1-mavzu. Davlat boshqaruvining nazariy metodologik asoslari reja


Boshqaruvdagi qonuniylik va tartib-intizom


Download 166.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana20.12.2022
Hajmi166.76 Kb.
#1040483
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu. Davlat boshqaruvining nazariy-metodologik asoslari

Boshqaruvdagi qonuniylik va tartib-intizom. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining 
demokratik qadriyatlari hukmron bo‘lgan hozirgi davrda erkin va mas’uliyatli shaxslarni kamol 
toptirish uchun davlat boshqaruvining ijtimoiy munosabatlarini tartibga solish boshlang‘ich nuqta 
bo‘lib xizmat qiladi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan boshqaruvga huquqiy hodisa sifatida 
qarash davlat boshqaruvining ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishning asosiga aylanadi. 
Tadqiqotlarga ko‘ra, insonlar ijtimoiy hayoti faoliyatining turli ko‘rinishlari huquq 
yordamida ularning shaxsiy, jamoaviy va jamoatchilik aloqalarida tartibga to‘shadi. Ijtimoiy 
munosabatlarni huquqiy tartibga solish amaliy va bunyodkorlik ahamiyatiga ega bo‘lib, shaxsiy 
va jamoaviy, xususiy va ijtimoiy, shaxsiy va jamoatchilik manfaatlarini o‘zaro murosaga keltiradi. 
Davlat fuqarolikning huquqiy asoslari bilan bog‘liq jamiyat shakli, insonlar hamjamiyati sifatida, 
hokimiyat va boshqaruv vazifalarini amalga oshirish bilan band professionallar apparati sifatida 
huquqiy majburlash mexanizmlaridan foydalangan holda ijtimoiy munosabatlarni normallashtirish 
va umumiy ehtiyojlar, manfaat va farovonlikka uyg‘unlashtirish maqsadida o‘zining 
boshqaruvchilik, tashkil etuvchilik va tartibga soluvchilik borasidagi ta’sirini o‘tkazadi. 
Davlat boshqaruvining huquqiy munosabatlari – bu davlat va jamiyat ishlarini boshqarish 
zarurati munosabati bilan davlat hokimiyatini amalga oshiradigan, huquq me’yorlari bilan tartibga 
solinadigan ijtimoiy munosabatlardir. Ushbu munosabatlardan huquqiy me’yor shakllanadi. 
Huquqiy me’yor – bu davlat tomonidan o‘rnatilgan, davlat boshqaruvi sohasida vujudga 
keladigan, o‘zgaradigan va barham topadigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish 
maqsadlarini ko‘zlaydigan xatti-harakat qoidalaridir. Huquqiy me’yorning o‘ziga xos tomoni 
shundaki, sub’ektlarning davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan xatti-harakat qoidalari ma’muriy 
choralar va tartib-intizom mas’uliyati bilan himoya qilinadi. Huquqiy munosabatlar sub’ektlari – 
bu ma’lum harakatlar sodir etish huquqi va majburiyatiga ega bo‘lgan shaxslardir.
O‘zining mazmun-mohiyatiga ko‘ra huquqiy munosabatlar
Download 166.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling