Fan: O‘zbek tili Tayyorladi: Kaxxorova Bahor Qabul etdi: Berdieva Zebo Uralovna mavzu


Qarshi ko‘makchisi zidlik ma’nosini bildiradi: Baxtga qarshi bugun eng orqaga o‘tirdim.  Qarab


Download 41.72 Kb.
bet4/5
Sana17.11.2023
Hajmi41.72 Kb.
#1782547
1   2   3   4   5
Bog'liq
venera

Qarshi ko‘makchisi zidlik ma’nosini bildiradi: Baxtga qarshi bugun eng orqaga o‘tirdim. 
Qarab ko‘makchisi quyidagi ma’nolarni anglatadi: 1) harakat yo‘nalgan tomon ma’nosini: Nega kimsasiz sohilga qarab ketayotganini o‘zi bilmas edi. Bu ma’noda qarab ko‘makchisiga tomon ko‘makchisi sinonim bo‘lishi mumkin: qishloqqa qarab ketdi – qishloqa tomon ketdi. 2) asos, miqdor, o‘lchov ma’nosini: Ishlaganiga qarab haq oladi. Bu ma’noda qarab ko‘makchisi o‘rnida yarasha ko‘makchisi qo‘llanishi mumBulardan tashqariqaragandako’makchisi ayirib ko‘rsatish, ta’kidlash,qiyos,solishtirishma’nosini;qaramasdan,qaramay ko‘mak-chisi to‘siqsizlik ma’nosini; yarasha ko‘makchi teng, mos, loyiq, monand ma’nolarini; doir ko‘makchisi aloqadorlik, bog‘liqlik ma’no-sini, asosan, binoan; muvofiq ko‘makchisi biror ishharakatning sodir bo‘lishida asos, tayanch, manba bo‘lgan obyekt ma’nosini, qarata ko‘makchisi ish-harakat yo‘nalgan narsa, shaxs, joy, tomon ma’nosini bildiradi.
Chiqish kelishigidagi so‘z bilan qo‘llanadigan ko‘makchilarilgari, burun, avval, keyin, bari, buyon, boshqa, tashqari, boshlab, tortib, bo‘lak, o‘zga kabilar.
So‘ng ko‘makchisi ish-harakatning tugallanishini bildiradi: ishdan so‘ng, darsdan so‘ng kabi. Bu ko‘makchi chiqish kelishigidagi u, bu, shu olmoshlari bilan birga kelganda biror ish-harakatdan keyin ikkinchisi sodir bo‘lganini anglatadi: Shundan so‘ng Gulnor har minut sayin kulaverdi. (O.)
Keyin ko‘makchisi so‘ng ko‘makchisining sinonimi hisoblanadi.Keyin ko‘makchisi so‘ng ko‘makchisidan farqli ravishda sabab, ta’kid bildirishi ham mumkin. Masalan: Yurtning og‘zi kattasi bo‘lgandan keyin har nima qilish qo‘lidan keladi. (A.Q.)
Boshqa, tashqari, bo‘lak, o‘zga ko‘makchilari mustasnolik ma’nosini ifodalaydi: Kampir anhorga tikildi, nishab oqayotgan suvda o‘zining aksidan boshqa(tashqari,bo‘lak) hech narsa ko‘rinmadi. (I.R.) Sendan o‘zga jonon ko‘rinmas ko‘zga. (Muqimiy.) 

Download 41.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling