Geodeziya, kartografiya, geografiya
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs loyihasi uchun uslubiy qo`llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati Ilova
16
sohani vazifasini, kelib chiqish tarixini, xalq xo’jaligini ruvojlantirishdagi o’rnini o’rganish lozim. Mamlakatimizning ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishda geodezik ishlarning ahamiyati kattadir. Respublikamizda yirik korxonalar, inshoot , ko’p qavatli va zamonaviy turar joy binolari, madaniy –maishiy muassasalar, yirik va katta uzunlikdagi ko’priklar, avtomobil va temir yo’llari qurilmoqda. Xo’jaliklarning maydonlarini tashkillashtirishda, axoli yashash punktlarini joylashtirishda, melioratsiya va gidrotexnikalarni barpo qilish, qazilma boyliklarni izlash va shunga o’xshash ko’plab ishlarni bajarishdagi masalalarni topografik-kartografik hujjatlar mavjud bo’lgan taqdirdagina muvoffaqiyatli xal etish mumkin.Ularni loyihalash, qurish va ishlatish jarayonida uzluksiz geodezik o’lchash va kuzatish ishlari olib boriladi. Geodeziya fani qishloq xo’jaligini planlashtirishga doir yer tuzish va yer kadastri ishlarida, xarbiy ishlarda, mamlakatimiz boyligini aniqlashda, melioratsiya va gidrotexnikada, o’rmon xo’jaligi kabi muxim soxalarda keng qo’llaniladi. Topografik plan va karta esa geodezik o’lchash natijalari asosida chiziladi. Ma’lumki, geodeziya qadimiy fan bo’lib, u boshqa fanlar kabi insoniyatning kundalik hayotiy zaruriyati natijasida vujudga kelgan.Uning yordamida qadimiy noyob inshootlar:balandligi 150-200 m bo’lgan piramidalar, mayoqlar, gidrotexnik inshootlar, ko’priklar, tunnellar, katta masofadagi yo’llar, hamda o’zining salohiyati bilan insoniyatni hozir ham hayratga solib kelayotgan saroy va qasrlar qurilgan. Bu inshootlar shu davrdagi rejalash va trassalash ishlarining yuqori darajada amalga oshirilganligidan dalolar beradi. Yer tuzish va yer kadastri ishlarini o’tkazishda geodeziya muhim axamiyatga egadir, uning vazifasi chegaralarni tashkillashtirish, loyixa tuzish va xo’jalikning almashlab ekish dalalarini joylashtirishdan iboratdir. Yer tuzish va yer kadastri ishlarini tashkillashtirishning tayyorgarlik bosqichida geodeziyaga topografik- kartografik hujjatlar bilan ta’minlash masalasi yuklatiladi. Xalq xo’jaligining turli soxalarini geodezik va topografik-kartografik hujjatlar va ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida hozirgi vaqtda turli texnologiyalar, jumladan, kompyuter, GPS va elektron taxeometrlarning turli markalari ishlab chiqilmoqda va qo’llanilmoqda. Injenerlik bino va inshootlarni loyixasini tuzish bosqichida, geodeziya loyixaning texnikaviy qismini bajaradi, ya’ni loyixani joyga ko’chirish ucun geodezik rejalash ishlarini amalga oshiradi.
17
Injenerlik bino va inshootlarni qurish bosqichida, geodeziya loyihani joyiga ko’chirish, ijroviy plan olish, insootlarni qurilishi davrida va foydalanish davrida inshootlarning deformasiyalarini kuzatish ishlarini bajaradi. Qishloq xo’jaligida yer tuzuvchilarga geodezik o’lchash ishlarini topografik plan va kartadan foydalanib joylarda bajarishga to’gri keladi. Demak, geodeziya fani yer tuzish va yer kadastri mutaxasisligi uchun asosiy fanlardan biri bo’lib xisoblanadi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling