Jismoniy tarbiya 1-sinf I. Dars mavzusi
Download 19.03 Kb.
|
1 sinf jismoniy tarbiya fanidan erta
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Asosiy tushuncha va atamalar
- V. Darsning metodlari
- IX. Darsning borishi
JISMONIY TARBIYA 1-SINF I. Dars mavzusi: Ertalabki badantarbiya mashqlar majmui. II. Darsning maqsadlari: a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarni ertalabki badantarbiya mashqlarining shakllari bilan to’la tanishtirish; b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda chaqqonlik, tezkorlik sifatlarini tarbiyalash, vatanga , tabiatga bo’lgan muhabbatini o’stirish; c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni sportga jalb etish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish. III. Asosiy tushuncha va atamalar: badantarbiya, mashqlar, oyoq, yelka, qo’l, bosh, dastlabki holat va hokazo. IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari: Bilimlar: - ertalabki badantarbiya mashqlarining inson tanasiga ta’sirini bilish; - ertalabki badantarbiya mashqlarining o’tkazilish joyini bilish. Ko’nikmalar: - tizzani baland ko’tarib, belni to’g’rilay olish; - oyoq uchida turib qo’l orqali qilinadigan mashqlarni bajarish; - oyoq orqali bajariladigan harakatlarni qo’llay olish; - sakrab oyoqlarni juftlashtirish; - qo’llarni yuqoriga ko’tarib chapak chalish. V. Darsning metodlari: Aqliy hujum, “To’p orqali tilak” o’yini, “Klassik” metodi. VI. Dars shakli: amaliy mashg’ulot. VII. Dars usuli: noan’anaviy VIII. Darsda qo’llaniladigan vositalar: 1-sinf “Jismoniy tarbiya” darsligi, mashqlar aks etgan plakatlar, to’p va hokazo. IX. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: salomlashish, yo’qlama qilish, davomatni aniqlash. 2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: Ertalabki badantarbiya mashqlari. Takrorlash yuzasidan mashqlar: 1. Ertalabki badantarbiya mashqlarining inson hayotidagi ahamiyati qanday? 2. Ertalabki badantarbiya mashqlari qayerda o’tkaziladi? 3. Ertalabki badantarbiya mashqlari qaysilar? 4. Ibn Sinoning “Badantarbiya - kuch etar hadya” o’gitidan nimalarni tushundingiz? Download 19.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling