I bob xalqaro turizm: nazariya va amaliyot faniga
Download 347.19 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza XALQARO TURIZM NAZARIYA VA AMALIYOT FANIGA KIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chiqish turizmi
- Xalqaro turizm - muntazam va aniq bir maqsadga qaratilgan korxonalarning turizm sohasidagi faoliyati bilan bog‘liq holda, biron bir
Ichki turizm – fuqarolarning aniq bir mamlakatda doimo yashagan holda,
o‘sha mamlakat milliy chegarasi doirasida dam olish, dunyoni bilishga bo‘lgan qiziqishini qoniqtirish, sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish va boshqa turistik maqsadlarni amalga oshirish uchun vaqtinchalik chiqishidir. Bu turizm turi mamlakatga valyutani olib kelmaydi. SHunday bo‘lsada, mamlakat mintaqalari o‘rtasida daromadlarning taqsimlanishiga ta’sir etib, iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki beradi. Kirish turizmi daromad olish nuqtai nazaridan faol sifatida xarakterlanadi. CHunki u xorijiy valyuta oqimini yaratadi. Chiqish turizmi – biror bir mamlakat shaxsining o‘zi aholisi bo‘lmagan mamlakatga sayohat qilish uchun kelishi. CHiqish turizmi esa passiv hisoblanadi va valyuta mamlakatdan olib chiqib ketiladi. Ko‘pchilik mamlakatlarda kirish turizmi turistik (milliy) iqtisodiyotning istiqbolli rivojlanishi yo‘nalishlaridan sanaladi. Aniq mamlakatlar turizmi iqtisodiyotini o‘rganish chog‘ida uning rivojlanish yo‘nalishi va ishlash samaradorligini oshirishga «Milliy turizm», «Xalqaro turizm», «Mazkur mamlakat doirasida turizm» tushunchalari sifatida qaralishi zarur. Keltirilgan klassifikatsiyalar nuqtai nazaridan ichki va chiqish turizmi milliy turizmga kiritiladi. Xalqaro turizm - muntazam va aniq bir maqsadga qaratilgan korxonalarning turizm sohasidagi faoliyati bilan bog‘liq holda, biron bir mamlakat hududida (kirish turizmi) turistik xizmatlar va turistik mahsulotlarni biron-bir mamlakatda (chiqish turizmi) doimo yashaydigan sayohat qiluvchi shaxslarga taqdim etishdir. Xalqaro turizmga esa kirish va chiqish turizmi kiradi. Mazkur mamlakat doirasidagi turizm bilan shu mamlakatlar fuqarolari (ichki turizm) ham, boshqa mamlakatlardan keladiganlar (kirish turizmi) ham shug‘ullanadi. Mamlakatlar daromadlarini oshirish nuqtai nazaridan u ko‘proq jalb qiladi. Bu yo‘nalishdagi turistik faoliyatning rivojlanishi bir tomondan mamlakatga valyuta oqimini, ikkinchi tomondan – mazkur mamlakatda yashovchi fuqarolarning pul mablag‘larini ko‘paytiradi. Bu daromadlar ushbu mamlakatda qoladi va uning iqtisodiyotini rivojlantirishga jalb etiladi. Bundan tashqari, ichki turizm shunday muhim iqtisodiy funksiyani bajaradiki, mazkur mamlakatda daromad darajasini maromiga etkazishga yordam beradi. Bu degani shuki, sanoati rivojlangan mintaqalardan fuqarolarni yuqori daromadlari nisbati sust iqtisodiy rivojlangan mintaqalardagi kam daromadli fuqarolarga taqsimlanishiga imkon yaratadi. Lekin bu mintaqalar odatda boy tabiiy resurslarga ega. SHuni ta’kidlash zarurki, individual tashrif buyuruvchi turistik maqsad uchun ajratadigan daromadining bir qismini boriladigan manzilda sarflanadi, qolgan qismini – tashkil qilish va o‘sha manzilga etib borish uchun sayohat vaqtida sarflanadi. Turizmni aniqlash uchun eng avvalo quyidagi asosiy qoidalarni shakllantirish lozim: • turist – bu sayohatda o‘z tabiiy ehtiyojini qondirishga intiluvchi kishi. Turistning ehtiyoji va istagi borgan manzilida aniqlanadi. U tashrif buyurish va faoliyat ko‘rsatishda ishtirok etishga shaylanayotgani haqida qarorga keladi; • turistik biznes – bu turistlar ehtiyojini qondirish, faoliyatdan mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish bo‘yicha daromad olishdan ko‘zlangan biznesdir; • mehmondo‘stlik sohasi uchun turizm asosan ijobiy omil sifatida chiqadi. SHuningdek u yangi ishchi o‘rinlari ochish va mintaqalar daromadlarini ko‘paytirish omili hamdir. Turizm atrof muhitga salbiy ta’sir etishi ham mumkin; • turizm milliy ma’muriy tashkilotlar tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish omili sifatida qaraladi. Ko‘p hollarda ehtimol tutilgan salbiy oqibatlar (bevosita va bilvosita zararlar) unda hisobga olinmaydi. YUqorida aytilganlarga muvofiq, turistik faoliyat – turistlar, turistik korxonalar, mehmonnovozlik sohasi, tashrif buyuruvchilarni joylashtirish va xizmat ko‘rsatishga ma’muriyatni jalb qilish jarayonlari natijasida qator hodisalar va o‘zaro munosabatlarni namoyon etish bilan belgilanadi. Turizm – tarkibi turli xil o‘xshashliklardan iborat bo‘lgan mahsulot, servis, xizmat ko‘rsatuv ob’ektlari, ishlab chiqarish birligiga ega bo‘lgan barchasi individual iste’molchiga yoki guruh iste’molchilarga vaqtinchalik, doimiy yashash joyini tark etgan va ma’lum turistik manzilda sayohat qiluvchilar tushuniladi. Agar turizm turlarining ko‘p qirraligini yoritishga urinilsa va uni iqtisodiyotning turli sohalariga ta’siri baholansa, turizmni hal qiluvchi belgilarini shakllantirish nechog‘lik qiyinligi ravshan bo‘ladi. Turizmga berilgan har bir belgilanish turli ixtisoslashgan nashrlarda aniq vaziyat bilan bog‘liq aniq muammolarni hal qilishga asoslangan. Turizmni belgilashdagi etishmovchilik bu industriyaning xususiyati bilan bog‘liqdir. Download 347.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling