Geodeziya, kartografiya, geografiya


Xulosa  Foydalanilgan  adabiyotlar  ro’yhati


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/29
Sana06.11.2021
Hajmi0.92 Mb.
#171369
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
Kurs loyihasi uchun uslubiy qo`llanma

Xulosa 

Foydalanilgan  adabiyotlar  ro’yhati 

Ilova 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




16 

 

KIRISH 

 

Mavzuning  dolzarbligi:  Har  bir  sohani  ruvojlantirish  ucun,  avvalo  shu 

sohani vazifasini, kelib chiqish tarixini, xalq xo’jaligini ruvojlantirishdagi  o’rnini 

o’rganish lozim.  

Mamlakatimizning  ishlab  chiqarish  kuchlarini    rivojlantirishda  geodezik 

ishlarning ahamiyati kattadir. 

Respublikamizda yirik korxonalar, inshoot , ko’p qavatli va zamonaviy  turar 

joy binolari, madaniy –maishiy muassasalar, yirik  va katta uzunlikdagi ko’priklar, 

avtomobil  va  temir  yo’llari  qurilmoqda.  Xo’jaliklarning  maydonlarini 

tashkillashtirishda,  axoli  yashash  punktlarini  joylashtirishda,  melioratsiya    va 

gidrotexnikalarni  barpo  qilish,  qazilma  boyliklarni  izlash  va  shunga  o’xshash 

ko’plab  ishlarni  bajarishdagi  masalalarni  topografik-kartografik  hujjatlar  mavjud 

bo’lgan taqdirdagina muvoffaqiyatli xal etish mumkin.Ularni loyihalash, qurish va 

ishlatish jarayonida uzluksiz geodezik o’lchash va kuzatish ishlari olib boriladi. 

Geodeziya  fani  qishloq  xo’jaligini  planlashtirishga  doir  yer  tuzish  va  yer 

kadastri ishlarida, xarbiy ishlarda, mamlakatimiz boyligini aniqlashda, melioratsiya 

va gidrotexnikada, o’rmon xo’jaligi kabi muxim soxalarda keng qo’llaniladi. 

Topografik plan va karta esa geodezik o’lchash natijalari asosida chiziladi. 

Ma’lumki, geodeziya qadimiy fan bo’lib, u boshqa fanlar kabi insoniyatning 

kundalik  hayotiy  zaruriyati  natijasida  vujudga  kelgan.Uning  yordamida  qadimiy 

noyob inshootlar:balandligi 150-200 m bo’lgan piramidalar, mayoqlar, gidrotexnik 

inshootlar,  ko’priklar,  tunnellar,  katta  masofadagi  yo’llar,  hamda  o’zining 

salohiyati  bilan  insoniyatni  hozir  ham  hayratga  solib  kelayotgan  saroy  va  qasrlar 

qurilgan. 

Bu  inshootlar  shu  davrdagi  rejalash  va  trassalash  ishlarining  yuqori  darajada 

amalga oshirilganligidan dalolar beradi.  

Yer tuzish va yer kadastri ishlarini o’tkazishda geodeziya muhim axamiyatga 

egadir,  uning  vazifasi  chegaralarni  tashkillashtirish,  loyixa  tuzish  va  xo’jalikning 

almashlab  ekish  dalalarini  joylashtirishdan  iboratdir.  Yer  tuzish  va  yer  kadastri 

ishlarini  tashkillashtirishning  tayyorgarlik  bosqichida  geodeziyaga  topografik-

kartografik hujjatlar bilan ta’minlash masalasi yuklatiladi. 

Xalq xo’jaligining turli soxalarini geodezik va topografik-kartografik hujjatlar 

va  ma’lumotlar  bilan  ta’minlash  maqsadida  hozirgi  vaqtda  turli  texnologiyalar, 

jumladan,  kompyuter,  GPS  va  elektron  taxeometrlarning  turli  markalari  ishlab 

chiqilmoqda va qo’llanilmoqda. 

Injenerlik  bino  va  inshootlarni  loyixasini  tuzish  bosqichida,  geodeziya 

loyixaning  texnikaviy  qismini  bajaradi,  ya’ni  loyixani  joyga  ko’chirish  ucun 

geodezik rejalash ishlarini amalga oshiradi. 



17 

 

Injenerlik  bino  va  inshootlarni  qurish  bosqichida,  geodeziya  loyihani  joyiga 



ko’chirish,  ijroviy  plan  olish,  insootlarni  qurilishi  davrida  va  foydalanish  davrida 

inshootlarning deformasiyalarini kuzatish ishlarini bajaradi. 

Qishloq  xo’jaligida  yer  tuzuvchilarga  geodezik  o’lchash  ishlarini  topografik 

plan va kartadan foydalanib joylarda bajarishga to’gri keladi. 

Demak,  geodeziya fani  yer  tuzish  va  yer kadastri mutaxasisligi uchun  asosiy 

fanlardan biri bo’lib xisoblanadi. 




Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling