Ta’lim tamoyillari. Ta’lim qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadi.
Ta’lim yamoyillari o’quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashki liy shakl va metodlarini belgilab beruvchi boshlang’ich qoidalardir.
Ta’lim tamoyillarini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: ta’limning mazmunga aloqador va tashkiliy-metodik tamoyillari.
Ta’lim mazmuniga aloqador tamoyillarga quyidagilar kiradi: insonparvarlashtirish; tabiat bilan uyg’unlik; madaniyat bilan uyg’unlik; ilmiylik; ta’limning fundamentalligi va amaliy yo’nalganligi; ta’lim va tarbiyaning uyg’unligi.
Ta’limning tashkiliy-metodik tamoyillariga quyidagilar kiradi: ta’limning tizimliligi va izchilligi; ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik; ko’rsatmalilik; ta’limning o’quvchilarga mos bo’lishi; ta’limda bilim ko‘nikma va malakalarni puxta va mustahkam o‘zlashtirish tamoyili; tushunarlilik.
Do'stlaringiz bilan baham: |