1-mavzu. Davlat boshqaruvining nazariy metodologik asoslari reja


Davlatning vazifalari va boshqaruv ko‘rinishlari


Download 166.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana20.12.2022
Hajmi166.76 Kb.
#1040483
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu. Davlat boshqaruvining nazariy-metodologik asoslari

Davlatning vazifalari va boshqaruv ko‘rinishlari. Davlatning vazifalari – bu davlatning 
milliy va umumbashariy mohiyati hamda ijtimoiy vazifasini aks ettiradigan asosiy faoliyat 
yo‘nalishlaridan iborat. Bu vazifalar davlat hududi doirasida amalga oshiriladigan ichki vazifalar 
hamda uning hududlaridan tashqarida amalga oshiriladigan tashqi vazifalarga bo‘linadi. Davlat 
vazifalari doimiy va muvaqqat (favqo‘lodda holatlarda) vazifalarga bo‘linib, bu vazifalar o‘zaro 
bog‘liq va bir-birini to‘ldirib turadi.
Bugungi zamonaviy davlatning asosiy vazifalari jamiyatning normal hayoti va taraqqiyotini 
tashkil etish, shu jamiyat fuqarolari va xalqining huquq, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini 
himoyalash, mamlakatning ichki va tashqi ziddiyatlari hamda qarama-qarshiliklarini hal etishga 
qaratilgan. Davlat ijtimoiy rolining mohiyati barcha fuqarolarining umumiy xohish-irodasini ifoda 


etgan holda butun jamiyatga ma’lum maqsadlarni nazarda tutuvchi, tashkillashtiruvchi ta’sir 
o‘tkazishdan iborat. SHuning uchun davlat tomonidan o‘zining ijtimoiy vazifalarini bajarishini 
belgilab beradigan quyidagi ikki jihati ajratiladi: 1) davlat fuqarolari-ning ehtiyojlari, manfaatlari, 
maqsadlari va xohish-irodasini o‘zida qanchalik mujassam etishining ko‘rsatkichi; 2) davlatning 
ijtimoiy jarayonlarni qanday boshqarayotgani, jamiyat taraqqiyotini ta’minlayot-ganidir. 
Bir so‘z bilan aytganda, davlat jamiyatning hayotiy faolyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 
turli vazifalarni bajaradi. Ularning barchasi ma’lum darajada boshqaruv bilan bog‘liq bo‘lib, 
boshqaruv tizimi va apparati orqali amalga oshiriladi. Jamiyat rivojlanib borgani sari bu 
boshqaruv, u bilan birga davlat apparati ham murakkablashib, takomillashib boradi.
Davlatning boshqaruv vazifasi davlatning deyarli barcha vazifala-rini qamrab olganligi bois, 
davlatning vazifalari – bu boshqaruv vazifalarining majmuasi sifatida izohlanadi. Davlatning 

Download 166.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling