Farpi ichb fakulteti iqtisodiyot yo’nalishi jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanidan mustaqil ishi


Download 0.88 Mb.
bet4/6
Sana09.03.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1256335
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
I D X, JI va XIM, MUSTAQIL ISHI.

 Biroq hukumatga bu borada qator ogʻir va mashaqqatli talablarni ilgari surishdi. Tarifni pasaytirish, AQSH kompaniyalari uchun zarur boʻlgan sanoat mahsulotlari tariflarini 25 foizdan 7 foizgacha qisqartirish, Amerika fermerlari uchun zarur boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari narxini 31 foizdan 14 foizgacha arzonlashtirish, bank sektori, sugʻurta, telekommunikatsiya va kasbiy xizmatlar kabi muhim sohalardagi qator tarmoqlarni keng miqyosda ochish, tizimli islohotlar olib borish, oshkoralik masalasida chuqur islohotlarni oʻtkazish, Xitoyda faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniyalarga toʻsiqlarni bartaraf etish shular jumlasidandir.

Koʻrinib turibdiki, Xitoyning JSTga aʼzo boʻlishi bilan bogʻliq asosiy muammo bozorga kirish imkoniyati emas, balki iqtisodiy rejimning shaffofligi, huquqiy, maʼmuriy va institutsional tizimni shakllantirish majburiyatlarini bajarish mexanizmi boʻlgandi. Mazkur tahlildan xulosa shuki, Oʻzbekiston zimmasiga ham JST tomonidan siyosat va iqtisodda ochiqlikni taʼminlash, eksport-import va boshqa iqtisodiy tizimlarda rejalashtirishdan voz kechish, qishloq xoʻjaligi va sanoat mahsulotlarini import qilish boʻyicha davlat monopoliyasini bekor qilish yuklanadi. Ammo Xitoy bu shartlarni qabul qilishni davr zarurati, jahon iqtisodi qoidasini hurmat qilish, deb tushundi.

Shunchalik murakkablik boʻlishiga qaramasdan, Xitoy hukumati JSTga aʼzo boʻlishning qiyinchiliklaridan koʻra, imkoniyatlari koʻproq boʻlishiga qattiq ishondi. Tarixiy qarorga kelganidan soʻng, mamlakat ikki masalada yutdi: JSTga aʼzolik tufayli 2008-yilda boshlanib, hozirga qadar davom etayotgan jahon moliyaviy inqirozi sharoitida arzon boʻlgan Xitoy mollari uchun cheklovli kvotalar olib tashlandi, xalqaro mehnat taqsimotidagi eng foydali jihati — arzon ishchi kuchini eksport qilishga erishildi. Hozirgi kunda xorijda ishlayotgan 70 million muhojir (Gonkong va Tayvandan tashqari) yiliga taxminan 70 milliard dollar mablagʻni Xitoyga yuborib turadi.

Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lishning O’zbekistonga salbiy tomonlari

  • Shu oʻrinda mamlakatimiz uchun bu borada qanday muammolar yuzaga keladi, degan haqli savol tugʻiladi. 
  • 1 Oʻzbekistonning JSTga aʼzoligi bojxona soliqlarini 8 — 10 foizgacha qisqartirishga olib keladi. Bundan esa Davlat byudjeti zarar koʻradi. Biroq, oʻz navbatida, bojxona tariflarining keskin qisqarishi Oʻzbekiston bozorlarida mahsulotlarning arzonlashuviga xizmat qiladi.
  • 2 Iqtisodiyotni liberallashtirish, sanoatni xususiylashtirish, bozor erkinligiga davlat aralashuvini cheklash borasida tugallanmagan ishlar turibdi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling