I bob xalqaro turizm: nazariya va amaliyot faniga


Download 347.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana18.12.2022
Hajmi347.19 Kb.
#1028207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-ma\'ruza XALQARO TURIZM NAZARIYA VA AMALIYOT FANIGA KIRISH

1.3. Xalqaro turizm tasnifi
Ulkan xilma-xil sayohatlar ma’lum guruhlari orasidan zarurlarini ajratish 
shundan iboratki, turizmning konkret turi ko‘p jihatdan tur bo‘yicha xizmatlar 
to‘plamini, narx belgilanishini taqozo etadi. Safar tashkilotchisi faoliyati xarakteri, 
qabul qiluvchi mintaqa xususiyati, marketing va turistik biznesni boshqarish 
bo‘yicha etakchi faoliyat o‘rnini egallovchi boshqa ko‘plab parametrlarni 
belgilaydi. 
Xalqaro turizm klassifikatsiyasini keltirish bo‘yicha ko‘proq yoyilgan 
belgilar taklif tipi, safarni uyushtirish usuli, sayohat maqsadi, harakatlanish usuli 
hisoblanadi.
Dam olish va rekreatsion turizmga dam olish maqsadidagi turli ko‘rinishdagi 
turizm, diqqatga sazovar joylar bilan tanishish (Excursions), sport bilan 
shug‘ullanish (Skiinq, Divinq, Fishinq), poxodlar uyushtirish (Activity Adventure), 
ekzotik dam olish (Exotic Travel), tematik safar (Theme Trips, based around 
cultural themes inarts, history, archalology, etc) lar kiradi. 
Ishga doir turizmga kongressli (Conference Travel), ishga doir muzokaralar 
olib borish maqsadidagi safar, seminarlar va boshqa professional (kasbiy) 
maqsadlardagi (Business Talks. ete), shop turlar kiradi. 
 
Takliflar turi bo‘yicha tasniflash. Guruh (Group) va yakka holda (FIT)gi 
xorijiy turizm. Turistik biznesda professional (kasb mutaxassis)lar bir-birlarini 
yarim so‘zda tushunadigan bir qator atamalar mavjud. «FIT» va “Group” atamalari 
ko‘proq ishlatiladigan atamalar hisoblanadi. FIT abbreviaturasi Foreiqn 
Independent Traveler ma’nosini anglatadi. Tom ma’noda – xorijiy mustaqil 
sayohatchi, ruschada – individual (yakka) turist deb ataladi. U sayohat marshruti va 
grafigini o‘z xohishiga qarab, o‘zi belgilaydi.
Yakka turist turagentlik xizmatidan foydalanishi mumkin. Lekin, sayohatni 
mustaqil tashkil etaolishi ham mumkin. Masalan, Internet orqali.
Otellar, restoranlar, transport va boshqa korxonalar (etkazib beruvchilar) o‘z 
xizmatlarini yakka – (individual) turistlar va guruh holdagi turistlar uchun 
alohidagi tariflar bo‘yicha taklif qiladilar. Yakka holdagi sayohat odatda guruh 
sayohatiga qaraganda qimmatga tushadi. 


Kompleks xizmat ko‘rsatish (Packaqe tour) guruh turizmi uchun taklif 
qilingan xizmatlarning asosiy tipi hisoblanadi. Turist turpaketni sotib oladi. Unda 
tur qiymatiga qo‘shilgan xizmatlar to‘plami qayd etilgan bo‘ladi. Odatda, turpaket 
qiymati tur paketga kirgan ayrim xizmatlar qiymati summasidan pastroq bo‘ladi. 
Guruh turpaketi guruh vaucheri bilan rasmiylashtiriladi. Guruh turistlari uning 
evaziga kompleks xizmat ko‘rsatishlarni oladi. Bunga aviatashish, mehmonxonaga 
joylashish, restoranda ovqatlanish, ekskursiya xizmatlari va boshqa xizmatlar 
qo‘shiladi. 
Turpaketga butun marshrut bo‘ylab gid-tarjimon xizmatlari ham kiritilishi 
mumkin. Bu yoshlar va maktab guruhlari, shuningdek uchinchi yoshdagi turistlar 
orasida ayniqsa mashhurdir. Professional (kasbiy) gid-tarjimonlar ekskursiyalar 
o‘tkazadilar. Ular turistlar boradigan yo‘nalish bo‘yicha axborotlar beradilar. 
Guruhga xizmat ko‘rsatishda barcha tashkiliy masalalarni ham hal etishda 
ko‘maklashadilar. Guruhning barcha a’zolariga g‘amxo‘rlik va e’tibor 
ko‘rsatadilar. Gid – tarjimonlar sayohat chog‘ida turistlar ko‘rganlarini 
tushuntiradilar, ular haqida aytib beradilar. 
Hammasi qo‘shilgan (All - inclusive) – joylashish xizmatining alohida turi 
bo‘lib, ayrim qimmat otellar tomonidan butun restoran – mehmonxona xizmatlari 
to‘plami bitta narxga qo‘shilgandir. 
Ayniqsa muhim mu’tabar shaxs (VIP) lar uchun turistik kompleks xizmat 
taklif qilish alohida katta e’tiborni talab qiladi. Bu yuqori servis darajasi (va baland 
narxni) ni taqozo etadi.
Klubda dam olish (Club Holdays) alohida tashkiliy tarkibga taklif qilinadi. 
Qaysikim u o‘z hududiga va joylashish vositalariga ega. Klub mijozlarining 
ko‘ngil-ochish va faol dam olishi uchun maxsuslangan. 

Download 347.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling