Fan: O‘zbek tili Tayyorladi: Kaxxorova Bahor Qabul etdi: Berdieva Zebo Uralovna mavzu


Download 41.72 Kb.
bet1/5
Sana17.11.2023
Hajmi41.72 Kb.
#1782547
  1   2   3   4   5
Bog'liq
venera


Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali



Mustaqil ish

Davolash ishi, D-2
103-B, Gruppa.


Fan: O‘zbek tili


Tayyorladi: Kaxxorova Bahor
Qabul etdi: Berdieva Zebo Uralovna


MAVZU:KO’MAKCHI


Mavzu rejasi:

1. YORDAMCHI SO‘ZLAR


2.Bosh kelishikdagi so‘z bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar
3.Jo‘nalish kelishigidagi so‘z bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar
4.Chiqish kelishigidagi so‘z bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar
5.Ko‘makchi otlar


YORDAMCHI SO‘ZLAR.KO’MAKCHILAR HAQIDA.
YORDAMCHI SO‘ZLAR.KO’MAKCHILAR HAQIDA. Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshdan keyin kelib, ularni boshqa so‘zga (ko‘pincha fe’lga) grammatik jihatdan tobelanishini ta’minlaydigan so‘zlar ko‘makchi deyiladi.
Ko‘makchilar gapda o‘zidan oldingi mustaqil So‘zlar bilan birikib ularga vosita, maqsad, sabab, payt, makon kabi ma’nolarni qo‘shadi va shu so‘zlar bilan birga bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi.
Ko‘makchilar kelib chiqishiga ko‘ra: sof ko‘makchilar va vazifadosh ko‘makchilardan iborat bo‘ladi:

  • sof ko‘makchilar lug‘aviy ma’nosini batamom yo‘qotgan: bilan, uchun, kabi, singari, uzra, sayin, qadar singari so‘zlarni o‘z ichiga oladi;

  • ko‘makchi vazifasida qo‘llanadigan so‘zlargatomon, boshqa, sababli, orqali, tufayli, qarab, qaramay, so‘ng, tashqari, beri, ko‘ra, chog‘li, uzra singari so‘zlar kiradi.

Ko‘makchi vazifasida qo‘llanadigan so‘zlar guruhi tarkiban qo‘yi-dagi mustaqil so‘zlarning nutqda ko‘makchi vazifasida ishlatilishi, ya’ni grammatikalizatsiyalashuvi natijasida yuzaga keladi:
a)ot ko‘makchi-lar nutqda ham mustaqil ma’noda, ham ko‘makchi vazifasida ishlatila-digan ot, sifat yoki ravish turkumiga mansub bo‘lgan quyidagi so‘zlar-dan tashkil topadi: tomon, tashqari, bo‘yi, chamasi, holda, yo‘sinda kabi otlardan; sababli, tufayli, orqali, qarshi, chog‘li, doir, muvofiq, o‘zga, boshqa kabi sifatlardanburun, ilgari, keyin,beri, buyon,asosan, binoan, so‘ng  singari ravishdan iborat bo‘ladi;

Download 41.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling