Standartlashtirish asoslari
Standart o‘lchamli qurilish materiallarining dastlabki ishlatilishi
Download 164.48 Kb. Pdf ko'rish
|
1-maruza (1)
Standart o‘lchamli qurilish materiallarining dastlabki ishlatilishi
O‘zdavstandart Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish O‘zbekiston Agentligiga (O‘zstandart Agentligiga) aylantirildi. O‘zdavstandartning hududiy idoralari asosida Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi (SMB) va Sinash va sertifikatlashtirish markazlari (SSM) barpo etildi. Respublika SSM,Toshkent viloyati SMB va SSM yaratildi. Agentlik apparatida Standartlashtirish va davlat nazorati, Muvofiqlikni tasdiqlash, metrologiya, akkreditlash va inspektsion tekshiruv, moliya-iqtisod boshqarmalari barpo etildi. O‘zTMTI da ishlab chiqilgan 200 dan ortiq nomli asos bo‘luvchi me'yoriy hujjatlar tasdiqlandi va joriy etildi. Bu me'yoriy hujjatlar O‘z SDT, O‘z O‘DT, O‘z SMT, TIIA TKYaT, O‘z AT, O‘z MST, O‘z ST va boshqalar doirasida amalda faoliyatning barcha yunalishlari bo‘yicha ishlarni bajarish qoidalarini belgilaydi. Shunday qilib, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni taьminlash, sifatni ta'minlash me'yoriy-huquqiy ta'minlash asosan tugallandi. Hozirgi vaqtda asos bo‘luvchi me'yoriy hujjatlarni qo‘llanish tajribasini va bozor iktisodiyotini chuqurlashtirishni hisobga olgan holda bu hujjatlar jamg‘armasini dolzarblash jarayoni bormokda. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida mahsulotga (xizmatlar, ishlar, jarayonlar) respublika me'yoriy hujjatlarining davlat jamg‘armasini to‘ldirish davom etmoqda. Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar, standartlashtirish bo‘yicha asosiy tashkilotlar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan uch mingdan ortiq respublika me'yoriy xujjatlari ishlab chiqildi, bular ichida chigitli paxta, paxta tolasi, oltin va kumush quymalari, gazlamalar, poyabzal, kiyimga oid hujjatlar ham mavjud. Elektrotexnik maqsadlarda ishlatiladigan mis, gidravlik taqsimlagichlar, gidrotsilindrlar, surilma qopqoqlar, issiqlik almashinish apparatlari, teri, yog‘och ishlash stanoklari, paxta tozalash jihozlari, kompressorlar, ventilyatorlar, yuk ko‘tarish kranlari, gaz kondensatlari, tabiiy yonuvchi gazlar, motor moylari, plastik moylarga texnik shartlar tasdiqlangan. Sayoxat-ekskursiya xizmati sohasida xizmatlar doirasida asosiy qoidalar, atamalar va ta'riflarni, mexmonxonalar tasnifini belgilovchi O‘zbekiston davlat standartlari tasdiqlangan. Respublikaning Jahon savdo tashkilotiga kirishiga tayyorlanishi bo‘yicha ishlar boshlandi: xalqaro standartlarni qo‘llanish bo‘yicha, mamlakatimiz va xorijiy standartlarining statuslari (huquqiy holatlari) ni o‘zaro yaqinlashtirish, texnik reglamentlarni qo‘llanish, xalqaro savdoda texnik to‘siqlarni bartaraf etish jarayonlarini huquqiy ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu maqsadlarda standartlashtirish xalqaro amaliyotini hisobga olgan holda O‘z SDT ni takomillashtirish bo‘yicha 2010 yilgacha mo‘ljallangan Kontseptsiya va Kontseptsiyani amalga oshirish bo‘yicha Dastur ishlab chiqildi. Kontseptsiyani bajarish uchun “Savdodagi texnik chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi”, “O‘z SDT. Texnik reglament Asosiy qoidalar” davlat standarti ishlab chiqildi. ISO/MEK 21:1999 “Xalqaro standartlarni hududiy va milliy standartlar sifatida qabul qilish" xalqaro standarti qayta rasmiylashtirilib, O‘zbekiston davlat standarti sifatida qabul qilindi. O‘z SDT asos bo‘luvchi standartlariga standartlashtirish xalqaro amaliyotiga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Download 164.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling