98
Tilaganga ne berar, qatti-qutti non berar.
To`yganda to`qlining go`shti
ham tatimas, och qolgan so`ng zog`ora non ham
ortmas.
U
Uy noni bilan chiroyli, ombor – doni bilan.
Uying kapa bo`lsin, noning katta bo`lsin.
V
Vaqtida yoqqan yomg`ir – osh bilan non, vaqtsiz yoqqan yomg`ir – ilon bilan
chayon.
X
Xasisdan
don tilaguncha, Gadoydan non tila.
Xo`jadan qiz olish – Patirdan qil olish.
Y
Yalqov bo`lsa o`g`loning, Yerdan non termas, Abjir bo`lsa o`g`loning, cho`ldan
don terar.
Yarimta non – rohati jon.
Yarimta nonim – oromi jonim // Yarimta non-rohati jon.
Yaxshi joningga o`rtoq, yomon – noningga.
Yaxshi qiz
erta turib soch tarar, yomon qiz erta turib non so`rar.
Yetimcha – yetti kulcha.
Yetimcha yetti kulchaga to`ymas.
Yotar qursoqqa – yorti non.
Yovga noningni bersang ham, siringni berma.
Yozni qo`yib
qish dema,qishga yarasha ishing bor.qotgan ekan non dema, og`zing
to`la tishing bor.
Z
Zog`aradan to`ydi yetim, Zarra-zarra qo`ydi yetim.
Ch
Chiroyga non botirib yeb bo`lmas.