1-mavzu. Davlat boshqaruvining nazariy metodologik asoslari reja


asosiy boshqaruvchilik vazifalari


Download 166.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana20.12.2022
Hajmi166.76 Kb.
#1040483
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu. Davlat boshqaruvining nazariy-metodologik asoslari

asosiy boshqaruvchilik vazifalari rahbarlik, muvofiqlashtirish, tashkil etish, nazorat, sotsiumni 
saqlash va rivojlantirish maqsadida qarorlar qabul qilish, uning tuzilishi va faoliyatini tartibga 
keltirish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, ularning har tomonlama faoliyat ko‘rsatishi uchun 
qo‘lay sharoitlar yaratishdan iborat.
Davlat o‘zining tarkibiy tuzilishi va aloqalariga ko‘ra ko‘ptizim-lilik xususiyatiga ega. Bu 
tizimda ko‘plab davlat idoralari va boshqa tuzilmalar, ko‘p sonli mansabdor shaxslar va boshqa 
xizmatchilar, millionlab kishilar ishga solinadi. Davlat boshqaruvida quyidagi tizimlar alohida 
ajratib ko‘rsatiladi: 
1. Boshqaruvchi tizim – davlat boshqaruvi sub’ektini belgilovchi sifatida. 
2. Boshqariladigan tizim – butun jamiyat va uning davlat ta’siriga tortilgan tarkibiy qismlari 
boshqaruv ob’ektlari sifatida. 
3. O‘zaro hamkorlik tizimi – davlat va jamiyatning aloqalarini amalga oshiradigan turli 
institutlar.
3. O‘zaro hamkorlik tizimi – davlat va jamiyatning aloqalarini amalga oshiradigan turli 
institutlar. 
Hokimiyatning markaziy idoralari va mintaqalarning o‘zaro aloqalari xususiyatlariga ko‘ra 
boshqaruvning subordinatsiyali va muvofiqlashtiruvchi shakllari farqlanadi. 
Muvofiqlashtiruvchi boshqaruv hokimiyatning yagona markaziy idorasi bilan birga to‘liq 
yoki qisman mustaqillikka ega bo‘lgan joylardagi idoralar ham mavjud bo‘lgan federatsiya yoki 
konferensiya shaklida amalga oshiriladi. Subordinatsiyali boshqaruv unitar davlatlar uchun xos 
bo‘lgan joylardagi hokimiyatning markazga ma’muriy bo‘ysunishi, quyi boshqaruv idoralariga 
ta’sir o‘tkazish, yuqori boshqaruv idoralaridan keladigan buyruqlarga majburan bo‘ysundirishiga 
asoslanadi. Mulk shakllaridan foydalanish mezonlariga ko‘ra, quyidagi boshqaruv turlari: federal 
boshqaruv; mintaqaviy boshqaruv; munitsipal boshqaruv; xususiy (korporativ) boshqaruv kabilar 
farqlanadi. 
Boshqariladigan ob’ektlarga ta’sir o‘tkazishga ko‘ra, quyidagi soha (fuksional) va hududlar 
boshqaruvi mavjud: 1) Soha boshqaruvi markazdan to korxonagacha bo‘ysunish bo‘lishini nazarda 
tutadi. Bunday holat tarmoqda yagona texnikaviy siyosatni joriy etadgan, tarmoq ichidagi va 
tarmoqlararo muvozanatni ta’minlaydigan tarmoq vazirliklari orqali amalga oshiriladi. 2) Hududiy 
boshqaruv ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish, ixtisoslashuvni chuqurlashtirish hamda 
mintaqalarni har tomonlama rivojlantirish, ularning iqtisodiy va ijtimoiy darajasini 
tenglashtirishga qaratiladi. 
Muvaqqat harakat me’yorlarining miqyosiga bog‘liq holda boshqaruv strategik, taktik va 
tezkor ko‘rinishlarga bo‘linadi. Strategik boshqaruv jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq masalalar 
yuzasidan to‘liq yoki ayrim yo‘alishlar, sohalar, ob’ektlar, hududlar bo‘yicha uzoq muddatli 
mo‘ljallarni belgiab beradi, jamiyat rivojining maqsad-lari, vazifalari, strategiyalarini aniqlaydi va 
boshqaruvning har bir bo‘g‘iniga faoliyat yo‘nalishini beradi. Taktik boshqaruv – belgilan-gan 
maqsadlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq harakatlardir. Bu qisqa muddatli boshqaruv bo‘lib, 
unda mavjud axborot negizidagi strategik mazmunga ega bo‘lgan ko‘rsatkichlar doimo ma’lum 
davrda erishilgan natijalar bilan qiyoslanadi. Tezkor boshqaruv joriy yoki tasodifiy chekinishlar 
natijasida paydo bo‘ladigan vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo‘lib, bunda aniq vazifalar 


qo‘yiladi hamda vaziyatdan kelib chiqib, mavjud shart-sharoit asosida ma’qo‘l variant tanlab 
olinadi.

Download 166.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling