Fanidan O‘quv-uslubiy majmua qarshi – 2020


Reja: 1. Тарихан gapning uyushiq bo‘laklari қандай қўлланган?


Download 1.09 Mb.
bet102/130
Sana07.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1439615
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   130
Bog'liq
Мажмуа. Тарихий грамматика. 2021-2022

Reja:
1. Тарихан gapning uyushiq bo‘laklari қандай қўлланган?
3. Gap bo‘laklari tartibi ҳозирги ўзбек тилидан қандай фарқланган?
3. Sifatdosh ва ravishdosh oborotlari tarixan qanday hosil qilingan?
3. Harakat nomi oborotlari tarixan qanday hosil qilingan?
4. Tarixiy undalma haqida ma’lumot bering.
5. Tarixiy bog‘lovchisiz ва bog‘langan qo‘shma gaplar qanday hosil qilingan?
6. Tarixiy ergash gapli qo‘shma gaplar qanday hosil qilingan?
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, aqliy hujum, keys-stadi, pinbord, paradokslar.
Adabiyot: 1. Абдураҳмонов Ғ., Шукуров Ш. Ўзбек тилининг тарихий грамматикаси. ‒ Тошкент, 1973. 2. Аbdurаhmоnоv G’, Shukurov Sh., Mahmudov O. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. – Toshkent, 2008.


Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni

“Tarixiy grammatika” bo‘yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan.


Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, misol va masalalar yechadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan mashqlarni yechadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda, quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik;

  • seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik;

  • kurs ishini tayyorlash;

  • darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;

  • tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismini o‘zlashtirish;

  • maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

  • talabaning o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fan bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;

  • faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;

  • masofaviy ta’lim.

Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi
bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas.
Mustaqil ta’lim asosida muayyan mavzu yuzasidan referat yozayotgan talaba mavzuni mukammal yoritishi, mavzuga oid adabiyotlarni o’rganganligini ko‘rsata olishi, mustaqil xulosalar chiqara olishi, tegishli asosiy amaliy tavsiyalarni bajara olishi zarur.
Referat shaklidagi yozma yoki og’zaki mustaqil ishlar bevosita shu fan bo’yicha mashg’ulot olib boradigan professor-o’qituvchi nazorati va yo’nalishi asosida amalga oshiriladi.
“Tarixiy grammatika” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi 8 ta katta mavzu ko‘rinishida shakllantirilgan.
Mustaqil ish uchun quyidagi topshiriqlarni bajarish tavsiya etiladi:



Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling