moddiy (boshqaruv sohasida
paydo bo‘ladigan) va protsessual (boshqaruv jarayonida uni amalga oshirish qoidalarini tartibga
solgan holda shakllanadi) huquqiy munosabatlarga bo‘linadi. Moddiy munosabatlar protsessual
munosabatlar vositasida tartibga solinadi.
Davlat boshqaruvida vakolatlarni belgilash va ularni amalga oshirish uchun tegishli
shaxslarga davlat-hokimiyat vakolatlarini berish – davlat boshqaruvini huquqiy tartibga solishning
muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Vakolatlar – davlat organi yoki mansabdor shaxslarning
belgilab qo‘yilgan vazifa-vakolatlarini bajarish uchun ularga berilgan huquq va majburiyatlar
yig‘indisidir. Vazifa-vakolatlar - davlat organi yoki mansabdor shaxsning Konsti-tutsiya, qonun
yoki me’yoriy hujjatlar bilan belgilab berilgan vakolatlar majmui bo‘lib, ular o‘z faoliyati
davomida shundan tashqariga chiqishi mumkin emas. Idoraviy vakolatlar – konstitu-siyaviy
tushuncha bo‘lib, davlat va jamiyat hayotining ma’lum sohalarida hokimiyat-boshqaruv faoliyatini
amalga oshirish huquqini bildiradi.
Soha mutaxassislarining fikrlariga ko‘ra, davlat organining huquqiy maqomi
quyidagilardir: davlat organining davlat apparati umumiy tarkibiy tuzilmasidagi holati va uning
hokimiyat-boshqaruv faoliyat turiga (qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati), maxsus
ixtisoslashgan kichik tizimlarga (umumiy vakolatlar, huquq-tartibot, harbiy va h.k.) mansubligi;
davlat organi vakolatlarining ma’lum faoliyat sohasida ular bajaradigan vazifa va vakolatlarning
huquqiy ifodasi sifatidagi birligi; davlat organi faoliyatining tashkiliy tuzilmasi, tamoyillari,
shakllari, usullari va tartib-qoidalari, ma’lum masalalarni hal etish tartibi va boshqalar.
Milliy qonunchilikning har qanday sohasi boshqaruv faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy
imkoniyatlardan foydalanadi. Bu huquqiy imkoniyatlar – buyruq-ko‘rsatma, ta’qiqlash va
ijozatdir. Buyruq-ko‘rsatma – ijobiy majburiyat bo‘lib, huquqiy me’yorda ko‘da tutilgan biror-bir
harakatni sodir etish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri huquqiy majburiyat yuklashni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |