1-mavzu. Davlat boshqaruvining nazariy metodologik asoslari reja


moddiy (boshqaruv sohasida  paydo bo‘ladigan) va protsessual


Download 166.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana20.12.2022
Hajmi166.76 Kb.
#1040483
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu. Davlat boshqaruvining nazariy-metodologik asoslari

moddiy (boshqaruv sohasida 
paydo bo‘ladigan) va protsessual (boshqaruv jarayonida uni amalga oshirish qoidalarini tartibga 
solgan holda shakllanadi) huquqiy munosabatlarga bo‘linadi. Moddiy munosabatlar protsessual 
munosabatlar vositasida tartibga solinadi. 
Davlat boshqaruvida vakolatlarni belgilash va ularni amalga oshirish uchun tegishli 
shaxslarga davlat-hokimiyat vakolatlarini berish – davlat boshqaruvini huquqiy tartibga solishning 
muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Vakolatlar – davlat organi yoki mansabdor shaxslarning 
belgilab qo‘yilgan vazifa-vakolatlarini bajarish uchun ularga berilgan huquq va majburiyatlar 
yig‘indisidir. Vazifa-vakolatlar - davlat organi yoki mansabdor shaxsning Konsti-tutsiya, qonun 
yoki me’yoriy hujjatlar bilan belgilab berilgan vakolatlar majmui bo‘lib, ular o‘z faoliyati 
davomida shundan tashqariga chiqishi mumkin emas. Idoraviy vakolatlar – konstitu-siyaviy 
tushuncha bo‘lib, davlat va jamiyat hayotining ma’lum sohalarida hokimiyat-boshqaruv faoliyatini 
amalga oshirish huquqini bildiradi. 
Soha mutaxassislarining fikrlariga ko‘ra, davlat organining huquqiy maqomi 
quyidagilardir: davlat organining davlat apparati umumiy tarkibiy tuzilmasidagi holati va uning 
hokimiyat-boshqaruv faoliyat turiga (qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati), maxsus 
ixtisoslashgan kichik tizimlarga (umumiy vakolatlar, huquq-tartibot, harbiy va h.k.) mansubligi; 
davlat organi vakolatlarining ma’lum faoliyat sohasida ular bajaradigan vazifa va vakolatlarning 
huquqiy ifodasi sifatidagi birligi; davlat organi faoliyatining tashkiliy tuzilmasi, tamoyillari, 
shakllari, usullari va tartib-qoidalari, ma’lum masalalarni hal etish tartibi va boshqalar. 
Milliy qonunchilikning har qanday sohasi boshqaruv faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy 
imkoniyatlardan foydalanadi. Bu huquqiy imkoniyatlar – buyruq-ko‘rsatma, ta’qiqlash va 
ijozatdir. Buyruq-ko‘rsatma – ijobiy majburiyat bo‘lib, huquqiy me’yorda ko‘da tutilgan biror-bir 
harakatni sodir etish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri huquqiy majburiyat yuklashni bildiradi. 
Download 166.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling