1-mavzu. Davlat boshqaruvining nazariy metodologik asoslari reja


Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar


Download 166.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana20.12.2022
Hajmi166.76 Kb.
#1040483
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu. Davlat boshqaruvining nazariy-metodologik asoslari

Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar 
1.Davlat qurilishi va boshqaruvi. Mualliflar jamoasi. Toshkent, Akademiya, 2007. 
2.Sagdullaev A.S., Mavlonov O‘.M. O‘zbekistonda davlat boshqaruvi tarixi. Toshkent, 
Akademiya, 2006. 
3.Ravshanov F. Milliy rahbarshunoslik: tarix va tajriba. Toshkent, Akademiya, 2007. 
4.Теория государства и праава. Курс лекции. Под ред. Н.Матўзова и А.Малько. М., 
Юрист, 2001. 
5.Quronov M. O‘zbek xarakteri va milliy g‘oya. Toshkent, Ma’naviyat, 2005. 
6.Теория управления. Учебник. Коллектив авторов, М., РАГС, 2005. 
7.Яхонтова Е.С. Эффективность управленческого лидерства. – М., ТЕИС, 2002. 
8.Чиркин В.Е. Государственное управление. Элементарный курс. – М., Юрист, 2001. 
9.Обществознание. Пособие для поступающих в вўзы. Под ред. М.Марченко. – М., 
«Зрекало», 2000.
Davlat boshqaruvining tarixiy ildizlari. Ilk davlatchilik tarixi bo‘yicha tadqiqotlar olib 
boruvchi aksariyat olimlarning e’tirof etishicha, O‘rta Osiyoda ilk davlatchilik asoslarini bronza 


(mil.avv. III-II m.y.) davridagi sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi va ixtisoslashgan 
hunarmandchilik xo‘jaliklari tashkil etgan edi. SHuningdek ilk davlatchilikning tarixiy ildizlari 
faqat ichki sabablargagina bog‘liq bo‘lmay, balki qadimgi Sharqdagi yuksak darajada rivojlangan 
an’anaviy tarixiy-madaniy aloqalarga ham bog‘liq bo‘lgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida 
topilgan yuqori sifatli moddiy madaniyat buyumlari o‘zaro aloqalardagi mavjud texnologik va 
iqtisodiy ta’sirni ko‘rsatadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yuzlab ming yilliklarni o‘z ichiga qamragan insoniyat 
tarixida dastlabki davlatlarning paydo bo‘lishi – nisbatan ancha kech yuz bergan jarayondir. 
Davlatchilik tarixi insoniyat sivilizatsiyasining so‘nggi 5 ming yili bilan bog‘lanadi. Ilk davlatlar 
o‘z rivojlanish bosqichlarida turli xususiyatlar va tarixiy qonuniyatlariga ega bo‘lib, ilk davlatlar 
xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllari – dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik 
qayerda oldinroq rivojlangan bo‘lsa, o‘sha yerda paydo bo‘lgan. Xo‘jalik ishlab chiqaruvchi 
shakllarning taraqqiyoti aholi joylashuvi, hududlarning kengayishi va tashqi aloqalarning 
rivojlanishiga olib kelgan. Shu tariqa aholining aralash joylashuvi jarayoni boshlanib, bir hududda 
turli urug‘ vakillari yashaydigan bo‘lgan, ya’ni qarindosh-urug‘chilik jamoasi o‘rniga hududiy 
qo‘shnichilik jamoalari paydo bo‘lgan.
Bu jamoalar vakillari alohida qishloqlar, ekinzorlar va sug‘orish tarmoqlari bilan 
chegaralangan bo‘lib, ular to‘la o‘zlashtirilgan va doimiy xo‘jalik hamda ishlab chiqarish 
maqsadlarida foydalanib kelingan voha-tumanlarda yashaganlar. Ular o‘z ichki va tashqi 
munosabatlarida kelib chiqadigan muammolarni hal qilishda birlashishga harakat qilganlar. 
Jamoalardagi ishlab chiqarish va ijtimoiy mehnat taqsimoti, tashqi harbiy bosqinlardan 
himoyalanish, diniy urf-odatlarni bajarish kabi masalalar ijtimoiy mansablar hamda 
boshqaruvning paydo bo‘lishiga asos solgan.
Olimlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, miloddan avvalgi 1 ming yillikning boshlari 
O‘rta Osiyo tarixiy-madaniy viloyatlari (Baqtriya, Sug‘d, Xorazm) jamoalaridagi asosiy ishlab 
chiqaruvchi kuchlar bir necha kichik oilalardan tashkil topgan uy jamoalari (katta oila vakillari)dan 
iborat bo‘lgan. Ushbu uy jamoalarining boshqaruv tartibida katta oilalar boshliqlar yoki uy egalari, 
shuningdek, alohida qishloq qo‘rg‘onlarini boshqaruvchi jamoalar muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan. Bu jarayonda alohida uylar o‘rtasidagi qarindoshchilik munosabatlari kabi belgilar 
ikkinchi darajali bo‘lib borgan. Bu shunda ko‘rinadiki, har bir katta oila mumkin bo‘lgan 
qarindoshchilik aloqalariga qaramasdan, alohida xususiy mulkka, o‘z uy-joyiga, ishlab chiqarish 
qurollariga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va chorva mollariga ega bo‘lganlar, bir so‘z bilan 
aytganda, ular o‘zlarini iqtisodiy jihatdan ta’minlay oladigan xo‘jaliklarni aks ettirganlar.
Ushbu xo‘jaliklarda mansablarni egallash, jamoa ishlab chiqarish ishlari va ijtimoiy mehnat 
taqsimoti bilan bog‘liq bo‘lgan. Boshqaruv faoliyati zarurati ishlab chiqarishni takomillashtirish, 
ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish hamda jamoa mahsulotini taqsimlash kabi ishlar bilan 
maxsus shug‘ullanuvchi ayrim shaxslarni yuzaga chiqargan. SHu tariqa ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlar taraqqiyoti jamiyatda o‘z obro‘-e’tiboriga ega bo‘lgan, faqat ijtimoiy ishlab 
chiqarish bilan shug‘ullanmasdan, ijtimoiy va xo‘jalik hayotini nazorat qiladigan hamda 
boshqaradigan shaxslarning saralanishiga olib kelgan. Bunday odamlar o‘zlarining shaxsiy 
axloqiy xislatlari, amaliy bilimlari va nufuzlari bilan boshqalardan ajralib turganlar. Aynan shu 
asosda ishlab chiqarish faoliyatidan tashkiliy-boshqaruv faoliyati ajralib chiqqan. 
Qadimgi jamoalarda rahbar – yo‘lboshchining nufuzi yuqori bo‘lsa-da, o‘sha davrlarda 
boshqaruv yutuqlariga asoslangan ijtimoiy hokimiyat siyosiy davlat maqomi darajasiga yetmagan 
ijtimoiy tashkilot turini o‘zida ifoda etgan. Moddiy boyliklarni taqsimlash hamda jamoa 
mahsulotidan olinadigan ulush bunday tashkilot boshqaruvchisi lavozimidagi shaxslarning o‘rni 
va amaliga bog‘liq bo‘lgan. Shu tariqa yo‘lboshchi rahbarning dastlabki ijtimoiy foydali faoliyati 
kasbiy boshqaruvchilikka aylangan.
A.S.Sagdullaev tadqiqotlariga ko‘ra, boshqaruvning paydo bo‘lish asoslari quyidagilardan 
iborat: ishlab chiqarish va ijtimoiy mehnat taqsimoti, tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish 
zarurati, jamoadagi mavjud urf-odatlarni bajarish, jamiyatning ijtimoiy-amaliy vazifalar jihatdan 
bo‘linishi. Olimning ta’kidlashicha, eng qadimgi davrlardan boshlab to bugungi kungacha 


quyidagi boshqaruv vazifalari ustivor bo‘lib kelmoqda: tashkil qilish, tartibga solish, nazorat, 
jamiyatning ichki va tashqi murakkabliklarini boshqarib turish. Qadimgi boshqaruv tizimining 
birinchi bosqichi quyidagi funksiyalar bilan bog‘liq holda amalga oshirilgan: iqtisodiy, jtimoiy, 
harbiy-siyosiy, hududiy. 

Download 166.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling