Fan: Jahon tarixi 7-sinf


Download 38.19 Kb.
bet6/12
Sana29.01.2023
Hajmi38.19 Kb.
#1139510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-jahon t namuna

Dars jihozlari: Darslik, Doska, Xarita, Chizma va tarqatma materiallar (krasvord, test va.b)
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
Navbatchi axboroti
O`tilgan mavzuni so`rash
Yangi mavzuning bayoni:
Reja:
a) Yangi qirollik.
b) Vengerlar bilan kurash.
d) Yangi imperiya.
e) German imperatorlari va cherkov.

Yangi qirollik. Franklar imperi­yasi 843-yilda uchga bo‘linib ket- ganida, dastlab ularning hammasini Buyuk Karlning avlodlari boshqar- gan. Lekin 919-yili Sharqiy Frank qirolligida (bo‘lajak Germaniya) mahalliy zodagonlar knyazlardan eng qudratlisi bo‘lgan Saksoniya gersogi Genrixni qirollikka saylaydi- lar. Natijada, franklarning karo- linglar sulolasi o‘rniga mahalliy saksoniyaliklar sulolasi hokimyatga keladi. Shu tariqa yangi davlat — Germaniya qirolligi vujudga keladi.
Genrix I uzoqni ko‘zlab, aql bilan ish boshlab mamlakatni kuchayti- rish yo‘lini tutadi. Vengerlar bilan 9 yilga tinchlik sulhi tuzgan qirol mamlakat mudofaa qudratini yuklasaltirish maqsadida qator tadbirlarni amal- ga oshiradi. Genrix qishloqda yashaydigan har 9 kishidan bittasini tanlab, uni burg (qal’a)ga ko’chiradi. To’plangan- lar burgda o‘z birodarlari uchun ham uy-joy qurishga kirishadilar. Qishloqda qolgan sakkiz kishi o‘zlarining jangchilikka tayinlangan sheriklari uchun ham dehqonchi- lik qilganlar. Genrix barcha yig‘inlar, cherkov soborlarini, bazmlarni burgda o'tkazishni buyuradi. Qurilish kecha-yu kunduz davom etgan, sulh muddati tugaguniga qadar aholining asosiy mulki burglarda bo'lishi lozim bo‘lgan.
Vengerlar bilan kurash. Genrix I ning o‘g‘li Otton I (936—973) davrida kuchli nemis otliq qo'shini vujudga keldi. Uning asosini og‘ir qurollangan ritsarlar otliq qo‘- shini tashkil etgan.
Burglarga tayangan yangi otliq qo'shin ko'magida Otton

  1. vengerlar bilan hal qiluvchi jangga shaylanadi. 955-yilda Bavariyaning Lex daryosi bo'yida bo'lib o‘tgan og‘ir jangda vengerlar mag‘lub etiladi. Shundan so‘ng ularning Germaniyaga bosqinlari to‘xtaydi.


Download 38.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling