Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/33
Sana20.10.2017
Hajmi5.01 Kb.
#18295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33

 
Glossariy: 
 
Adolat prinsipi - jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarida katta ahamiyat kasb 
etadi.  Jumladan,  har  qanday  mahkum  garchand  jinoyatchi  bo’lishiga 
qaramay,  adolat  prinsipi  asosida  jazodan  ozod  qilinish  imkoniyatiga  ega 
bo’la oladi.  
Amnistiya  (yunoncha  –  “amnestia”)    kechirish,  xotirdan  chiqarishni 
bildiruvchi xalqaro atamaga aylangan. Odatda ko’p mamlakatlarda umumiy 
va  xususiy  amnistiya  iboralari  qo’llanadi.  Umumiy  amnistiya  (ba’zan  “afvi 
umumiy”  deb  nomlanadi)  huquqbuzarlik  sodir  etgan  muayyan  toifadagi 
shaxslarga  nisbatan  qo’llanadi.  Xususiy  afv  bevosita  muayyan  shaxsni 
kechirish,  uning  qismatini  yengillashtirishdan  iborat.  Afv  ham,  gunohni 
kechirish  ham  shaxsni  reabilitatsiya  qilishni  anglatmaydi.  Uni  jinoyat 
protsessining  barcha  bosqichlarida  afv  etilishi,  hatto  unga  nisbatan  jinoyat 
ishi qo’zg’atilishi afv akti asosida rad qilinmog’i mumkin.  
Afv etish akti sudlangan shaxsni to’liq yoki qisman jazodan ozod qilish 
yoxud tayinlangan jazoni yengilrog’i bilan almashtirish to’g’risidagi hujjat. 
Afv  etish  tartibi  –  O’zbekiston  Respublikasi  prezidentining  1997-yil 
17-iyuldagi  Farmoni  bilan  tasdiqlangan  “O’zbekiston  Respublikasida  afv 
etishni  amalga  oshirish  tartibi  to’g’risida”gi  Nizom  bilan  belgilangan. 
O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2009-yil 13-martdagi Farmoni bilan 
“O’zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to’g’risida”gi 
yangi  tahrirdagi  Nizom  tasdiqlangan.  Unga  ko’ra,  O’zbekiston 
Respublikasida  afv  etish,  qoida  tariqasida,  Respublika  hududida  joylashgan 
sudlar  va  harbiy  sudlar  tomonidan  hukm  qilingan  shaxslarga  nisbatan 
ularning afv etishni so’rab yozgan iltimosnomasiga asosan amalga oshiriladi. 
Axloq  tuzatish  ishlari  -  axloq  tuzatish  ishlari  bu  sud  hukmi  asosida 
shaxs  ish  xaqqining  o’n  foizida  o’ttiz  foizgacha  miqdorini  davlat  daromadi 
hisobiga  ushlab  qolgan  xolda  uni  mexnatga  majburan  jalb  qilishdan  iborat 
bo’lgan faoliyat tushuniladi. 
Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazosini ijro yetish tartibi  - axloq 
tuzatish  ishlari  tariqasidagi  jazo  ijrosi  mahkumning  yashash  joyidagi  ichki 
ishlar  organlarining  jazolarni  ijro  etish  inspeksiyasi  tomonidan  amalga 
oshiriladi.  Mahkum  doimiy  yashash  joyiga  ega  bo’lmagan  taqdirda  hukm-
ning  ijrosi  hukm  chiqarilgan  joydagi  jazolarni  ijro  etish  inspeksiyasi 
zimmasiga yuklanadi. Axloq tuzatish ishlari korxonalarda, muassasalarda va 
tashkilotlarda o’taladi. 

13 
 
Axloq  tuzatish  ishlarida  muddatni  hisoblash  -  axloq  tuzatish  ishlari 
muddati  mahkum  ishlagan  va  uning  ish  haqidan  ushlab  qolingan  davr 
mobaynidagi yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi. 
Axloq  tuzatish  ishlarida  tayinlanadigan  muddat  -  sudning  qonuniy 
kuchga  kirgan  hukmida  belgilab  qo’yilgan  davrga  aytiladi.  Axloq  tuzatish 
ishlari olti oydan uch yilgacha muddatda tayinlanadi.  
Axloq  tuzatish  ishlarini  o’tashdan  bo’yin  tovlash  oqibatlari  -  agar 
shaxs  sud  tomonidan  tayinlangan  axloq  tuzatish  ishlari  muddatining  jami 
bo’lib  o’ndan  bir qismidan  ko’prog’ini  o’tashdan  bo’yin  tovlasa,  sud  axloq 
tuzatish  ishlarining  o’talmagan  muddatini  xuddi  shu  muddatga  ozodlikdan 
mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. 
Bemorlarni  yashash  joyiga  yuborish  tartibi  -  shifoxonadan 
chiqarilgan  bemorlar  ahvoliga  bog’liq  holda  mustaqil  yoki  qarindoshlari, 
qonuniy  vakillari  yoki  tibbiy  xodimlarning  kuzatuvida  yashash  joyiga 
yuboriladi. 
Boshqa  jinoyat  huquqiy  ta’sir  choralari  –  jinoyat  qonunida  nazarda 
tutilgan  -  shartli hukm qilish, tibbiy yo’sindagi majburlov choralari hamda 
voyaga yetmaganlarga nisbatan qo’llaniladigan majburlov choralari.  
Voyaga  yetmagan  shaxslarga  nisbatan  majburlov  choralarini 
qo’llash – uzr so’rash, yetkazilgan zararni qo’llash va maxsus o’quv-tarbiya 
muassasasiga  joylashtirish  tarzidagi  majburlov  choralarini  ijro  etishga 
qaratilgan vakolatli davlat organi faoliyati.
 
Gauptvaxta  –  huquqbuzarlik  sodir  etgan  oddiy  tarkibdagi  harbiy 
xizmatchilar jazoni o’taydigan joy. 
Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari  tomonidan  tekshirish  – 
davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari  jazolarni  va  boshqa  jinoyat-
huquqiy  ta’sir  choralarini  ijro  etuvchi  muassasalar  va  organlar  faoliyatini 
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda tekshiradilar. 
Demokratizm  prinsipi  –  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga 
muvofiq  ravishda  jinoyat-ijroiya  tizimida  davlat  hokimiyati,  boshqaruv  va 
o’zini-o’zi  boshqarish  organlarining  ishtiroki  demokratizm  prinsipining 
yaqqol misolidir. Demokratizm prinsipi quyidagilarda namoyon bo’ladi: 
Yengillashtirilgan saqlash sharoiti muddatning kamida o’n besh yilini 
o’tagan,  belgilangan  tartibni  buzganlik  uchun  intizomiy  jazo  olmagan 
umrbod  ozodlikdan  mahrum  etishga  hukm  qilingan  shaxslar  o’taydigan 
maxsus tartibli koloniya tartibi.  
Jazo  ijrosini  tugatish  –  sud  tomonidan  tayinlangan  jazoning  JIK  167-
moddasiga ko’ra tamomlanishi.  
Jazo ijrosini tugatish asoslari – quyidagilar jazo ijrosini tugatish uchun 
asos bo’ladi:  mahkumning sud tayinlagan jazo muddatini o’tab bo’lishi;  JIK 

14 
 
163-moddasida  nazarda  tutilgan  hollarda  mahkumning  jazoni  o’tashdan 
muddatidan  ilgari  ozod  qilinishi;    sud  hukmining  bekor  bo’lishi  va  ish 
yuritishning  tugatilishi;  hukmning  nazorat  tartibida  o’zgartirilishi  va 
jazoning shartli hukm bilan almashtirilishi; mahkumning vafoti. 
Jazodan  amnistiya  yoki  afv  akti  asosida  ozod  qilish  tartibi  va 
shartlari – jazodan amnistiya yoki afv akti asosida ozod qilish tartibi qonun 
hujjatlari bilan belgilanadi. 
Jazodan ozod qilish  – sud tomonidan jinoyat sodir etishda aybdor deb 
topilgan shaxsni: sodir etgan jinoyat uchun tayinlangan jazodan; ushbu jazo 
turini  haqiqatda  o’tashdan;  jazoni  o’tashni  davom  ettirishdan  ozod  qilishga 
aytiladi.  
Jazoni  yengilrog’i  bilan  almashtirish  –  ozodlikdan  mahrum  etilgan 
yoki  axloq  tuzatish  ishlariga  hukm  qilingan,  ushbu  jazo  turlari  uchun 
o’rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda 
bo’lgan mahkumga nisbatan sud jazoning o’talmagan qismini yengilroq jazo 
bilan almashtirishi mumkin.  
Jazoni  ijro  etish  koloniyalari  –  O’zbekiston  Respublikasi  JIKga 
muvofiq  voyaga  yetgan  mahkumlarni  ozodlikdan  mahrum  qilish  tarzidagi 
jazoni  ijro  etish  uchun  mo’ljallangan  jazoni  ijro  etish  uchun  mo’ljallangan 
muassasalardan biri. 
Jazoni  ijro  etish  muassasalari  –  jarima,  muayyan  huquqdan  maxrum 
qilish,  ahloq  tuzatish  ishlari,  ozodlikdan  maxrum  qilish  va  umrbod 
ozodlikdan maxrum qilish jazolarini ijro etuvchi organ va muassasalarni o’z 
ichiga oladi.  
Jazoni ijro etish muassasalari – jinoyat-ijroiya tizimining fundamental 
bazasining  tarkibiy  qismi  hisoblanib,  jazoni  ijro  etishning  maqsad  va 
vazifalari, shakli, mahkumlar bilan ishlash usullari, mahkumga bo’lgan talab, 
boshqaruv apparatining tarkibiy tuzilmasini belgilaydi 
Jazoni  ijro  etish  muassasalarida  rejim  tushunchasi  –  O’zbekiston 
Respublikasi  JIKning  talablariga  muvofiq  jazoni  ijro  etish  muassasalarida 
saqlanayotgan mahkumlarni axloqan tuzatish maqsadida har bir muassasada 
maxsus  rejim  tashkil  etiladi.  Ushbu  rejimni  qo’llashdan  maqsad 
mahkumlarni  qonunga  itoatkor  ruhda  tarbiyalash,  ularda  intizom  xissini 
uyg’otish, shuningdek, ularning mas’uliyatini ortirishni ko’zda tutadi. 
Jazoni  ijro  etish  muassasalaridagi  rejimning  asosiy  talablari  – 
mahkumlarni    batamom  ajratib  qo’yish,  ularni  qo’riqlash  va  nazorat  qilib 
turishni, mahkumlarni batamom ajratib qo’yish, ularni qo’riqlash va nazorat 
qilib  turishni,  muayyan  toifadagi  mahkumlarni  alohida-alohida  saqlashni, 
muassasa  turiga  qarab  mahkumlarni  har  xil  sharoitda  saqlashni, 
mahkumlarning  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlarini  ro’yobga  chiqarish, 

15 
 
shuningdek ularning o’z majburiyatlarini ado etishini ta’minlovchi choralarni 
ko’zda tutadi. 
  Jazoni o’tash tartibini qo’pol tarzda buzish – ma’muriy javobgarlik 
to’g’risidagi  kodeksda  ko’rsatilgan huquqbuzarlikni  sodir  etish,  shuningdek 
ichki tartib qoidalarida taqiqlangan buyumlar va narsalarni saqlash, tarqatish, 
iste’mol qilish va ulardan foydalanish. 
Jarima jazosi - mahkumdan sud hukmi asosida davlat daromadiga JKda 
belgilangan  miqdorda pul summasini  undirishdir. Jarima eng kam oylik ish 
xaqining  besh  baravaridan  olti  yuz  baravarigacha  miqdorida  belgilanadi.  
Voyaga  yetmaganlarga  esa  eng  kam  oylik  ish  haqining  ikki  baravaridan 
yigirma baravarigacha miqdorda tayinlanadi. 
Jarima jazosini ijro etish asosi  - jarima jazosini ijro etish asosi bo’lib 
sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi hisoblanadi.  
Jarima  jazosini  ijro  etish  tartibi  –  jarima  tariqasidagi  jazoga  hukm 
qilingan voyaga yetgan shaxs jarimani hukm qonuniy kuchga kirgan kundan 
boshlab bir oylik muddat ichida, voyaga yetmagan esa olti oy ichida ixtiyoriy 
ravishda to’lashi shart. Jarima jazosini ijro etish sud hukmi qonuniy kuchga 
kirgan  kunning  ertasi  kunidan  boshlanadi.  Bunda  sud  mahkumni  jarimani 
to’lash  tartib-qoidalari  bilan  tanishtiradi,  to’lash  muddatlarini  tushuntiradi, 
to’lov shakli va to’lashdan bosh tortganlik oqibatlarini eslatib o’tadi. Agarda 
mahkum mana shu muddat mobaynida jarimani ixtiyoriy ravishda to’lamasa 
unda jarima jazosini ijro etish majburiy ijroga yuboriladi. 
Jarima  jazosini  ijro  etuvchi  organ  -  jarima  jazosini  ijro  etish  O’zR 
Adliya  vazirligi  huzuridagi  sud  hujjatlari  va  boshqa  organ  hujjatlarini  ijro 
etish,sudlar  faoliyatini    moddiy-texnika  jihatdan  va  moliyaviy  taminlash 
departamentiga yuklangan. 
Jarimani  to’lashdan  bo’yin  tovlash  -  Jarimani  to’lashdan  bo’yin 
tovlash  deganda  mahkumning  qonunda  belgilangan  yoki  sud  tomonidan 
belgilangan  tartibda  uzaytirilgan  vaqt  mobaynida  jarimani  sababsiz 
to’lamasligi va turli xildagi asosiz bahonalar keltirishi tushuniladi. 
Jarimani  to’lashdan  bo’yin  tovlash  oqibatlari  -  agar  mahkum  sud 
hukmi  bilan  belgilangan    jarimani  to’lashdan  bo’yin  tovlasa  mazkur  jazo 
quyidagi  jazo  turlari  bilan  almashtiriladi:  ahloq  tuzatish  ishlari,  xizmat 
bo’yicha cheklash, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish. 
Jinoyat-ijroiya  qonun  hujjatlari  -  O’zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasiga  asoslanadi  hamda  ushbu  Kodeksdan,  shuningdek  unga 
muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonun hujjatlaridan iborat. 
Ilmiy daraja va unvon deganda – professor, dotsent, fan nomzodi, fan 
doktori  kabilarni  tushunish  mumkin.  Sud  mahkumni  ilmiy  daraja  va  ilmiy 
unvondan mahrum qilishi mumkin emas. 

16 
 
Insonparvarlik prinsipi  – jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarining umumiy 
prinsiplaridan biri sifatida turli xil shakl va yo’nalishlarda namoyon bo’ladi. 
Jumladan, 
amaldagi 
jinoyat-ijroiya 
qonun 
hujjatlarida 
avvalgi 
qonunchilikdan  farqli  ravishda,  mahkumlarning  jazoni  o’tash  sharoitlariga 
nisbatan  Insonparvarlik  keng  doirada  qonuniylashtirilgan.  Bu  masalalar 
xalqaro hujjatlarda ham o’z aksini to’gan.  
Intizomiy  jazo  choralari  –  mahkumlarni  axloqan  tuzalishi,  uni  halol 
mehnatga  o’rgatish  va  jazoni  ijro  etish  muassasalarining  ichki  tartib-
intizomiga bo’ysunishini ta’minlash uchun qo’llaniladi. 
Intizomiy qism – ichki tartibi bir muncha qattiqroq bo’lgan harbiy qism 
Intizomiy  qismga  jo’natish  –  muddatli  harbiy  xizmat  harbiy 
xizmatchisini  sud  tomonidan  belgilangan  muddat  mobaynida  ichki  tartibi 
ancha  qattiq  bo’lgan  maxsus  harbiy  qismga  joylashtirish  orqali,  muayyan 
huquq va imtiyozlardan mahrum etish 
Kartser – bu bir kishilik kamera hisoblanib, mahkumga nisbatan boshqa 
ta’sir  choralarini  qo’llash  ijobiy  natija  bermagan  hollarda,  uni  umumiy, 
qattiq va maxsus tartibli koloniyalarning kartserlaridagi bir kishilik kameraga 
o’tkazish joyi hisoblanadi.  
Kasallik  tufayli  yoki  mehnat  qobiliyatini  yo’qotganligi  oqibatida 
jazodan ozod qilish – shaxs hukm chiqarilganidan keyin o’z harakatlarining 
ahamiyatini  anglay  olmaydigan  va  boshqara  olmaydigan  darajada  ruhiy 
kasallikka,  shuningdek  jazoni  o’tashga  to’sqinlik  qiladigan  surunkali  ruhiy 
kasallikka  yoki  boshqacha  og’ir  kasallikka  chalinib  qolsa,  jazoni  o’tashdan 
ozod qilinishi lozim. 
Koloniya  va  turmalarda  jazoni  o’tash  –  sud  tomonidan  jazo 
tayinlangan shaxsni JIKda belgilangan tartib qoidalarga muvofiq, jazoni ijro 
etishning  maqsad  va  vazifalari,  shakli,  mahkumlar  bilan  ishlash  usullari, 
mahkumga  bo’lgan  talabni  belgilaydigan,  ozodlikdan  mahrum  qilish 
tarzidagi jazoni tegishli koloniya va turmada o’tash tartibi; 
Komandir  –  qurolli  kuchlardagi  harbiy  qismlarda,  bo’linmalarda, 
rotalarda,  shuningdek  harbiy  dengiz  kemalarda  rahbarlikni  amalga 
oshiruvchi harbiy mansabdor shaxs 
Kontrakt  bo’yicha  harbiy  xizmat  –  Qurolli  Kuchlar  safidagi  haqiqiy 
harbiy  xizmatga  ixtiyoriylik  asosida,  harbiy  xizmat  nazarda  tutilgan 
vazirliklar,  davlat  qo’mitalari  va  idoralar  orqali  davlat  bilan  tuziladigan 
kontraktga binoan kirgan fuqarolar bajaradigan harbiy xizmat turidir. 
Qattiq saqlash sharoiti  umrbod ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar 
tomonidan  tayinlangan  jazoning  dastlabki  10  yilini  o’taydigan  maxsus 
tartibli koloniya tartibi.   

17 
 
Qattiq tartibli koloniyalar – ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun 
ozodlikdan  mahrum  qilish  tariqasidagi  jazoni  o’tagan  va  qasddan  jinoyat 
sodir  etganlik  uchun  yana  sudlangan  erkaklar,  shuningdek  ilgari  qasddan 
sodir  etilgan  jinoyat  uchun  ozodlikdan  mahrum  qilish  tariqasidagi  jazoni 
o’tagan  va  o’ta  og’ir  jinoyat  sodir  etganlik  uchun  yana  sudlangan  ayollar, 
shuningdek  o’ta  xavfli  retsidivist  deb  topilgan  ayollar  saqlanadigan 
koloniyalar. 
Qonuniylik  prinsipi    jinoyat-ijroiya  sohasidagi  barcha  munosabatlar 
qonun asosida tartibga solinishini nazarda tutib,  huquq sohalarining bevosita 
asosini tashkil etadi. Shuning uchun ham xalqaro hujjatlarda va O’zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasida ham bu prinsip mustahkamlangan.  
Manzil-koloniyalar  –  ijtimoiy  xavfi  katta  bo’lmagan  va  uncha  og’ir 
bo’lmagan  jinoyat  sodir  etganlik  uchun  ozodlikdan  mahrum  etishga  hukm 
qilingan,  shuningdek  umumiy,  qattiq  tartibli  koloniyalardan  hamda  tarbiya 
koloniyalaridan  o’tkazilgan  mahkumlarni  saqlash  uchun  mo’ljallangan 
koloniyalar.  Respublikamizda  manzil-koloniyalar  1963  yildan  boshlab 
tashkil etila boshlangan bo’lib, unda saqlanayotgan mahkumlarning sharoiti 
ozod  shaxslarning  hayotiga  juda  yaqin  bo’lib,  mahkumlarga  ko’plab  qulay 
shart-sharoitlar yaratib berilgan.  
Maxsus  tartibli  koloniyalar  –  o’ta  xavfli  retsidivist  deb  topilgan 
erkaklarni,  shuningdek  umrbod  ozodlikdan  mahrum  qilingan  mahkumlarni 
umrbod  ozodlikdan  mahrum  qilish  jazosi  afv  etish  tartibida  ozodlikdan 
mahrum  qilish  bilan  almashtirilgan  erkaklarni  saqlash  uchun  mo’ljallangan 
koloniyalar.  
Maxsus  unvonlar  bunday  unvonlarni  berish  mumkinligi  nazarda 
tutilgan davlat organlarida, xususan adliya organlari va muassasalari, sud va 
prokuratura  xodimlariga  beriladigan  mansab-martaba  darajalaridan  iborat 
unvonlar hisoblanadi.  
Mahkumlar huquqiy holati  bu jazoni ijro etishda vujudga keladigan 
jazoning  turi,  maqsadi  va  mahkumning  xulqi  bilan  bog’liq  bo’lgan  asosiy 
huquq va majburiyatlar yig’indisidan iboratdir. 
Mahkumlarning  mehnati –  mahkumlarning intizomiy qism hududi va 
uning  tashqarisidagi  ishlab  chiqarish  korxonalari,  intizomiy  qism 
ustaxonalari,  qurilish  va  O’zbekiston  Respublikasi  Mudofaa  vazirligining 
boshqa obyektlarida mehnatga jalb qilinishi. 
Mahkumlarning moddiy-maishiy ta’minoti – mahkumlarning askarlar 
payogi  bo’yicha  oziq-ovqat  bilan,  muddatli  xizmatdagi  harbiy  xizmatchilar 
uchun belgilangan norma bo’yicha sovun bilan ta’minlanishi. 

18 
 
Mahkumlarning  yuridik  yordam  olish  huquqi:  yuridik  yordam  olish 
uchun  advokatlar  bilan  xoli  uchrashuvlar  mahkumlarga  ularning  arizasiga 
yoki advokatning iltimosnomasiga ko’ra beriladi.  
Mahkumni  axloqan  tuzatish  -  unda  qonunga  itoatkor  xulq-atvorni, 
insonga,  jamiyatga,  mehnatga,  jamiyat  turmushi  qoidalari  va  an’analariga 
hurmat munosabatini shakllantirishdan iborat. 
Mahkumni  muddatidan  ilgari  shartli  ozod  qilish  –  ozodlikdan 
mahrum  qilish,  intizomiy  qismga  jo’natish,  xizmat  bo’yicha  cheklash  yoki 
axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan jazoni o’tashdan 
muddatidan ilgari shartli ozod qilish qo’llanilishi mumkin. Jazoni o’tashdan 
muddatidan ilgari shartli ozod qilish, jazoni keyingi qismini o’tashdan ozod 
qilishda ifodalanadi. 
Muayyan  huquqdan  mahrum  qilish  -  shaxsni  muayyan  huquqdan 
mahrum  qilish  sud  tayinlagan  muddat  davomida  aybdorning  korxonalar, 
muasassalar yoki tashkilotlarda u yoki bu mansabni egallashini yoxud u yoki 
bu faoliyat bilan shug’ullanishni taqiqlashdan iboratdir.  Muayyan huquqdan 
mahrum  qilish  jazosi  qo’shimcha  jazo  sifatida  qo’llanilganda  asosiy  jazoni 
ijro etuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.  
Muayyan  huquqdan  mahrum  qilish  tariqasidagi  jazoni  ijro  etish  - 
muayyan  huquqdan  mahrum  qilish  tariqasidagi  jazo  ijrosi  mahkumning 
yashash  joyidagi  ichki  ishlar  organlarining  jazolarni  ijro  etish  inspeksiyasi 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Muayyan  huquqdan  mahrum  qilishda  muddat  o’tishi  -  muayyan 
huquqdan  mahrum  qilish  jazosi  asosiy  jazo  tariqasida  tayinlanganda  uni 
o’tash  muddati  yillar,  oylar  va    kunlar    bilan  hisoblanib  sudning  hukmi 
qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab muddatning o’tishi boshlanadi. 
Odatdagi  saqlash  sharoiti  muddatning  kamida  o’n  yilini  o’tagan, 
belgilangan  tartibni  buzganlik  uchun  intizomiy  jazolar  olmagan  shaxs 
tomonidan jazoni o’taydigan maxsus tartibli koloniya tartibi.  
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar ta’limi va kasb 
tayyorgarligi  -  jazoni  ijro  etish  muassasalaridagi  mahkumlarning  umumiy 
o’rta  va  kasb-hunar  ta’limi  hamda  ularning  ishlab  chiqarishdagi  kasb 
tayyorgarligi  tashkil  etiladi.  O’quv  jarayoni  va  kasbga  o’rgatishni  tashkil 
etish  ta’limi  organlarining  normativ  hujjatlari  talablariga  muvofiq  ravishda 
hamda  saqlash  rejimi,  kun  tartibi  va  turli  toifadagi  mahkumlarni  batamom 
ajratib  qo’yish  qoidlariga  rioya  etilishini  inobatga  olgan  holda  amalga 
oshiriladi.  
Prokuror  nazorati  –  jazolarni  va  boshqa  jinoyat-huquqiy  ta’sir 
choralarini  ijro  etish  chog’ida  qonunlarga  rioya  etilishi  ustidan  nazoratni 

19 
 
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo’ysunuvchi prokurorlar 
qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradigan faoliyati. 
Pul ta’minotidan ushlab qolish – sud hukmida ko’rsatilgan muddatga 
xizmat  bo’yicha  cheklash  jazosi  tayinlangan  harbiy  xizmatchi  pul 
ta’minotining  o’n  foizidan  o’ttiz  foizigacha  bo’lgan  miqdorini  davlat 
daromadi hisobiga ushlab qolish. 
Rag’batlantirish  choralari  –    xulq-atvori  tuzalayotgan,  mehnatga  va 
harbiy 
xizmatga 
munosabatda 
bo’lgan 
mahkumlarga 
nisbatan  
qo’llaniladigan choralar 
Rag’batlantirish choralari – mahkumlarning xulqi, mehnat va ta’limga 
vijdonan munosabati, tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazishda faol ishtiroki boshqa 
ishchanlik obro’si inobatga olinib beriladigan yengillik hisoblanadi. 
Ruhiy  kasallarni  ko’chirish  -  bemorlar  ko’chirilishi  uchun  tegishli 
qaror  yoki  ajrim  chiqargan  organlar  xabardor  qilinadilar.  Mazkur  organlar 
bemorlarni ko’chirish uchun transport va qo’riqchilarni ajratadilar. 
Ruhiy  kasalliklar  shifoxonalarida  majburiy  davolash  o’tkazilishi 
ustidan  nazorat  -  ruhiy  kasalliklar  shifoxonalarida  (bo’limlarida)  majburiy 
davolashni o’z vaqtida va to’g’ri amalga oshirilishini nazorat qilish sog’liqni 
saqlash  organlari  tomonidan  O’zbekiston  Respublikasining  “Sog’liqni 
saqlash to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. 
Saqlash  rejimini  ashaddiy  buzuvchi  -  Jazoni  o’tash  tartibini  kamida 
ikki  marta  qo’pol  tarzda  buzgan  va  buning  uchun  intizomiy  bo’linmaga 
kiritib  qo’yish  tariqasidagi  jazoga  tortilgan  mahkum,  agar  har  bir  intizomiy 
jazo  belgilangan  tartibda  olib  tashlanmagan  yoki  bekor  bo’lmagan  bo’lsa, 
saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb hisoblanadi. 
Tarbiya  koloniyalari  –  voyaga  yetmay  turib  jinoyat  sodir  etgan 
mahkumlarni  saqlashga  mo’ljallangan  jazoni  ijro  etish  muassasalari. 
Umumiy 
qoida 
bo’yicha 
tarbiya 
koloniyalarida  
18  yoshgacha  bo’lgan  voyaga  yetmagan  mahkumlar  saqlanadi,  ammo 
ularning  bu  muassasada  jazoni  o’tash  bilan  bog’liq  holda  21  yoshgacha 
saqlab turish mumkin. 
Tibbiy  yo’sindagi  majburlov  choralari  -  davlat  nomidan  sud  ajrimi 
bilan,  ijtimoiy  xavfli  qilmish  yoki  jinoyat  sodir  etgan  ruhiy  kasallarga, 
shuningdek,  alkogolizm,  giyohvandlik  yoki  zaharvandlik  kasalligiga 
yo’liqqan shaxslarga qo’llaniladigan choralar. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling