I bob xalqaro turizm: nazariya va amaliyot faniga


davrda bo‘lgan sayoxat va joylarda bo‘lishni amalga oshirgan shaxs


Download 347.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana18.12.2022
Hajmi347.19 Kb.
#1028207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-ma\'ruza XALQARO TURIZM NAZARIYA VA AMALIYOT FANIGA KIRISH

davrda bo‘lgan sayoxat va joylarda bo‘lishni amalga oshirgan shaxs 
faoliyati»; 
Turizm – turizm — jismoniy shaxsning vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi 
(joyidagi) manbalardan daromad olish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bilan 
shug‘ullanmagan holda doimiy yashash joyidan jo‘nab ketishi (sayohat qilishi); 
(O’zbekiston Respublikasining Turizm to’g’risidagi qonuni. Qonunchilik 
palatasi tomonidan 2019-yil 16-aprelda qabul qilingan. Senat tomonidan 2019-
yil 21-iyunda ma’qullangan)
3
.
Tizimli yondoshuvdan foydalanib, «turizm» tushunchasini tahlil qilar 
ekanmiz, Amerikalik professor Meynsen universiteti, Oklend sh. Leyper 
konsepsiyasini ajratamiz. U turizmni uch asosiy elementlardan iborat tizim deb 
ataydi: 
3
O’zbekiston Respublikasi Turizm to’g’risidagi qonuni. 1-bob 3-modda. https://lex.uz/uz/docs/-4428097 


1. Geografik komponent; 
2. Turistlar;
3. Turistik industriya.
Geografik komponent o‘z o‘rnida quyidagi elementlarni qamrab oladi: 
▪ turistlarni «vujudga keltiruvchi» mintaqa; 
▪ tranzit mintaqa; 
▪ turistik manzil (destinatsiya)lar mintaqasi. 
Turistlarni «vujudga keltiruvchi» mintaqa o‘zida turistlar o‘z sayohatini 
boshlagan uni tashkil qilgan joy sifatida namoyon bo‘ladi. Tabiiyki, turizm 
industriyasida asosiy marketing operatsiyalari xuddi shu yerda amalga oshiriladi. 
Turistlarni «vujudga keltiruvchi» mintaqada doimiy ravishda potensial 
iste’molchilarni sayohatga chorlovchi, rag‘batlantiruvchi jarayonlari kechadi. 
Odamlar turli mamlakatlar haqida kitoblar o‘qiydilar, jurnallarni tamosho qiladilar, 
reklama axborotlarini o‘rganadilar, televizor ko‘radilar, tanish-bilishlari, 
qarindosh-urug‘lari bilan muloqatda bo‘ladilar va nihoyat ma’lum qarorga 
keladilar va sayohatga yo‘l oldilar.
Tranzit so‘zining ma’nosi bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga uchinchi 
mamlakat tuprog‘i orqali yo‘lovchilar va yuklarni olib o‘tish tushuniladi. 
Tranzit mintaqasi (tranzit yo‘nalish) turistlarni «vujudga keltiruvchi» va 
turistik destinatsiya (manzil)lar o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Bu 
tushuncha mazkur sxemaning eng muhim elementlari sanaladi. CHunki tranzit 
mintaqa orqali turli turistik oqimlar o‘tishi mumkin. Ammo biroq sayohatning 
maqsadi – bu turistik destinatsiya mintaqasidir. Destinatsiya tushunchasi, uning 
mohiyati va xususiyatlariga to‘xtalamiz. 

Download 347.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling