makchi vazifasida qo‘llanadigan so‘zlar guruhi tarkiban qo‘yi-dagi mustaqil so‘zlarning nutqda ko‘makchi vazifasida ishlatilishi, ya’ni grammatikalizatsiyalashuvi natijasida yuzaga keladi: a) ot ko‘makchi-lar nutqda ham mustaqil ma’noda, ham ko‘makchi vazifasida ishlatila-digan ot, sifat yoki ravish turkumiga mansub bo‘lgan quyidagi so‘zlar-dan tashkil topadi: tomon, tashqari, bo‘yi, chamasi, holda, yo‘sinda kabi otlardan; sababli, tufayli, orqali, qarshi, chog‘li, doir, muvofiq, o‘zga, boshqa kabi sifatlardan; burun, ilgari, keyin,beri, buyon,asosan, binoan, so‘ng singari ravishdan iborat bo‘ladi; b) fe’l ko‘makchilar sifatdosh yoki ravishdosh shakllaridagi fe’llardan birining nutqda ko‘makchi vazifasida ishlatilishi natijasida yuzaga keladi. Ular: ko‘ra, yarasha, qarab, qaramasdan, qaramay, boshlab, tartib, qaraganda, qarata, degan, osha, deydigan kabi so‘zlardan iborat. Ko‘makchilar o‘zgarmaydi, ya’ni turlanmaydi yoki boshqa turkumlardan yasalmaydi. Ayrim kelishikdagi so‘zlarni boshqaradi. Shunga ko‘ra, ko‘makchilar quyidagi guruhlarni tashkil qiladi: 1. Bosh kelishikdagi so‘z (ba’zan qaratqich kelishigidagi olmosh) bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar: bilan, uchun, kabi, singari, sari, orqali, sayin, bo‘ylab, bo‘yicha, uzra, yanglig‘, tufayli, chog‘li, osha, bo‘yicha kabilar. Bu guruhga mansub ko‘makchilar quyidagi munosabatlarini ifodalaydi: Bilan ko‘makchisi birgalik, hamkorlik, qurol, vosita, jarayon yoki harakatning sodir bo‘lish holati kabi ma’nolarni va harakat nomlari bilan birga kelib, bir harakat ketidan ikkinchisining tez boshlanishi ma’nosini bildiradi. Bilan ko‘makchisi badiiy adabiyotda birlan, birla, -ila, -la tarzda ham ishlatiladi. Bunday holda u o‘zakdan chiziqcha bilan ajratilib yoziladi: Sen-la ko‘nglim har on bo‘lur shod. Uchun ko‘makchisi maqsad, sabab, atalganlik, evaz kabi ma’no-larni ifodalaydi va ot, olmosh, harakat nomidan keyin keladi: insoniyat uchun qayg‘rurmoq, o‘qimagani uchun tushunmaslik, kitoblarni sen uchun oldim. yashash uchun kurashmoq. Uchun ko‘makchisi she’riyatda chun tarzda ham ishlatilai. Bunday holda -chun o‘zkdan chiziqcha bilan ajratiladi. Shuningdek, uchun ko‘makchisi -gina, -dir affikslarini ham olishi mumkin: Lekin nima uchundir uning bu yovuz maqsadi hech ijobat topmasdi. Kabi, singari, yanglig‘, misli (misol) ko‘makchilari o‘xshatish, solishtirish, qiyoslash ma’nosini ifodalashiga ko‘ra ma’nodoshdir: xamirdan qil sug‘urgan (kabi) singari yengil. Sayin ko‘makchisi vaqt bildiruvchi so‘zlar bilan birga kelib, ish-harakatning muayyan vaqt ichida yoki harakatning bir yo‘la sodir bo‘lishi, davomiylik kabi ma’nolarni ifodalaydi: Respublikamiz yil sayin gulga burkanmoqda. Do‘l borgan sayin kuchaymoqda edi. Sari ko‘makchisi ish-harakatning yo‘nalishini ifodalaydi. Bunda sari ko‘makchisi tomon ko‘makchisiga sinonim bo‘lishi mumkin: kucha sari - kucha tomon, yorug‘lik sari - yorug‘lik tomon. Sababli, tufayli ko‘makchilari sodir bo‘layotgan ish-harakatning sababini bildiradi: U shunday qadrli mehmon kelishini oldinroq bilmagani sababli tayyorgarlik ko‘ra olmaganidan xijolatda edi. Orqali ko‘makchisi ish-harakat sodir bo‘lishda vosita bo‘lgan narsani yoki ish-harakat sodir bo‘lishida vosita bo‘lgan o‘rin ma’nosini ifodalaydi:. Salimjon uyiga paxtazor orqali qaytdi. Osha, bo‘ylab, uzra ko‘makchisi: 1.Ish-harakatning boshqaril-gan so‘zdan anglashilgan vaqt davomida sodir bo‘lishini ifodalaydi: Yillar osha gurkiraydi jonajon Vatan. 2.Ish-harakatning boshqarilgan so‘zdan anglashilgan o‘rin bo‘ylab sodir bo‘lishini anglatadi: Oltin vodiylar osha(uzra) yangrasin qo‘shiq. Jahon bo‘ylab(uzra) yangrar bir ovoz. Bo‘yicha//bo’yincha ko‘makchisi: 1) moslk, mutanosiblik ma’no-sini ifodalaydi: Darslar o‘quv jadvali bo‘yicha olib boriladi.2) chegara-lash ma’nosini bildiradi: Rektorning xo‘jalik shilari bo‘yicha o‘rin-bosari. 2. Jo‘nalish kelishigidagi so‘z bilan qo‘llanadigan ko‘makchi-lar: qadar, dovur, ko‘ra, qarab, qaraganda, yarasha, tomon, qarshi, doir, binoan, qarata kabilar. Bu ko‘makchilar yo‘nalish, chegara, o‘lchov, sabab, maqsad munosabatlarini ifodalaydi. Tomon ko‘makchisi makon va payt munosabatini ifodalaydi va quyidagi ma’nolarni ifodalaydi: 1) yo‘nalish bildiradi: U yo’lakka tomon yurib keldi. 2) payt bildiruvchi so’zlar bilan birga kelib, taxminiy vaqtni bildiradi: Kechga tomon talabalar tarqalishdi. Qadar ko‘makchisi ish-harakatning o‘rin va vaqt jihatidan chegarasini ifodlaydi:kechga qadar, peshinga qadar, maktabga qadar. Ko‘ra ko‘makchisi sabab, ayirib, ta’kidlab ko‘rsatish ma’nosini ifodalaydi: Uning mo‘ljaliga ko‘ra Siddiqjon yana qasam ichiish, yur deb qistashi kerak edi. (A. Q.) Bu ko‘makchi chiqish kelishigidagi so‘zlar bilan birga kelganda qiyoslash, solishtirish ma’nosi anglashiladi: O‘rtadan ko‘ra pastroq. Qarshi ko‘makchisi zidlik ma’nosini bildiradi: Baxtga qarshi bugun eng orqaga o‘tirdim. Qarab ko‘makchisi quyidagi ma’nolarni anglatadi: 1) harakat yo‘nalgan tomon ma’nosini: Nega kimsasiz sohilga qarab ketayotganini o‘zi bilmas edi. Bu ma’noda qarab ko‘makchisiga tomon ko‘makchisi sinonim bo‘lishi mumkin: qishloqqa qarab ketdi - qishloqa tomon ketdi. 2) asos, miqdor, o‘lchov ma’nosini: Ishlaganiga qarab haq oladi. Bu ma’noda qarab ko‘makchisi o‘rnida yarasha ko‘makchisi qo‘llanishi mumkin: mehnatiga qarab- mehnatiga yarasha. Bulardan tashqari, qaraganda ko’makchisi ayirib ko‘rsatish, ta’kidlash, qiyos, solishtirish ma’nosini; qaramasdan, qaramay ko‘mak-chisi to‘siqsizlik ma’nosini; yarasha ko‘makchi teng, mos, loyiq, monand ma’nolarini; doir ko‘makchisi aloqadorlik, bog‘liqlik ma’no-sini, asosan, binoan; muvofiq ko‘makchisi biror ish-harakatning sodir bo‘lishida asos, tayanch, manba bo‘lgan obyekt ma’nosini, qarata ko‘makchisi ish-harakat yo‘nalgan narsa, shaxs, joy, tomon ma’nosini bildiradi.
Keyin ko‘makchisi so‘ng ko‘makchisining sinonimi hisoblanadi. Keyin ko‘makchisi so‘ng ko‘makchisidan farqli ravishda sabab, ta’kid bildirishi ham mumkin. Masalan: Yurtning og‘zi kattasi bo‘lgandan keyin har nima qilish qo‘lidan keladi. (A.Q.) Boshqa, tashqari, bo‘lak, o‘zga ko‘makchilari mustasnolik ma’nosini ifodalaydi: Kampir anhorga tikildi, nishab oqayotgan suvda o‘zining aksidan boshqa(tashqari,bo‘lak) hech narsa ko‘rinmadi. (I.R.) Sendan o‘zga jonon ko‘rinmas ko‘zga. (Muqimiy.) Beri, buyon ko‘makchilari ko‘pincha harakatning boshlanish vaqti bilan bog‘liq bo‘lgan payt oralig‘i ma’nosini ifodalaydi: Undan bir oydan beri (buyon) darak yo‘q. Shuningdek, nari (nariga) ko‘makchisi ish-harakatning chegarasi yoki darajasini, burun, ilgari ko‘makchilari ish-harakatning o‘tgan zamonda sodir bo‘lganligini, boshlab, tortib ko‘makchilari esa ish-harakatning sodir bo‘lishidagi boshlang‘ich vaqt, o‘rini, manbai ma’nolarini ifodalash uchun xizmat qiladi. Ko‘makchi otlar o‘zining leksik ma’nolarini saqlagan mustaqil so‘z bo‘lishiga qaramay, ularning ma’nolari ko‘pincha metaforik usulda ko‘chgan holda yordamchi so‘zlar kabi munosabatlarni bildirib keladi. Xususan, ost, ust,old, orqa, yon, ich, ora, bosh, o‘rta so‘zlari ko‘makchi otlardir. Ko‘makchi otlar, asosan, belgisiz qaratqich kelishigidagi so‘z-dan keyin kelib, mazkur so‘zlarni o‘zi o‘rin-payt va chiqish kelishigi hamda egalik qo‘shimchalarini qabul qilgan holda fe’lga bog‘lash uchun xizmat qiladi: yer ostidan qaramoq, bir hafta ichida uchrashmoq kabi. Ko‘makchi ot vazifasida keluvchi bu so‘zlar belgili qaratqich kelishigi-dagi ot bilan birikkanda, o‘z mustaqil lug‘aviy ma’nosini saqlaydi. Masalan uyning ichida, binoning yonida, poydevorning ostidan kabi. ADABIYOTLAR М.Мирзаев, С.Усмонов, И.Расулов Узбек тили. Т., «Укитувчи» 1978. Ш. Шоабдурахмонов, М.Аскарова, А.Хожиев, И.Расулов, , Х.Дониёров Хозирги њзбек адабий тили. Т., «Укитувчи» 1980. М.Ирскулов Тилшуносликка кириш. Т., «Укитувчи» 1992. А.Баскаков, А. Содиков, А.Абдуазизов Умумий тилшунослик. Т., «Укитувчи» 1981. Х.Неъматов, О.Бозоров Тил ва нутк. Т., «Укитувчи» 1993. У.Турсунов, Ж.Мухторов, Ш.Рахматуллаев Хозирги њзбек адабий тили.. 1-кисм. Т., «Укитувчи» 1979. N. Turniyozov A.Rahimov O‘zbek tili (ma’ruzalar matni)www.ziyonet.uz Download 51.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling