Sababli, tufayli ko‘makchilari sodir bo‘layotgan ish-harakatning sababini bildiradi: U shunday qadrli mehmon kelishini oldinroq bilmagani sababli tayyorgarlik ko‘ra olmaganidan xijolatda edi.
Orqali ko‘makchisi ish-harakat sodir bo‘lishda vosita bo‘lgan narsani yoki ishharakat sodir bo‘lishida vosita bo‘lgan o‘rin ma’nosini ifodalaydi:. Salimjon uyiga paxtazor orqali qaytdi.
Osha, bo‘ylab, uzra ko‘makchisi: 1.Ish-harakatning boshqaril-gan so‘zdan anglashilgan vaqt davomida sodir bo‘lishini ifodalaydi: Yillar osha gurkiraydi jonajon Vatan. 2.Ish-harakatning boshqarilgan so‘zdan anglashilgan o‘rin bo‘ylab sodir bo‘lishini anglatadi: Oltin vodiylar osha(uzra) yangrasin qo‘shiq. Jahon bo‘ylab(uzra) yangrar bir ovoz.
Bo‘yicha//bo’yincha ko‘makchisi:1)moslk,mutanosiblik ma’no-sini ifodalaydi: Darslar o‘quv jadvalibo‘yicha olib boriladi.2)chegara-lash ma’nosini bildiradi: Rektorning xo‘jalik shilari bo‘yicha o‘rin-bosari.
Jo‘nalish kelishigidagi so‘z bilan qo‘llanadigan ko‘makchi-lar:qadar, dovur, ko‘ra, qarab, qaraganda, yarasha, tomon, qarshi, doir, binoan, qarata kabilar. Bu ko‘makchilar yo‘nalish, chegara, o‘lchov, sabab, maqsad munosabatlarini ifodalaydi.
Tomon ko‘makchisi makon va payt munosabatini ifodalaydi va quyidagi ma’nolarni ifodalaydi: 1) yo‘nalish bildiradi: U yo’lakka tomon yurib keldi. 2) payt bildiruvchi so’zlar bilan birga kelib, taxminiy vaqtni bildiradi: Kechga tomon talabalar tarqalishdi.
Qadar ko‘makchisi ish-harakatning o‘rin va vaqt jihatidan chegarasini ifodlaydi:kechga qadar, peshinga qadar, maktabga qadar.
Ko‘ra ko‘makchisi sabab, ayirib, ta’kidlab ko‘rsatish ma’nosini ifodalaydi: Uning mo‘ljaliga ko‘ra Siddiqjon yana qasam ichiish, yur deb qistashi kerak edi. (A. Q.)
Bu ko‘makchi chiqish kelishigidagi so‘zlar bilan birga kelganda qiyoslash, solishtirish ma’nosi anglashiladi: O‘rtadan ko‘ra pastroq.
Do'stlaringiz bilan baham: |