1-mavzu. Davlat boshqaruvining nazariy metodologik asoslari reja


Download 166.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana20.12.2022
Hajmi166.76 Kb.
#1040483
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu. Davlat boshqaruvining nazariy-metodologik asoslari

Ta’qiqlash 
– huquqiy me’yorda ko‘zda tutilgan sharoitda biror-bir harakatni sodir etmaslik uchun to‘g‘ridan-
to‘g‘ri huquqiy majburiyat yuklashni bildiradi. Ijozat - huquqiy me’yorda ko‘zda tutilgan 
sharoitda muayyan harakatlarni sodir etish va o‘z ixtiyori bilan ularni sodir etishdan tiyilishdir.


 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-qism, 16-moddasiga binoan, davlat, uning 
idoralari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlar asosida 
faoliyat yuritadi. Ushbu qonun quyidagi holatlarga ko‘ra, boshqaruv sohasida alohida ahamiyatga 
ega: boshqaruv davlat va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatining ko‘pgina 
sohalarini qamrab oladi; boshqaruv sub’ektlari o‘z vazifa va vakolatlarini huquq qo‘llanadigan 
faoliyatni amalga oshirish orqali bajaradi; boshqaruv idoralari o‘z vakolatlari doirasida 
Konstitutsiya va qonunlarga asoslangan holda ularni bajarishga qaratilgan qonun ijodkorligi 
faoliyatini amalga oshiradi; o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari faqat qonunda belgilab qo‘yilgan 
vaziyatlarda fuqarolarning huquq va erkinliklarini cheklashga olib keladigan ma’muriy majburlov 
choralarini qo‘llash sohasida keng vakolatlarga ega.
Davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlash bu sohadagi qonunlar va qonuniy hujjatlarning 
aniq va so‘zsiz bajarilishi, qo‘llanilishi, ularga rioya etilishi bo‘yicha shaxs va tashkilotlarning 
birgalikdagi faoliyatidan iboratdir. Bunday faoliyat quyidagi masalalarga qaratiladi: ijro 
hokimiyati va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida amaldagi qonun va qonun hujjatlarida 
mustahkamlab qo‘yilgan talab va ko‘rsatmalarni bo‘zishga yo‘l qo‘ymaslik; bunday holatlarni o‘z 
vaqtida va tezkor aniqlash; ularni oldini olish va sabablarini aniqlash; ularni bartaraf etish chora-
tadbirlarini ishlab chiqish; aybdorlarni tegishli javobgarlikka tortish. 
O‘zbekistonda qonuniylikni ta’minlash usullari quyidagilardan iborat:
1. Tashkiliy-tarkibiy tuzilmalar (davlat idoralari va jamoat birlashmalari). 
2. Tashkiliy-huquqiy usullar (alohida faoliyat turlari, amaliy usul va vositalar). Bu usullar 
ko‘zatish va nazoratdan iborat.

Download 166.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling