I bob xalqaro turizm: nazariya va amaliyot faniga


Download 347.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana18.12.2022
Hajmi347.19 Kb.
#1028207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-ma\'ruza XALQARO TURIZM NAZARIYA VA AMALIYOT FANIGA KIRISH

Ichki turizmfuqarolarning aniq bir mamlakatda doimo yashagan holda
o‘sha mamlakat milliy chegarasi doirasida dam olish, dunyoni bilishga bo‘lgan 
qiziqishini qoniqtirish, sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish va boshqa turistik 
maqsadlarni amalga oshirish uchun vaqtinchalik chiqishidir. Bu turizm turi 
mamlakatga valyutani olib kelmaydi. SHunday bo‘lsada, mamlakat mintaqalari 
o‘rtasida daromadlarning taqsimlanishiga ta’sir etib, iqtisodiyotning rivojlanishiga 
turtki beradi.
Kirish turizmi daromad olish nuqtai nazaridan faol sifatida xarakterlanadi. 
CHunki u xorijiy valyuta oqimini yaratadi.
Chiqish turizmibiror bir mamlakat shaxsining o‘zi aholisi bo‘lmagan 
mamlakatga sayohat qilish uchun kelishi. CHiqish turizmi esa passiv hisoblanadi 
va valyuta mamlakatdan olib chiqib ketiladi. Ko‘pchilik mamlakatlarda kirish 
turizmi turistik (milliy) iqtisodiyotning istiqbolli rivojlanishi yo‘nalishlaridan 
sanaladi.


Aniq mamlakatlar turizmi iqtisodiyotini o‘rganish chog‘ida uning rivojlanish 
yo‘nalishi va ishlash samaradorligini oshirishga «Milliy turizm», «Xalqaro 
turizm», «Mazkur mamlakat doirasida turizm» tushunchalari sifatida qaralishi 
zarur. Keltirilgan klassifikatsiyalar nuqtai nazaridan ichki va chiqish turizmi milliy 
turizmga kiritiladi.
Xalqaro turizm - muntazam va aniq bir maqsadga qaratilgan 
korxonalarning turizm sohasidagi faoliyati bilan bog‘liq holda, biron bir 
mamlakat hududida (kirish turizmi) turistik xizmatlar va turistik 
mahsulotlarni biron-bir mamlakatda (chiqish turizmi) doimo yashaydigan 
sayohat qiluvchi shaxslarga taqdim etishdir. 
Xalqaro turizmga esa kirish va chiqish turizmi kiradi. Mazkur mamlakat 
doirasidagi turizm bilan shu mamlakatlar fuqarolari (ichki turizm) ham, boshqa 
mamlakatlardan keladiganlar (kirish turizmi) ham shug‘ullanadi. Mamlakatlar 
daromadlarini oshirish nuqtai nazaridan u ko‘proq jalb qiladi. Bu yo‘nalishdagi 
turistik faoliyatning rivojlanishi bir tomondan mamlakatga valyuta oqimini
ikkinchi tomondan – mazkur mamlakatda yashovchi fuqarolarning pul 
mablag‘larini ko‘paytiradi. Bu daromadlar ushbu mamlakatda qoladi va uning 
iqtisodiyotini rivojlantirishga jalb etiladi. Bundan tashqari, ichki turizm shunday 
muhim iqtisodiy funksiyani bajaradiki, mazkur mamlakatda daromad darajasini 
maromiga etkazishga yordam beradi. Bu degani shuki, sanoati rivojlangan 
mintaqalardan fuqarolarni yuqori daromadlari nisbati sust iqtisodiy rivojlangan 
mintaqalardagi kam daromadli fuqarolarga taqsimlanishiga imkon yaratadi. Lekin 
bu mintaqalar odatda boy tabiiy resurslarga ega.
SHuni ta’kidlash zarurki, individual tashrif buyuruvchi turistik maqsad 
uchun ajratadigan daromadining bir qismini boriladigan manzilda sarflanadi, 
qolgan qismini – tashkil qilish va o‘sha manzilga etib borish uchun sayohat vaqtida 
sarflanadi. 
Turizmni aniqlash uchun eng avvalo quyidagi asosiy qoidalarni 
shakllantirish lozim: 
turist – bu sayohatda o‘z tabiiy ehtiyojini qondirishga intiluvchi 
kishi. Turistning ehtiyoji va istagi borgan manzilida aniqlanadi. U tashrif 
buyurish va faoliyat ko‘rsatishda ishtirok etishga shaylanayotgani haqida 
qarorga keladi; 
turistik biznes – bu turistlar ehtiyojini qondirish, faoliyatdan mahsulotlar 
va xizmatlar ishlab chiqarish bo‘yicha daromad olishdan ko‘zlangan 
biznesdir; 
• mehmondo‘stlik sohasi uchun turizm asosan ijobiy omil sifatida chiqadi. 
SHuningdek u yangi ishchi o‘rinlari ochish va mintaqalar daromadlarini 
ko‘paytirish omili hamdir. Turizm atrof muhitga salbiy ta’sir etishi ham 
mumkin; 
• turizm milliy ma’muriy tashkilotlar tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish 
omili sifatida qaraladi. Ko‘p hollarda ehtimol tutilgan salbiy oqibatlar 
(bevosita va bilvosita zararlar) unda hisobga olinmaydi. 
YUqorida aytilganlarga muvofiq, turistik faoliyat – turistlar, turistik 
korxonalar, mehmonnovozlik sohasi, tashrif buyuruvchilarni joylashtirish va 


xizmat ko‘rsatishga ma’muriyatni jalb qilish jarayonlari natijasida qator hodisalar 
va o‘zaro munosabatlarni namoyon etish bilan belgilanadi. 
Turizm – tarkibi turli xil o‘xshashliklardan iborat bo‘lgan mahsulot, servis, 
xizmat ko‘rsatuv ob’ektlari, ishlab chiqarish birligiga ega bo‘lgan barchasi 
individual iste’molchiga yoki guruh iste’molchilarga vaqtinchalik, doimiy yashash 
joyini tark etgan va ma’lum turistik manzilda sayohat qiluvchilar tushuniladi. 
Agar turizm turlarining ko‘p qirraligini yoritishga urinilsa va uni 
iqtisodiyotning turli sohalariga ta’siri baholansa, turizmni hal qiluvchi belgilarini 
shakllantirish nechog‘lik qiyinligi ravshan bo‘ladi. Turizmga berilgan har bir 
belgilanish turli ixtisoslashgan nashrlarda aniq vaziyat bilan bog‘liq aniq 
muammolarni hal qilishga asoslangan. Turizmni belgilashdagi etishmovchilik bu 
industriyaning xususiyati bilan bog‘liqdir. 

Download 347.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling